| Asl nomi | مدارك التنزيل وحقائق التأويل |
|---|---|
| Muallif(lar) | Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy |
| Muharrir(lar) | Doktor Muhammad Darvesh |
| Mamlakat | Bayrut,Livan |
| Til | arabcha |
| Janr(lar)i | Tafsir |
| Nashr etilgan sanasi | 2018 |
| Nashriyot | Dār Taḥqīq al-Kitāb |
| Sahifalar soni | 2024 |
| ISBN | 9789933925208 |
Madorik at-tanzil va haqoyiq at-taʼvil (arabcha:مدارك التنزيل وحقائق التأويل) –hanafiy-moturidiy olimiAbul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (vaf. 710 hijriy / 1310 milodiy) tomonidan yozilganQur’ontafsiri[1]. Asar ixcham boʻlishiga qaramay, tahlil jihatdan keng qamrovli boʻlib, undatilshunoslik,aqida vafiqh masalalari uygʻun holda bayon etilgan. MuallifAbdulloh al-Baydaviy vaaz-Zamaxshariy kabi avvalgi manbalarga tayanib, ularning uslubini yanada aniqroq va moʻtadillar tarzda takomillashtirgan. Ushbu tafsir hanafiy ulamolari orasida keng qoʻllanilgan va sunniy tafsir ilmida muhim manba sifatida hanuzgacha oʻz taʼsirini saqlab kelmoqda.
Muallif oʻz asarining kirish qismida (Tafsir an-Nasafiy yokiMadorik at-tanzil nomi bilan mashhur) uni bir nomaʼlum kishining iltimosiga binoan qisqa vaqt ichida yozganini taʼkidlaydi. Nasafiy yashagan davrdaMovarounnahrdamoʻtaziliy, jahmiya vakarromiy oqimlarga mansub gʻoyalar keng tarqalgan edi. Shuning uchun u asarni yozishda asosiy maqsad sifatidaAhl as-Sunna val-Jamoa aqidasini Qur’on oyatlari orqali mustahkamlashni koʻzlagan[2].
Madorik at-tanzil asarining asosiy manbasi az-Zamaxshariyningal-Kashshof nomli tafsiridir. Nasafiy ayrim oyatlar sharhida al-Kashshofdan bir necha sahifa iqtibos keltirgan, biroq moʻtaziliy gʻoyalarni olib tashlab, baʼzan ularni tanqid ham qilgan. Shu sababli baʼzi olimlar bu asarni mustaqil tafsir emas, balkial-Kashshofning moʻtaziliy fikrlardan tozalangan ixcham talqini, deb hisoblaydi[2].
Nasafiy baʼzi olimlar tomonidan oʻz mazhabidamujtahid sifatida tan olingan. U ahkom oyatlarini hanafiy fiqh qoidalariga muvofiq sharhlab, odatdaAbu Hanifa,Abu Yusuf,Imom Muhammad va Zufar ibn al-Huzaylning qarashlarini keltirgan. Baʼzan „bizningcha“ yoki „bizning nazarimizda“ kabi iboralar orqali hanafiy mazhabi fikrini bildirgan, ayrim hollarda shofi’iy va molikiy mazhablariga ham murojaat qilgan[2].
Madorik at-tanzil tafsiri diroya (yaʼni tahliliy, aqliy tafsir) turiga kiradi. Undahadislar,sahobalar vatobeinlarning fikrlari keng oʻrin olgan. Eng koʻp keltirilgan sahobalar:Abdulloh ibn Abbos vaAbdulloh ibn Mas’ud, tobeinlardan esaHasan al-Basriy,Mujohid ibn Jabr vaQatada ibn Di'amadir. Muallif birortasavvuftariqatiga mansub boʻlmagan boʻlsa-da, asarda Hasan al-Basriy, Molik ibn Dinar,Ibrohim ibn Adham,Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz, Zu’nnun al-Misriy,Junayd Bagʻdodiy vaSahl ibn Abdulloh Tustariy kabi erta soʻfiylarning hikmatli soʻzlariga ham oʻrin berilgan[2].
Asarning asosiy mazmunitilshunoslik va bayon sanʼatiga doir izohlardan iborat. Koʻplab filologik sharhlarAbu Isʼhoq al-Zajjoj asarlariga asoslanadi, shuningdek, Basra grammatik maktabi vakillari –Xalil Ibn Ahmad vaSibavayhning izohlariga murojaat qilingan. Muallif oyatlarni tahlil etishda oʻnta mashhur qiroat (qirāʾāt al-ʿashara) ga tayangan, baʼzida ayrim sahobalarning shaxsiymusʼhaflarida mavjud oʻzgarishlarni ham keltirgan[2].
Imom NasafiyningMadorik at-tanzil va haqoyiq at-taʼvil asari Qur’on tafsirining keng qamrovli va tizimli yondashuvini ifodalaydi. Unahv,sarf, balogʻat vaqiroatlar kabi til fanlarini fiqh, kalom va tarixiy tahlillar bilan uygʻunlashtirgan. Bu yondashuv Nasafiyning aniqlik va ilmiy chuqurlikka sodiqligini koʻrsatadi[3].
Nasafiy uslubining asosiy jihatlaridan biri – Qur’on oyatlaridan fiqhiy hukmlarni (aḥkom) aniqlik bilan chiqarishdir. U bu hukmlarni asosan ahkom oyatlari doirasida bayon etadi. Mualliffaqihlar va imomlar oʻrtasidagi turli qarashlarni keltirib, ularning tafsiriy yoki tilshunoslik asoslarini qisqacha tushuntiradi. Zarur hollarda u eng toʻgʻri yoki ishonchli deb bilgan pozitsiyani afzal koʻrsatadi va doimhanafiy mazhabi qoidalariga muvofiq xulosa chiqaradi[3].
Nasafiy turli tafsiriy yondashuvlar oʻrtasida muvozanatni saqlaydi. U haddan tashqari ramziy talqin (taʼvil) yoki oqilona ratsionalizmga berilmay, mufassirlar (tafsir ulamolari) va mutakallimlar (kalom olimlari) uslubini uygʻunlashtirgan. Uhadislarni kontekstual tarzda keltirib, ularning mazmunini qisqa, aniq izohlaydi, zaif hadislar vaisroiliyotlar (Injildagi rivoyatlar)dan chetlab oʻtadi. Shuningdek, Qur’on oyatlarida asos boʻlmagan holda musulmon ummatining fazilatlarini haddan tashqari madh etishdan saqlanadi, ayniqsa fiqhiy oyatlar talqinida bunga eʼtibor beradi[3].Kalomiy (eʼtiqodiy) oyatlarning talqinidaMadorik at-tanzilMoturidiy aqidasini yoqlaydi, biroqAsh’ariy maktabini tanqid qilmaydi va ularning oʻzaro farqlarini muhokama qilmaydi[2].
Nasafiyning tafsiri balogʻat (notiqlik sanʼati) va bayon (ifoda uslubi)dagi nozikliklarga ham katta eʼtibor qaratadi. U ilmiy aniqlikni badiiy ifoda bilan uygʻunlashtirib, tafsirni chuqur fikr, mulohaza va tekshiruv asosida yozgan. Shu sababliMadorik at-tanzil tafsiriaqida, fiqh,tavhid va arab tili fanlarini birlashtirgan mukammal manba sifatida qadrlanadi va bid’at yoki gʻayri anʼanaviy talqinlardan butunlay yiroqdir[3].
Ulamolar Nasafiyning tafsirini sunniy eʼtiqodga sodiqligi va adabiy-uslubiy nafisligi uchun yuksak baholaganlar. Al-Hanafiy quyidagicha yozadi[3]:
„Nasafiy solihsalaflar yoʻlini qatʼiy tutgan vaAhl as-Sunna val-Jamoa eʼtiqodiga sodiq qolgan. Ubid’at ahli va gumrohlarga qarshi qatʼiy turgan. Uning tafsiri balogʻat va nozik ishoralarga boy boʻlib, unda kalomiy aniqlik va adabiy did sezilib turadi.“
Asarning koʻplab qoʻlyozma nusxalari mavjud boʻlib, ular orasida IstanbuldagiSulaymoniya kutubxonasi nusxasi eng mashhurlaridandir. 1862-yildan boshlab asar Istanbul, shuningdekMisr,Bayrut,Dehli vaBombayda (Brockelmann, GAL, II, 252; Suppl., II, 267; Çetiner, 44–49 betlar) nashr etilgan. Asar, shuningdek, Ibrohim Muhammad Ramazon (Bayrut 1408/1989) muharrirligi ostida 3 tomda hamda Shayx Marvon Muhammad ash-Shaʿʿār (Bayrut 1416/1996) muharrirligi ostida 4 tomda chop etilgan[2].