Litecoin (belgisi: Ł) — buBitcoinning forki, piringli elektrontoʻlov tizimi hisoblanib, shu nomdagi kriptovalyutadan foydalanadi. Tizimning ishlashi va himoya qilish uchun kriptografik uslublardan foydalaniladi.[1][2]Litecoindan Bitcoinga almashtirishda foydalanish yoki almashtirgichlarda umumiy qabul qilingan pullarga almashtirish, shuningdek ularni qabul qilishga tayyor boʻlgan sotuvchilarda tovarlar yoki xizmatlar uchun elektron toʻlov uchun ham foydalanish mumkin.
Litecoin Bitcoinning Namecoin nomli forkidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi va undan quyidagi kichik farqlari bor:Bitkoinning blokcheynida yangi blok har 10 daqiqada paydo boʻladi, laytkoin tarmogʻida esa bu jarayon atigi 2,5 daqiqa vaqt oladi. Shuning uchun litecoin tarmogʻida tranzaktsiyalar 4 baravar tezroq oʻtadi va ularning qiymati bitkoinga nisbatan 3-5 baravar arzonroq.
Laytkoinlarni mayning qilish ishlab topilgan tangalarning umumiy soni 84 millionga yetganda toʻxtaydi. Bitkoyinlarning chegaraviy soni 4 baravar kamroq — 21 million.[3]
Bitkoin SHA-256 asosida ishlasa, laytkoinda FreeBSDning xavfsizlik ofitseri Kolin Persival tomonidan ishlab chiqilgan scrypt qoʻllanadi. Scrypt funktsiyasi mayning qilishni yengillashtiradi.[4][5]
Litecoin hisoblash murakkabligi shunday tanlanadiki, bir blok oʻrtacha 2,5 daqiqada generatsiyalanadi, bu Bitcoindan 4 marta tez boʻlib, tranzaksiyalar tasdiqlanishini tezroq olish imkonini beradi.[6]Tranzaksiyalar tezligi laytkoin tarmogʻida SegWit faollashtirilganidan soʻng ancha ortdi.[7]Tranzaksiya, odatda, 6 blokdan soʻng yoki 15daqiqadan soʻng tugallangan hisoblanadi.[8]