Louis William Tomlinson – (/ˈluːiˈtɒmlɪnsən/;[1] 24-dekabr, 1991-yil) ingliz qoʻshiqchisi,qoʻshiqnavis va prodyuser. UOne Direction guruhining aʼzosi sifatida mashhurlikka erishgan. Tomlinson 2010-yilda Britaniya shousi „The X Factor“da ishtirok etgan.
2016-yilda guruh faoliyatini toʻxtatganidan soʻng Tomlinson shu yilning dekabr oyida Steve Aoki bilan birga „Just Hold On“ nomli debyut singlini chiqargan. Qoʻshiq UK Singles Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi vaBuyuk Britaniyada platina sertifikatni qoʻlga kiritdi. 2017-yilda u amerikalik qoʻshiqchi Bebe Rexha bilan „Miss You“ va „Back to You“ qoʻshiqlarini namoyish qiladi. 2017-yilda u Debrett nashri tomonidan aholi orasida eng koʻp taʼsirga ega odamlari roʻyxatida qayd etilgan[2]. Louis 2018-yilda The X Factor shousining oʻn beshinchi mavsumida yigitlarga oid kategoriyalarni baholash uchun hakam va mentor sifatida faoliyat olib bordi.
2019-yilda Tomlinson „Two of Us“, „Kill My Mind“, „We Made It“, „Donʼt Let It Break Your Heart“ va „Walls“ singllarini chiqargan. Uning solo albomiWalls 2020-yil yanvar oyida chiqarilgan boʻlib, u Buyuk Britaniya chartlarida toʻrtinch va AQShBillboard 200da 9-oʻrinni egallagan. Tomlinsonning ikkinchi studiya albomiFaith in the Future 2022-yil noyabr oyida chiqarilga.
Lui Troy Austin 1991-yil 24-dekabrda[3] Janubiy Yorkshirening Doncaster shahrida tugʻilgan[4][5]. Otasi uni hali chaqaloqlik vaqtidayoq tashlab ketadi. Soʻng onasi Mark Tomlinson bilan turmush quradi va Louis ham 18 yoshligida oʻz familiyasini oʻgay otasinikiga oʻzgartiradi[6][7]. U toʻrtta singlisi bilan birga ulgʻayadi[8]: Charlotte, Félicité (2000-2019) va egizaklar Phoebe va Daisy[9][10].
Tomlinson dastlab Doncasterdagi The Hayfield School va keyinchalik Hall Cross School (hozirgi Hall Cross Academy)da oʻqigan. Hall Cross Schoolda Loius bir necha musiqiy dasturlarda koʻrinish bera boshlaydi va undagi muvaffaqiyatlar uning kelajakdagi faoliyati uchun kuchli motivatsiya boʻladi[11][12][13].
2010-yilda TomlinsonThe X Factor shousining yettinchi mavsumida bosh hakamlar Simon Cowell va Louis Walsh hamda mehmon hakamNicole Scherzinger oldida kuylaydi. U Scouting for Girls guruhining „Elvis Ainʼt Dead“ qoʻshigʻini aytadi[14]. Keyin hakam Cowell soʻroviga koʻraPlainWhite Tʼsning „Hey There Delilah“ qoʻshigʻini kuyladi va hakamlardan uchta „Ha“ javobini olgan[15]. Lekin 2010-yil iyul oyida LondondagiWembley stadionida boʻlib oʻtgan finalgacha yetib bora olmagan. Biroq hakam Sherzingerning taklifiga binoan, uNiall Horan,Zayn Malik,Liam Payne vaHarry Styles bilan birgalikda besh nafar yigitlardan iborat guruhini tashkil etishadi va Colwell ularga mentor vazifasini bajaradi[16].
Keyinchalik guruh aʼzolari tanishib olishi va mashq qilishi uchun ikki hafta vaqt ketdi[17][18]. Styles guruhgaOne Direction nomini taklif beradi. Dastlab ular saralash bosqichida Natalie Imbruglianing „Torn“ qoʻshigʻini kuylashadi[19]. Ular dastlabki toʻrt haftaning ichida Britaniya boʻylab mashhurlikka erishadi[20].One DirectionThe X Factor shousining final bosqichida „Forever Young“ qoʻshigʻini kuylagan holda uchinchi oʻrinni egallashadi[21].
The XFactordagi natijadan soʻng Cowell guruhga Syco Records bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma taklif qiladi[22]. Ular darhol debyut albomi ustida ishlashni boshlashadi. Keyinchalik fevral oyida ularThe X Factor Live Tourini boshlashadi. Ushbu turda jami hisobda 500,000 dan ortiq muxlis ishtirok etgan. Tur 2011-yil aprel oyida nihoyasiga yetgach ular albom ustida ishlashni davom ettirishgan. Albom yozish ishlariStokgolm,London vaLos-Anjeles shaharlarida boʻlib guruh Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac va Rami Yacoub kabi prodyuserlar bilan hamkorlik qilishadi.
Tomlinson 2012-yil Glasgowdagi shouda
2011-yil sentyabr oyidaOne Directionning debyut singli „What Makes You Beautiful“ chiqarildi. Britaniya va boshqa bir necha davlat chartlarida ushbu singl ancha mashurlikka erishdi[23]. Xuddi shu yil noyabrda ularning debyut albomiUp All NightBuyuk Britaniya vaIrlandiya boʻylab taqdim etiladi[24]. 2012-yilda esa albom jahonning boshqa davlatlarida ham chiqariladi.One Direction AQSh chartida debyut albomi orqali birinchi oʻrinni egallagan dastlabki britaniyalik gruhga aylanadi[25]. Albom chiqarilishi bilan guruhUp All Night Tourni boshlashadi. Aslida, tur faqat Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo talab yuqoriligi tufayli Avstraliya va Shimoliy Amerikada ham davom etadi[26]. 2012-yil noyabr oyida esa guruhning ikkinchi albomiTake Me Home ham chiqarildi. Albom 35 dan ortiq mamlakat chartida birinchi oʻrinni egalladi[27]. Albom chiqarilgandan soʻng guruhTake Me Home Tourni boshlab yuborishadi. TurShimoliy Amerika,Yevropa,Okeaniya vaOsiyoning bir necha davlatlarida jami 123 ta shoudan iborat boʻladi va guruhga 114 milliondollar daromad olib keladi[28][29].
2013-yil 25-noyabr sanasida One Direction oʻzlarining uchinchi studiya albomiMidnight Memories chiqarishadi. 4 million nusxada sotilgan ushbu albom 2013-yil davomida eng koʻp sotilgan albom boʻldi[30][31]. 2014-yil aprel oyida guruh oʻzining uchinchi turi va birinchi stadionda boʻlib oʻtgan turiWhere We Are Tourni boshladi[32][33][34]. Yevropa, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikada 69 shouni oʻtkazgan guruhning har bir namoyish uchun oʻrtacha 49 848 ta muxlisni tashrif buyuradi[35][36]. 2014-yil noyabr oyida One Directionning toʻrtinchi vaZayn Malik guruh aʼzosi sifatida ishtirok etgan soʻnggi albomFour namoyish etiladi. Albomdan joy olgan „Steal My Girl“ va „Night Changes“ singllari paltina serifikatni qoʻlga kiritadi[37][38]. 18 mamlakat chartida birinchi oʻrinni egallagan ushbu albom 3,2 milliondan ortiq nusxada sotilgan[39].One DirectionBillboard 200 albomlar chartida oxirgi 58 yil ichida toʻrtta albomi birinchi oʻrinni egallagan dastlabki guruhga aylandi[40]. Albomning namoyishi uchunOn the Road Again Tour tashkil etildi va bu guruhga 208 million dollar daromad olib keldi. 2015-yil noyabr oyida One Directionning beshinchi va hozirgacha soʻnggi boʻlib turgan albomiMade in the A.M. chiqarilgan[41]. Albom chiqarilgandan soʻng 2016-yilning mart oyida guruh tanaffusga chiqayotganini eʼlon qiladi.
2019-yil fevral oyida Tomlinson qayta ish faoliyatini boshlayotgan Arista Records bilan shartnoma imzolaganligi eʼlon qilindi[42]. U bilan hamkorlikdagi dastlabki qoʻshiq „Two of Us“ 2019-yil 7-mart sanasida chiqariladi. Shundan soʻng u oʻzining dastlabki solo albomi 2020-yilning boshida chiqishini xabar beradi[43][44]. Tomlinson 5-sentyabrda „Kill My Mind“ singlini chiqardi[45][46]. „Kill My Mind“ning musiqiy videosiga Charli Lightening rejissyorlik qiladi va klipda Liam Gallagher vaPol MacCartney bilan birga ishlashadi.
2019-yil 23-oktyabr kuni Tomlinsonning yana bir singli „We Made It“ namoyish etildi[47]. Shu kuni 20ta mamlakatda besh oydan ziyod vaqt mobaynida oʻtkazilganLouis Tomlinson World Tour haqida ham eʼlon qilinadi[48][49]. 23-noyabr kuni Tomlinson oʻzining toʻrtinchi singli „Donʼt Let It Break Your Heart“ni chiqaradi[50].
2020-yil 31-yanvar kuni uning debyut albomiWalls chiqarildi. Albom UK Albums Chartda 4-oʻrinni egalladi vaBillboard 200 chartida 9-oʻrindan joy oldi. AlbomArgentina,Portugaliya,Meksika vaShotlandiyada 1-oʻrinni egalladi. Undan tashqari ushbu albom Arista Records bilan hamkorlikda chiqarilgan albomlar orasida Top-10 talikdan joy egallagan dastlabki albom boʻldi[51]. Tomlinsonning 2020-yil mart oyi uchun rejalashtirilgan konsert va turlariCOVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilinadi[52]. Keyinchalik ushbu qoldirilgan turlarning qayta rejalashtirilgan taritibi eʼlon qilindi[53]. Uzoq vaqtlik toʻxtalishlardan soʻng Tomlinson 2022-yil fevralidan 2022-yil sentyabrgacha boʻlib oʻtgan oʻzining dastlabkiLouis Tomlinson World Tourini boshladi vaShimoliy Amerika,Yevropa,Lotin Amerikasi,Osiyo vaAvstraliyada 81 ta konsertni namoyish etdi.
Ijodkorning ikkinchi albomi „Faith in the Future“ 2022-yilning 11-noyabr sanasida chiqarilgan[54][55]. „Faith in the Future“ Tomlinsonning UK Albums Chartda birinchi oʻrinni egallagan dastlabki solo albomi boʻldi[56][57].
Tomlinsonning hayotiga bagʻishlangan „All of Those Voices“ nomli hujjatli film 2023-yil 22-martda namoyish etiladi. ushbu filmga avval ham bir necha bor hamkorlikda ishlagan Charlie Lightening rejisyorlik qiladi[58][59].