![]() | Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling. |
Mandarin (Citrus reticulata) — butadoshlar oilasiningsitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turi; mevali ekin. Yovvoyi turlari maʼlum emas. Mandarinsubtropik vatropik (Yaponiya,Xitoy,Ispaniya,Meksika va boshqalar) hududlarda ekiladi.
Vatani —Xitoy.Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillaridan maxsus issiqxona va transheyalarda payvanddan oʻstirilgan past boʻyli navlari yetishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullaboktyabrda mevasi pishadi. 5—6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. Mandarin — doim yashil daraxt, balandligi 3 m ga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2—3 oʻsish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib usadi, barglari uzunchoqtuxumsimon, toʻq yashil, gullari oq mayda, ikki jinsli, xushboʻy. Mandarin may—iyun oylarida gullaydi, mevasi okt—noyab.da pishadi. Mevasi yassi dumaloq, baʼzan yapaloq, yuzasi biroz gʻadir-budir, poʻsti qalin, zargʻaldoq, urugʻi mayda. Sharbati nordonshirin. Eti toʻq sariq, sersuv, 8—10 pallali, vazni 60—80 g . Sharbati tarkibida 2,87—10,5% qand, 0,95—1% kislota (asosan,limon kislota), 25 mg %vitamin S va boshqa mavjud. Poʻstidapektin moddasi,efir moyi vaglikozidlar mavjud boʻlib, qandolatchilik sanoatida va efir moyi olishda ishlatiladi. Mandarin sovuqqa chidamli: —6,5° da barglarini, — 12° da daraxtini sovuq uradi.Ohak vagumusga boy tuproqlarda yuqori hosil olinadi. Mandarin asosan,payvand yoʻli bilan koʻpaytiriladi (asosan, trifoliatga payvand qilinadi). Koʻchatlar orasi 3–5 m, qator orasi 5–6 m qilib kechkuz va ertabahorda ekiladi.Yozda qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi. Mandarin daraxtiga yosh paytida toʻgʻri shakl berilsa, hosildorlik yuqori boʻladi. 10—12 yillik daraxtlardan 1 gektardan 500 s hosil olinadi (bir tupi 30–70 kg meva beradi). Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi (murabbo,jem,sharbat) tayyorlanadi (qarangSitrus oʻsimliklar).
Kasalliklari:fitoftoroz, kalmaraz,antraknoz.
Zararkunandalari: tillarang va qizil kana.
Rixsivoy Joʻrayev.[1]
![]() | Bu maqoladaboshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024) |