Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Litvalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Litvalar (oʻzlarini letuvyay deb ataydilar) — xalq.Litva Respublikasining asosiy aholisi (2924 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari).Rossiya (70 ming kishi),Latviya (34,6 ming kishi), AQShda (300 ming kishi), shuningdek,Kanada,Polsha, Janubiy Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Umumiy soni 3,45 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub.Litva tilida soʻzlashadilar. Dindorlari —xristian-katoliklar. Litvalaretnogenezi, tili va madaniyati jihatdan latishlarga yaqin.Neman vaDaugava daryolari ora-ligʻiga miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida kirib kelgan Boltiq boʻyi qabilalari mahalliy aholi bilan uygʻunlashib Litvalarning shakllanishiga asos boʻlgan. Ushbu qabilalardan litva elati tarkibiga toʻliq suratda Litvalar, yoxud aukshtaytlar, jyamaytlar, skalvlar va nadruvlar, shuningdek, sudavlarning bir qismi, kurshlar, zemgallar va sellarning jan. tarmogʻi, shim. prusslar (bartlar, notanglar, semblar)ning bir qismi kirgan. 9—12-asrlarda mulkchilik munosabatlari vujudga kelgan, asta-sekin litva elati shakllangan. Etnik uyushuv 13-asr 1-yarmida Litva davlatining barpo etilishiga imkon bergan. 13— 15-asrlarda litva elati uzil-kesil shakllangan.

Litvalarning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, shuningdek, polizchilik, bogʻdorchilik, dengiz boʻylarida — baliqchilik. Milliy hunarmandchilik (toʻqimachilik, oʻymakorlik, kulolchilik) rivojlangan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Litvalar&oldid=4759188" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp