Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Lydia Koidula

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lydia Jannsen (Koidula)
Tavalludi
Lydia Emilie Florentine Lipakas

24-dekabr1843-yil
Vändra,Estonia (keyinchalik Livonia guberniyasi]],Rossiya imperiyasi)
Vafoti11-avgust1886-yil(1886-08-11)
(42 yoshda)
Kronstadt, Rossiya imperiyasi
FuqaroligiRossiya Imperiyasi
Kasbi
Turmush oʻrtogʻi
Eduard Michelson (turm. 1873)
Bolalari4
OtasiJohann Voldemar Jannsen

Lydia Emilie Florentine Jannsen (1843-yil 24-dekabrda tugʻilgan – 1886-yil 11-avgustda vafot etgan) – asosan,Koidula taxallusi bilan tanilganeston shoirasi. TaxallusiLydiaeston tilida „Tong“ degan maʼnoni anglatadi. Unga bu nomni yozuvchiCarl Robert Jakobson bergan, shuningdek, taxallusiKoidulaulik (tarjimasi „Tong kuychisi“) deb ham atalgan.

XIX asr oʻrtalaridaYevropaning boshqa mamlakatlarida boʻlgani kabiEstoniyada ham obroʻli yosh ayol uchun yozuvchilik munosib kasb hisoblanmas edi. Shu sababli Koidulaning sheʼriy ijodi hamda mashhurjurnalist boʻlgan otasiJoxann Voldemar Janssen (1819–1890) uchun yozgan ijod namunalari anonim holda eʼlon qilingan. Shunga qaramay, Koidula oʻz davrining yirik adabiy arbobi, Estoniya teatrining asoschisi sanaladi. U oʻsha davrning taniqli radikali Carl Robert Jakobson (1841–1882) va eston xalq eposi „Kalevipoeg“ (Kalevning oʻgʻli) muallifiFriedrich Reinhold Kreutzwald (1803–1882) bilan yaqin aloqada boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan Koidula Estoniya xalq shoirasi maqomiga ega boʻlgan[1].

Biografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Lydia Jannsenning yoshlik payti (taxminan 1860-yil)

Lydia Jannsen EstoniyaningVändra (Fennern) shahrida tugʻilgan. 1850-yilda oilasi yaqin atrofdagiPyarnu shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda 1857-yilda otasi Johann Voldemar Jannsen eston tilidagi birinchi mahalliy gazetani tashkil etgan. Lydia esa shu shahardagi nemis tilida oʻqitiladigan gimnaziyada tahsil olgan. Jannsenlar oilasi 1864-yildaTartu shahriga koʻchib oʻtgan.

Milliy ruhdagi har qanday ifoda, jumladan, mahalliy tillarda oʻz asarlarini nashr qilishRossiya imperiyasi hududida nozik masala hisoblangan. Biroq imperatorAleksandr II (1855–1881) hukmronligi nisbatan liberalligi bilan ajralib turgan davr boʻlgan, Janssen 1864-yilda imperatorlik senzurasini koʻndira olgan va butun Estoniya boʻylab tarqaladigan birinchi eston tilidagi gazetani chop etishga ruxsat olgan[2]. Pyarnudagi har ikkala mahalliy hamda respublika miqyosida bosiladigan gazeta hamPostimees („Xabarchi“) deb nomlangan. 1873-yilda Lydia harbiy shifokor Eduard Mishelson bilan turmush qurib,Sankt-Peterburg yaqinidagi orolda joylashgan Rossiya harbiy-dengiz bazasiKronshtadtga koʻchib oʻtgan. 1876–1878-yillar oraligʻida Mishelsonlar oilasiBreslau,Strasburg vaVena shaharlariga safar qilgan. Koidula Kronshtadtda 13 yil yashagan, shu yillar davomida yoz oylarini Estoniyada oʻtkazgan boʻlsa-da, vatanga boʻlgan sogʻinchi hech qachon bosilmagan. Lydiya Koidula uch farzandning onasi edi.

1886-yil 11-avgustda koʻkrak bezi saratonidan vafot etgan. Uning soʻnggi sheʼri „Enne surma – Eestimaale!“ („Oʻlim oldidan – Estoniyaga!“) deb nomlangan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Richard C. Frucht „Estonia“, . Eastern Europe: An Introduction to the People, Lands, and Culture. ABC-Clio, 2005 — 91-bet.ISBN 1-57607-800-0. 
  2. Gunter., Faure. The Estonians : the long road to Independence, Mensing, Teresa., London: Lulu.com, 2012 — 145–146-bet.ISBN 978-1105530036.OCLC868958072. 
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Lydia_Koidula&oldid=5461323" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp