Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Malala Yusufzay

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Malala Yusufzaypushtucha:ملاله یوسفزۍ'
Tavalludi2-iyul1997-yil
Mingora,Pokiston
FuqaroligiPokiston
TaʼlimiOksford
Turmush oʻrtogʻiAsser Malik
Ota-onasiZiyauddin Yuzufzoy- Turpekoy Yuzufzoy
MukofotlariNobel mukofoti , Anna Politivskaya mukofoti, Saxarova mukofoti

Malala Yusufzay (pushtucha:ملاله یوسفزۍ ; tugʻ. 1997-yil 12-iyul[1], Mingora)[2] –pokistonlik inson huquqlari faoli, butun dunyo boʻylab ayollar uchun taʼlim olish imkoniyatini himoya qiladi. Oʻz faoliyati uchun u 2012-yilda " Tehrik-e Tolibon Pokiston " terrorchilik harakati jangarilari tomonidan ogʻir yaralangan.Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati (2014). U dunyodagi eng yoshNobel mukofoti laureati, Nobel mukofotini olganikkinchi pokistonlik va birinchipushtundir.

Yusufzay Pokiston Toliboni qizlarning maktabga borishini taqiqlagan oʻz vataniSvatdaayollar va bolalarning taʼlim olishi uchun inson huquqlari himoyachisi. Uning urinishlari xalqaro harakatga aylandi va sobiq bosh vazirShohid Xoqon Abbosiyning aytganidek, u Pokistonning „eng taniqli fuqarosi“ga aylandi[3].

Malala Yusufzay Svat shahrida taʼlim faoli Ziyauddin Yusufzay pushtun oilasida tugʻilgan va uning ismi afgʻon xalq qahramoniMayvandlik Malalai sharafiga qoʻyilgan.Abdulgʻafforxon,Barak Obama vaBenazir Bhuttoni oʻziga namuna sifatida koʻrgan[4], shuningdek, otasining fikrlari va insonparvarlik ishlaridan ilhomlangan[5].

Blog

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2009-yil boshida, 11-yoshida, YusufzayBBC uchun yozganblogi orqali dunyoga tanilgan. Blogda u Tolibon rejimi ostidagi hayoti, ularningSvat vodiysini nazorat ostiga olishga urinishlari va qizlar uchun taʼlimni rivojlantirish borasidagi fikrlari haqida keng gapirib bergan. 2009-yil oxirida Pokiston harbiylari jangarilarga qarshi keng koʻlamli hujum boshlagan, bu esa Tolibonni Svat vodiysidan haydab chiqarishga olib kelgan. 2010-yil yozda jurnalistAdam B. Ellik Malalaning Pokiston qurolli kuchlari safida Svatdagi jangarilarga qarshiRah-e-Rast operatsiyasini boshlagan paytdagi hayoti haqidaNew York Times uchun hujjatli film suratga oldi[6]. 2011-yilda Malala Yusufzay eʼlon qilgan voqealar jarayoniga bagʻishlangan blogida har yili boʻlib oʻtadigan Pokiston yoshlar tinchlik mukofoti tanlovida birinchi oʻrinni egallagan[7][8]. U nashriyot va televideniyeda bergan intervyulari bilan ommaga tanildi va inson huquqlari faoliDesmond Tutu tomonidanXalqaro bolalar tinchlik mukofotiga nomzod qilib koʻrsatildi.

2012-yilda u Svatdagi Xalqaro marksistik tendentsiya tomonidan tashkil etilgan yozgi maktabda qatnashgan[9].

Suiqasd qilinishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2012-yil 9-oktabrda Malala Yusufzay maktabdan uyga maktab avtobusida qaytayotganida avtobusni niqobli, qurolli shaxslar toʻxtatgan. Jangarilardan biri avtobusga chiqib, bolalardan qaysi biri Malala ekanligini soʻray boshlagan. Uning shaxsi aniqlangach, bir tolib qizga oʻq otgan. Oʻq Malalaning boshidan, boʻynidan yelkasidan toʻgʻridan toʻgʻri oʻtib, Malalaning orqasida oʻtirgan ikki qiz ham natijada oʻqdan jarohatlangan. Malala ogʻir ahvoldaPeshovar shahridagi harbiy gospitalga yetkazilgan. Qiz komaga tushgan, uning tirik qolish ehtimoli juda kam edi.

Pokistondagi 50 nafar islomiy ulamolar guruhi uni oʻldirmoqchi boʻlganlarga qarshifatvo chiqargan.

AQSh prezidenti Barack Obama va birinchi xonim Michelle Obama Oq uyda Malala Yusufzay bilan uchrashdi, 2013-yil

Malalaning ahvoli barqarorlashganida, Pokiston hukumati uningBuyuk Britaniyaga uchib ketishini tashkil qilgan. QizBirmingemdagi shifoxonada davolanishni boshlagan . Uning otasi qizi Buyuk Britaniyadagi reabilitatsiya kursidan soʻng Pokistonga qaytishi haqida bayonot bergan[10].

2012-yil 16-oktyabrda Pokiston ichki ishlar vaziri Rahmon Malik Malalani „Tolibonning ayollar taʼlimiga nisbatan zolim pozitsiyasiga qarshi ochiq gapirgani uchun“[11] Jasurlik Yulduzi Ordeni bilan taqdirlanganini eʼlon qildi. Orden 2013-yil 24-mart kuniLondondagi tantanali qabulda Buyuk Britaniyadagi Pokiston oliy komissari Sayid Ibni Abbos[12] tomonidan shaxsan taqdim etildi.

Malala kasalxonadan2013-yilning 4-yanvarida chiqdi[13].

Qoʻshimcha biografiya

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2013-yilning 12-iyulida, Malala 16 yoshga toʻlgan kunida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida chiqish qildi.

Malala BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida nutq soʻzlamoqda, 2013-yil

2013-yil 8-oktyabrda Buyuk Britaniyadagi Weidenfield & Nicolson va AQSHdagi Little,Brown and Company nashriyotida ingliz jurnalisti Christina Lamb bilan hammualliflikdagi Malalaning "Men Malalaman: Taʼlim uchun kurashgan va Tolibon tomonidan otib tashlangan qizning hikoyasi " nomli avtobiografiyasi chop etildi). Shu kuni kitobning chiqarilishini sharhlar ekan, Tolibon vakili Shahidulloh Shahid PokistonningThe Daily Nation gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi: „Agar bizda yana bir imkoniyat boʻlsa, biz uni albatta oʻldiramiz. Islom ayollarni oʻldirishni taqiqlaydi, ammo dinimizga qarshi urushda kofirlarni qoʻllab-quvvatlayotganlar uchun bu taqiq istisno boʻlishi mumkin“[14] Kitob 2014-yilda toʻrtta hind tiliga tarjima qilingan:kannada,malayalam, maratxi,tamil[15]. 2015 – yilda rus tilida „ Men Malalaman“ butun dunyoni larzaga keltirgan jasoratlikning noyob hikoyasi" " Azbuka-Attikus " nashriyotida chop etilgan. Neela Vaswani tomonidan rivoyat qilingan audiokitobi uchun 2015-yilda „Bolalar uchun eng yaxshi albom“ "Grammy "mukofotiga sazovor boʻldi[16].

2013-yilda u Anna Politkovskaya mukofoti[17] va Saxarov mukofoti[18] ni oldi.

2014-yilda u Kailash Satyarthi bilan birgalikda „bolalar va yoshlar zulmiga qarshi hamda bolalarning taʼlim olish huquqi uchun kurash“Nobel Tinchlik mukofotiga sazovor boʻldi[19]. 17 yoshida tarixidagi eng yosh Nobel mukofoti sovrindori boʻldi[20].

2015-yil 12-iyulda MalalaSuriyadan kelgan qochqin qizlar uchunLivanda maktab ochdi[21].

2014-yilda u Konstitutsiya milliy markazi tomonidan Filadelfiya Ozodlik medali bilan taqdirlangan[22][23].

Malala Yusufzayning amerikalik yosh jurnalist va yozuvchi Hilde Lisyak bilan boʻlgan intervyusida qizlarning bepul va sifatli taʼlim olish uchun kurashi haqida soʻz bordi[24].

2015-yilda uOskarning qisqa roʻyxatiga kiritilgan"U menga Malala deb atadi" hujjatli filmining mavzusi boʻlgan.Time jurnalining 2013, 2014 va 2015 yilgi sonlarida u dunyodagieng nufuzli odamlardan biri sifatida tasvirlangan. 2017-yilda uKanadaning faxriy fuqaroligiga sazovor boʻldi vaKanada fuqarolik palatasida nutq soʻzlagan eng yosh odam boʻldi[25].

Bolalik davri

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yusufzay 1997-yil 12-iyulda Pokiston shimoli-gʻarbidagiXayber-Paxtunxva viloyatiningSvat tumanida oʻrta tabaqa oilasida tugʻilgan[26]. Ota-onasi Ziyauddin Yusufzay va Tur Pekay Yusufzay[27]. Uning oilasipushtun millati, Yusufzay qabilasiga mansubsunniy musulmonlar[28][29]. Oilada kasalxonada tugʻilish uchun pul yoʻq edi va Yusufzay qoʻshnilarining yordami bilan uyda tugʻildi.[30] Unga birinchi ismiMalala („qaygʻuga botgan“ degan maʼnoni anglatadi)Afgʻoniston janubidagi mashhur pushtun shoiri va jangchi ayoli Mayvandlik Malalai sharafiga berilgan[31][32].Mingoradagi uyida u ikki ukasi Xushal va Atal va ota-onasi Ziyauddin va Tor Pekay bilan yashar edi[33].

Taʼlim

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Pushtu,urdu va ingliz tillarini yaxshi biladigan Yusufzay asosan shoir, maktab egasi va Xushal davlat maktabi deb nomlanuvchi xususiy maktablar tarmogʻini yurituvchitaʼlim faoli boʻlgan otasi Ziauddin Yusufzaydan taʼlim olgan[34][35][36]. Intervyuda u bir marta shifokor boʻlishni orzu qilganini aytdi, ammo keyinchalik otasi uni siyosatchi boʻlishga undadi. 2013-yilning martidan 2017-yilning iyuligacha Yusufzay Birmingemdagi Edgbaston qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. 2015-yil avgust oyida u maktab yakuniy imtihonlari uchun BritaniyaGCSE[en] imtihon tizimida 6 ta yuqori A * bahosini (5+) va 4ta A (5) bahosini[37] oldi. U geografiya, tarix, matematika va diniy fanlarni oʻrgangan. Shuningdek, Durham universiteti, Uorvik universiteti va London iqtisodiyot va siyosat fanlari maktabiga hujjat topshirdi, Yusufzay 2016-yil dekabr oyidaOksforddagi Ledi Margaret Xoll kollejida suhbatdan oʻtdi va agar kamida uchta yuqori darajadagi murakkablikdagi imtihonlarda oʻrta maktab kursi uchun aʼlo „A“ baholarini olsa, kirish taklifini qoʻlga kirishini aytishdi. U ushbu imtihonlardan toʻrttasini topshirdi va 2017-yil avgust oyida falsafa, siyosat va iqtisod fanlarini oʻrganish boʻyicha oʻqishga qabul qilindi[38]. 2020-yil iyun oyida u Oksford diplomini oldi[39].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Memmot, Mark. „Taliban Say They Shot Teenaged Pakistani Girl Who Exposed Their Cruelty“.NPR (9-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2012-yil.
  2. „Биография Малалы Юсуфзай“ (ru). РИА Новости (2013-yil 10-oktyabr).
  3. Johnson, Kay. „Nobel winner Malala in tears on emotional return to Pakistan“ (en-US). Reuter's (2018-yil 28-mart). 2018-yil 29-martda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  4. Waraich. „Malala, Obama, socialism: Nobel laureate's political views are complex“. Al Jazeera America (2014-yil 23-dekabr). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  5. „Following in Benazir's footsteps, Malala aspires to become PM of Pakistan“ (en-US).The Express Tribune (2014-yil 10-dekabr). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  6. Adam B. Ellick. Class Dismissed.
  7. D'Amours, Jillian Kestler. „Malala Yousafzai made an honorary Canadian citizen“.Al Jazeera. 2017-yil 30-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  8. „Malala Yousafzai Receiving Honorary Canadian Citizenship Wednesday“.The Huffington Post. The Canadian Press (2013-yil 15-oktyabr). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-oktyabr.
  9. Alan Woods.IMT sympathiser shot in Swat – Barbarism must not prevail!
  10. Malala to return to Pakistan despite threats – Europe – Al Jazeera English
  11. „Rehman Malik announces Sitara-e-Shujaat for Malala“. Andoza:Нп5 (16-oktabrya 2012). Qaraldi: 17-avgusta 2017.
  12. „Pakistan Day reception in London. High Commissioner conferred Sitara-i-Shujaat on Malala Yousafzai on behalf of the President of Pakistan“. Высшая комиссия Пакистана (24 марта 2013). 2017-yil 18-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 17 августа 2017.
  13. „Malala discharged from hospital – The Express Tribune“. 2013-yil 6-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  14. Pakistanskie talibi vnov poobeщali ubit devochku-blogera
  15. K.V. Aditya Bharadwaj. „Malala’s memoir in Kannada“ (en). The Hindu (2014-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
  16. „India's Ricky Kej, Neela Vaswani grab Grammys“ (en). The Times of India (2015-yil 9-fevral). Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
  17. „Malala Yousafzai“. Премия имени Анны Политковской. Qaraldi: 27 августа 2017.
  18. „Malala Yousafzai receives 2013 Sakharov Prize for Freedom of Thought“. Европейский парламент. Qaraldi: 27 августа 2017.
  19. „Malala Yousafzai“. Нобелевский комитет. Qaraldi: 27 августа 2017.
  20. „Nobel Laureates by Age“. Нобелевский комитет. Qaraldi: 27 августа 2017.
  21. „Юная правозащитница открыла школу в Ливане“ (ru). New Tang Dynasty Television (13 июля 2015). 2015-yil 13-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-iyul.
  22. „Malala Yousafzai“. Национальный центр конституции. Qaraldi: 27 августа 2017.
  23. „Malala Yousafzai receives Liberty Medal in Philadelphia“. Национальный центр конституции (21 октября 2014). 2020-yil 28-iyunda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 27 августа 2017.
  24. {{{заглавие}}}.
  25. „Malala Yousafzai awarded honorary Canadian citizenship“ (en).Dawn (2017-yil 12-aprel). 2017-yil 13-aprelda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.
  26. Rowell, Rebecca. Malala Yousafzai: Education Activist. ABDO, 2014 — 45-bet.ISBN 978-1-61783-897-2. Qaraldi: 2017-yil 18-avgust. 
  27. Thomas, Rebecca. „Malala Yousafzai: Her father's daughter“.BBC News (2015-yil 6-noyabr). 2017-yil 21-aprelda asl nusxadanarxivlangan.
  28. Adam B. Ellick. Class Dismissed.
  29. Saleem Ali. „Malala and Sharbat Gula: Pashtun Icons of Hope“.National Geographic (2012-yil 14-oktyabr). 2013-yil 26-oktyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
  30. Throp, Claire. Malala Yousafzai. Heinemann Raintree, 2015 — 12-bet.ISBN 978-1-4846-2469-2. Qaraldi: 2017-yil 19-avgust. 
  31. „Diary of a Pakistani schoolgirl“.BBC News (2009-yil 19-yanvar). 2012-yil 11-oktyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  32. „Bacha Khan's philosophy of non-violence and Benazir Bhutto's charisma inspires Malala“.The Express Tribune (2012-yil 16-yanvar). 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  33. Adam B. Ellick. Class Dismissed.
  34. Tooley, James. „Malala for free schools: Why does the media hide the fact that she's for educational choice — as are so many developing nations?“.The Spectator. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-noyabr.
  35. Coulson. „Why Malala Didn't Go to Public School“. Cato Institute. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-noyabr.
  36. Owais Tohid. „My conversations with Malala Yousafzai, the girl who stood up to the Taliban“.The Christian Science Monitor (2012-yil 11-oktyabr), s. 3. 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  37. „Malala Yousafzai celebrates string of A* grades at GCSE“ (en). the Guardian (2015-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  38. Hill, Amelia. „Schoolgirl campaigner Malala Yousafzai wins Oxford university place“.The Guardian (2017-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  39. „Malala Yousafzai completes Oxford University exams“.BBC News (2020-yil 19-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
1901-1925
1926-1950
1951-1975
1976-2000
2001-yildan
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Malala_Yusufzay&oldid=5031318" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp