Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

London universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolavikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolaniVikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.
inglizcha:University of London
Asos solingan sanasi1836-yil

London universiteti (inglizcha:University of London) –Buyuk Britaniyadagi eng yirikuniversitet va ilmiy tadqiqotlar markazlaridan biri. 1836-yil qirol Vilgelm IV farmoniga muvofiq, mamlakatning ayrim universitetlari talabalariga ilmiy daraja beradigan (tegishli imtihonlarni topshirgandan soʻng) muassasa sifatida tashkil etilgan. 1898-yil qayta tuzilib, oliy oʻquv yurti vazifasini ham oʻtay boshladi. 1907 va 1910-yilda parlamentning maxsus qarori bilan London universiteti tarkibiga Universitet (1826-yil tashkil etilgan) va Qirollik (1829) kollejlari qoʻshildi. London universiteti texnika fanlari, iqtisodiyot, yuridik, teologiya, tibbiyot, pedagog, musiqa fanlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha turli ilmiy tadqiqotlar institutlari bor. 1947-yil London universiteti huzurida Britaniya tibbiyot federatsiyasi tashkil etilgan. Kutubxonasida 1 mln.dan ortiq asar saqlanadi. Universitetda 55 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 1,5 mingga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar nashr etadi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



GraduationOliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=London_universiteti&oldid=5873193" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp