Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Loiq Sheraliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Loiq Sheraliy
tojikcha:Лоиқ Шералӣ
Tavalludi20-may1941-yil
Mazori Sharif,Panjakent, Tojikiston
Vafoti30-iyun2000-yil(2000-06-30)
(59 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
FuqaroligiSSSR va Tojikiston

Loiq Sheraliy (forscha: لایق شیرعلی‎,tojikcha:Лоиқ Шералӣ, 20 - may, 1941 - yil;Panjakent,Tojikiston - 30 - iyun, 2000 - yil;Dushanbe,Tojikiston) - Tojikiston xalq shoiri.

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Loiq Sheraliy 1941-yil 20-may kuniSug'd viloyatiningPanjakent tumanida joylashgan Mazori Sharif qishlog'idagi kolxozchi oilasida dunyoga kelgan. Ilk savodni qishlog'idagi maktabdan olgan. T.G.Shevchenko nomidagi Dushanbe Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga o'qishga qabul qilinib, uni 1963 - yil tugatgan. Loiqning yozgan she'rlarini o'qib ta'sirlangan ustoziMirzo Tursunzoda uni yozuvchilar uyushmasiga tavsiya qilgan. U 1965 - yildan boshlab Sovet yozuvchilar uyushmasi a'zosi edi. "Sadoi Sharq" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlagan. O'nlabpoetik to'plamlar muallifi. "Hurmat belgisi" ordeni bilan taqdirlangan.Sergey Yesenin, Yohan Vol`fgang Gyote, Eduardas Mejelaytis, Qaysin Quliev, Yordan Milev, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Yevgeniy Yevtushenko, Erkin Vohidov she’rlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Abu Abdulloh Ro’dakiy nomidagi Tojikiston Davlat hamda xalqaro Nilufar mukofotlarining sovrindori. 2000 - yil 30 - iyun kuni tojik xalqining zabardast shoiri og'ir xastalikdanDushanbe shahrida dunyodan ko'z yumdi.

Asarlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • «Ko’klam»(1966),
  • «Ilhom»(1968),
  • «Tilak»(1971),
  • «Tashna ko’ngil»(1974),
  • «Sohillar»(1972),
  • «Vatan tuprog’i»(1975),
  • «Yomg’ir tomchilari»(1976),
  • «Yo’lovchi»(1979),
  • «Tosh sahifa»(1980),
  • «Ko’z kulbasi»(1982),
  • «Yorug’ kun»(1984),
  • «Qalb uyi»(1986),
  • «Ona duosi»(1991),
  • «To’lgan jom»(1991),
  • «Men va daryo»(1991),
  • «Ishq avvaliyu oxiri»(1994),
  • «Sassiz faryod»(1997) nomli she’riy to’plamlari hamda ikki tomlik «Kulliyot»i(2001) nashr etilgan.
Mumtoz adabiyot
Eronda zamonaviy fors adabiyoti
Afg'onistonda zamonaviy fors adabiyoti
Tojikistonda zamonaviy fors adabiyoti
O'zbekistonda zamonaviy fors adabiyoti
Pokistonda zamonaviy fors adabiyoti


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Loiq_Sheraliy&oldid=2377583" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp