Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Liberiya prezidenti

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Liberiya Respublikasi prezidenti

Amaldagi lavozim egasi
George Weah
Lavozim muddatiolti yil, ikkinchi muddatga nomzod boʻla oladi
VebsaytRasmiy sayt

Liberiya Respublikasi prezidentiLiberiyadavlati vahukumati rahbaridir. Prezidentijroiya hokimiyati rahbari vaLiberiya Qurolli Kuchlariningbosh qoʻmondoni vazifalarini bajaradi.

1847-yilda Liberiya mustaqillikka erishgunga qadar Liberiya Hamdoʻstligida ijro etuvchi hokimiyatniLiberiya gubernatori boshqargan. Ushbu rahbarAmerika mustamlakachilik jamiyati tomonidan tayinlangan.1847-yilgi Konstitutsiya gubernatorlikning ijro etuvchi vakolatlarini prezidentlikka oʻtkazdi. Bunda asosanQoʻshma Shtatlar prezidentligidan namuna olingan.

1847-yildan 1980-yilgacha prezidentlik lavozimini faqatameriko-liberiyaliklar, Liberiyaga koʻchib kelganlar va ularning avlodlari egallagan.Respublikachilar partiyasi vaHaqiqiy viglar partiyasidan iborat boʻlgan dastlabkiikki partiyaviy tizim 1878-yilda tugagan. OʻshandaAnthony W. Gardinerning saylanishi haqiqiy viglar boshchiligidagi 102 yillikbir partiyaviy tizimning boshlanishi edi. 1980-yildaSamuel Doe boshchiligidagi norozi armiya zobitlari amalga oshirgandavlat toʻntarishidan soʻng Haqiqiy viglarning bir partiyaviy boshqaruvi tugab, prezidentlik oʻrni1985-yilgi umumiy saylovlarda Doe saylangunga qadar boʻshab qoldi. Bundan tashqari, prezidentlik lavozimi 1990-yilda Doe agʻdarilib, oʻldirilganidan soʻng boshlanganbirinchi Liberiya fuqarolar urushi davrida yetti yilga va 2003-yilgiIkkinchi Liberiya fuqarolar urushi tugaganidan keyin yana ikki yilga boʻshab qoldi.

1986-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, prezident saylov huquqiga ega boʻlganlar tomonidantoʻgʻridan-toʻgʻri olti yillik muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Umuman olganda, 25 kishi, jumladan, Afrikada birinchi saylangan ayol davlat rahbariEllen Johnson Sirleaf prezident lavozimida ishlagan. 2018-yil 22-yanvardaGeorge Weah Liberiyaning yigirma beshinchi va amaldagi prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1838-yilda Liberiya Hamdoʻstligi tashkil etilgandan soʻng, ijro etuvchi hokimiyat Liberiya gubernatori zimmasiga yuklangan boʻlib, uAmerika mustamlakachilik jamiyatining roziligi bilan tayinlanib, xizmat qilgan. Birinchi gubernatorThomas Buchanan 1838-yildan 1841-yil, vafotigacha xizmat qilgan. Uning oʻrniga Liberiya gubernatori lavozimini birinchi afrikalik shaxsJoseph Jenkins Roberts egalladi.

1847-yilda mustaqillikka erishgach, Roberts Liberiyaning birinchi prezidenti etib saylandi. 1847-yilgi Konstitutsiyada mahalliy aholiningsaylov huquqini rad etilib, saylovchilar uchun koʻchmas mulkka egalik qilish talabi qoʻyildi. Natijada, 1980-yilda etnikkrahnSamuel Doe boshchiligidagi harbiylar prezidentWilliam Tolbertni hokimiyatdanagʻdarib, oʻldirgunga qadar prezidentlik lavozimini faqatameriko-liberiyalik shaxslar egallab kelishdi. Prezidentlik lavozimi 1980-yildan 1986-yilgacha boʻsh qoldi. Ijro etuvchi hokimiyatni DoeXalq qutqaruv kengashi rahbari sifatida amalga oshirgan. Doe1985-yilgi umumiy saylovda prezident etib saylanib, Ameriko-liberiyalik elitadan boʻlmagan birinchi prezidentga aylandi. Doe 1990-yildabirinchi Liberiya fuqarolar urushi boshlanganidan soʻng hokimiyatdan agʻdarilib, oʻldirilgan. Urush davomida prezidentlik lavozimi boʻsh qolgan.

1997-yilgi umumiy saylovlar natijasidaCharles Taylor prezident boʻlib, 2003-yil 11-avgustda Ikkinchi Liberiya fuqarolar urushini tugatish boʻyicha tinchlik bitimi doirasida isteʼfoga chiqqunga qadar hokimiyatda qoldi. Charlesning vorisiMoses Blah oʻsha yilning 13-oktyabrida ijro hokimiyatini Liberiya Milliy oʻtish davri hukumati raisiGyude Bryantga topshirdi.2005-yildaEllen Johnson Sirleaf birinchi ayol prezident etib saylanganidan keyin prezidentlik faoliyati 2006-yil 16-yanvardan qayta tiklandi.

George Weah 2017-yilda Liberiyaning 25-prezidenti sifatida ish boshladi. Amaldagi prezident Ellen Johnson Sirleaf 91-sonli Ijroiy farmonni imzoladi. Shu asosda Liberiya „hokimiyatning 70 yildan ortiq vaqt davomida demokratik yoʻl bilan saylangan bir prezidentdan boshqa bir demokratik yoʻl bilan saylangan prezidentga oʻtkazilishini boshdan kechirmagani sababli, Prezidentlikning oʻtish davri boʻyicha Qoʻshma guruh tuzildi [...]“[1].

Vakolat va majburiyatlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Liberiya prezidentligi asosanQoʻshma Shtatlar prezidentligidan namuna olgan.

Ijroiya funksiyalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1986-yilgi Konstitutsiya prezidentgaSenatningmaslahati va roziligi bilanvazirlar mahkamasining barcha vazirlari, sudyalar, elchilar,sheriflar,okrug amaldorlari vaharbiy xizmatchilarni tayinlash huquqini beradi. Bundan tashqari, prezident oʻz xohishiga koʻra barcha tayinlanganlarni lavozimidan ozod qilish huquqiga ham ega. Prezident shuningdek,afv etishi yoki jazo va jarimalarni bekor qilishi mumkin. Prezident tashqi siyosatning barcha masalalarini boshqaradi, ammo har qanday shartnomalar yoki xalqaro hujjatlarQonunchilik palatasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Bundan tashqari, prezident Liberiya Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni ham hisoblanadi.

Konstitutsiya, shuningdek, prezidentga urush yokifuqaroviy tartibsizliklar vaqtida zaruratga qarabfavqulodda holat eʼlon qilish vafuqaroviy erkinliklarni toʻxtatib qoʻyish huquqini beradi.Habeas korpus bundan mustasno. Deklaratsiyadan keyin yetti kun ichida prezident Qonun chiqaruvchi organga deklaratsiya sabablarini bayon qilishi kerak. Keyin ikkala palata ham uchdan ikki qism koʻpchilik ovoz bilan uni ma’qullashi kerak. Aks holda, prezident favqulodda holatni bekor qilishi kerak.

Qonunchilik funksiyalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

PrezidentVakillar palatasi va Senat qabul qilgan barcha qonun hujjatlarini imzolashi kerak. Prezident har ikki palatada uchdan ikki qism koʻpchilik ovoz bilan bekor qilinishi mumkin boʻlgan har qanday qonunga veto qoʻyish huquqiga ega. Bundan tashqari, qonun loyihasini imzolash uchun yigirma kunlik muddat tugashi qonun chiqaruvchi organning tanaffusiga toʻgʻri kelganda, prezident qonun hujjatlarini imzolashdan bosh tortish orqalishaxsiy veto qoʻyishi mumkin. Prezident milliy manfaatlar uchun zarur deb topilganda, qonun chiqaruvchi majlis muddatini kechiktirishi yokinavbatdan tashqari sessiya chaqirishi mumkin. Prezident, shuningdek, har yili qonun chiqaruvchi organga mamlakat holati toʻgʻrisida hisobot berishi kerak.

Nomzodga talablar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Amaldagi Konstitutsiyaga koʻra, prezidentlikka nomzod quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerak:

  • Liberiyada tugʻilgan fuqaro boʻlish (Konstitutsiyaning 27 (b) moddasiga binoan,fuqarolik „qora tanli yoki qora tanli kelib chiqish“ bilan cheklangan);
  • oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmasligi;
  • kamida 25,000 AQSh dollari qiymatidagi koʻchmas mulk egasi boʻlishi;
  • kamida oʻn yil davomida Liberiyada muqim yashagan boʻlishi.

Bundan tashqari, prezidentlikka nomzodLiberiya vitse-prezidenti bilan birokrugdan boʻlmasligi kerak.

Muddat va saylov

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1847-yilgi dastlabki Konstitutsiyaga koʻra, prezident ikki yillik muddatga saylangan. 1907-yil 7-mayda bu muddat toʻrt yilga uzaytirilgan[2]. Ushbu tuzatishga koʻra, yangi prezident sakkiz yil xizmat qila olar vacheksiz toʻrt yillik muddatga qayta saylanishi mumkin edi.William Tolbert prezidentligi davrida Konstitutsiyaga prezidentni bitta sakkiz yillik muddat bilan cheklaydigan oʻzgartirish kiritildi. 1976-yilga kelib qonun chiqaruvchi organlarda avvalgi tizimga qaytish uchun chaqiriqlar paydo boʻldi. Biroq Tolbert mavjud tizimni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilib, muddat chegaralarini olib tashlash uchun har qanday konstitutsiyaviy tuzatishlarga veto qoʻyishga vaʼda berdi.[3].

Hozirda prezident umumiy ovoz berish yoʻli bilan olti yildan ikki muddatga saylanadi. 1986-yilgi Konstitutsiyaga muvofiq, prezidentlik saylovlariikki bosqichli tizimda amalga oshiriladi. Bunda birinchi turda yagona nomzod koʻpchilik ovozga ega boʻlmasa, eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod oʻrtasida ovoz berishningikkinchi bosqichi oʻtkaziladi. Har bir muddat saylovdan keyingi yil yanvar oyining uchinchi dushanbasi tush vaqtida boshlanadi va tugaydi[4]. Oʻz inauguratsiyasi vaqtida har bir prezident Konstitutsiyaga muvofiq, Konstitutsiyani saqlash va himoya qilishga hamda qonunni sodiqlik bilan bajarishga vaʼda berib, prezidentlikqasamyodini qabul qilishi shart. QasamyodniLiberiya bosh sudyasi qonun chiqaruvchi organningqoʻshma sessiyasi oldida oʻtkazadi.

Rezidensiya

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Prezident manzilgohi (Monroviya)

2006-yil iyul oyida sodir boʻlgan yongʻin tufayli zarar yetganrezidensiyaning ayrim qismlarida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan edi. Natijada prezident idorasi yaqin atrofdagi Tashqi ishlar vazirligi binosiga koʻchirilgan[5]. 2022-yilning 14-fevralida rezidensiya qayta ochilgan[6].

Boshqaruvchilar roʻyxati

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Siyosiy partiyalar
  Respublikachilar partiyasi
  True Vhig partiyasi
  Milliy demokratik partiya
  Liberiya Xalq partiyasi
  Milliy vatanparvarlik partiyasi
  Liberiya harakat partiyasi
  Birlik partiyasi
  Demokratik oʻzgarish uchun kongress
Boshqa fraksiyalar
  Harbiy
  Mustaqil
No.TasvirIsmi
(Tugʻilgan–Oʻlgan)
Vakolat muddatiSiyosiy partiyasiSaylanganVitse prezident
Lavozimga kelganLavozimdan ketganLavozimdagi vaqti
1Joseph Jenkins Roberts
(1809–1876)
1848-yil 3-yanvar1856-yil 7-yanvar8 yil, 4 kunMustaqil1847Nathaniel Brander
1849Anthony D. Williams
1851
1853Stephen Allen Benson
2Stephen Allen Benson
(1816–1865)
1856-yil 7-yanvar1864-yil 4-yanvar7 yil, 362 kunMustaqil1855Beverly Page Yates
1857
1859Daniel Bashiel Warner
1861
3Daniel Bashiel Warner
(1815–1880)
1864-yil 4-yanvar1868-yil 6-yanvar4 yil, 2 kunRespublikachilar partiyasi1863James M. Priest
1865
4James Spriggs Payne
(1819–1882)
1868-yil 6-yanvar1870-yil 3-yanvar1 yil, 362 kunRespublikachilar partiyasi1867Joseph Gibson
5Edward James Roye
(1815–1872)
1870-yil 3-yanvar1871-yil 26-oktyabr
(Tashkil etilgan)
1 yil, 296 kunTrue Vhig partiyasi1869James Skivring Smith
6James Skivring Smith
(1825–1892)
1871-yil 26-oktyabr1872-yil 1-yanvar67 kunTrue Vhig partiyasiVakant
(1871-yil 26-oktyabr — 1872-yil 1-yanvar)
7Joseph Jenkins Roberts
(1809–1876)
1872-yil 1-yanvar1876-yil 3-yanvar4 yil, 2 kunRespublikachilar partiyasi1871Anthony W. Gardiner
1873
8James Spriggs Payne
(1819–1882)
1876-yil 3-yanvar1878-yil 7-yanvar2 yil, 4 kunRespublikachilar partiyasi1875Charles Harmon
9Anthony W. Gardiner
(1820–1885)
1878-yil 7-yanvar1883-yil 20-yanvar
(Isteʼfoga chiqqan)
5 yil, 13 kunTrue Vhig partiyasi1877Alfred Francis Russell
1879
1881
10Alfred Francis Russell
(1817–1884)
1883-yil 20-yanvar1884-yil 7-yanvar352 kunTrue Vhig partiyasiVakant
(1883-yil 20-yanvar — 1884-yil 7-yanvar)
11Hilary R. W. Johnson
(1837–1901)
1884-yil 7-yanvar1892-yil 4-yanvar7 yil, 362 kunTrue Vhig partiyasi1883James Thompson
1885
1887
1889
12Joseph James Cheeseman
(1843–1896)
1892-yil 4-yanvar1896-yil 12-noyabr
(Vafot etgan)
4 yil, 313 kunTrue Vhig partiyasi1891William D. Coleman
1893
1895
13William D. Coleman
(1842–1908)
1896-yil 12-noyabr1900-yil 11-dekabr4 yil, 29 kunTrue Vhig partiyasiVakant
(1896-yil 12-noyabr — 1898-yil 3-yanvar)
1897Joseph J. Ross
1899
Vakant
(1899-yil 24-oktyabr — 1902-yil 3-yanvar)
14Garretson W. Gibson
(1832–1910)
1900-yil 11-dekabr1904-yil 4-yanvar3 yil, 24 kunTrue Whig Party
1901Joseph D. Summerville
15Arthur Barclay
(1854–1938)
1904-yil 4-yanvar1912-yil 1-yanvar7 yil, 362 kunTrue Vhig partiyasi1903
Vakant
(1905-yil 27-iyul — 1906-yil 1-yanvar)
1905J. J. Dossen
1907
16Daniel Edward Howard
(1861–1935)
1912-yil 1-yanvar1920-yil 5-yanvar8 yil, 4 kunTrue Vhig partiyasi1911Samuel George Harmon
1915
17Charles D. B. King
(1875–1961)
1920-yil 5-yanvar1930-yil 3-dekabr
(Isteʼfoga chiqqan)
10 yil, 332 kunTrue Vhig partiyasi1919Samuel Alfred Ross
1923Henry Too Wesley
1927Allen Yancy
18Edwin Barclay
(1882–1955)
1930-yil 3-dekabr1944-yil 3-yanvar13 yil, 31 kunTrue Vhig partiyasiJames Skivring Smith Jr.
1931
1939
19William Tubman
(1895–1971)
1944-yil 3-yanvar1971-yil 23-iyul
(Vafot etgan)
27 yil, 201 kunTrue Vhig partiyasi1943Clarence Lorenzo Simpson
1951William Tolbert
1955
1959
1963
1967
1971
20William Tolbert
(1913–1980)
1971-yil 23-iyul1980-yil 12-aprel
(Oʻldirilgan)
8 yil, 264 kunTrue Vhig partiyasiVakant
(1971-yil 23-iyul — 1972-yil aprel)
James Edward Greene
1975
Vakant
(1977-yil 22-iyul — 1977-yil 31-oktyabr)
Bennie Dee Warner
Samuel Doe
(1951–1990)
Xalq qutqaruv kengashi rahbari
1980-yil aprel — 1986-yil 6-yanvar
10 yil, 150 kunHarbiy /
Milliy demokratik partiya
211986-yil 6-yanvar1990-yil 9-sentyabr
(Oʻldirilgan)
1985Harry Moniba
Amos Sawyer
(1945–2022)
Milliy birlik muvaqqat hukumati prezidenti
1990-yil 9-sentyabr — 1994-yil 7-mart
3 yil, 179 kunLiberiya Xalq partiyasi
David D. Kpormakpor
(1935–2010)
Davlat kengashi raisi
1994-yil 7-mart — 1995-yil 1-sentyabr
1 yil, 178 kunMustaqil
Wilton G. S. Sankawulo
(1937–2009)
Davlat kengashi raisi
1995-yil 1-sentyabr — 1996-yil 3-sentyabr
1 yil, 2 kunMustaqil
Ruth Perry
(1939–2017)
Davlat kengashi raisi
1996-yil 3-sentyabr — 1997-yil 2-avgust
333 kunMustaqil
22Charles Taylor
(1948-yilda tugʻilgan)
1997-yil 2-avgust2003-yil 11-avgust
(Isteʼfoga chiqqan)
6 yil, 9 kunMilliy vatanparvarlik partiyasi1997Enoch Dogolea
Vakant
(2000-yil 24-iyun — 2000-yil 24-iyul)
Moses Blah
23Moses Blah
(1947–2013)
2003-yil 11-avgust2003-yil 14-oktyabr
(Isteʼfoga chiqqan)
64 kunMilliy vatanparvarlik partiyasiVakant
(2003-yil 11-avgust — 2003-yil 14-oktyabr)
Gyude Bryant
(1949–2014)
Oʻtish davri hukumati raisi
2003-yil 14-oktyabr — 2006-yil 16-yanvar
2 yil, 94 kunLiberiya Harakat partiyasi
24Ellen Johnson Sirleaf
(born 1938)
2006-yil 16-yanvar2018-yil 22-yanvar12 yil, 6 kunBirlik partiyasi2005Joseph Boakai
2011
25George Weah
(1966-yilda tugʻilgan)
2018-yil 22-yanvarAmaldagi7 yil, 306 kunDemokratik oʻzgarish uchun kongress2017Jewel Taylor

Xronologiya

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „President Sirleaf Issues Executive order No. 91 – Establishing the Joint Presidential Transition Team of 2017“. Executive Mansion. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  2. Starr, Frederick. Liberia: Description, History, Problems, Chicago, 1913 — 256-bet. „history Liberia monrovia.“ 
  3. "Pres. Tolbert Says 'No' To Evil Tradition: Vows to Veto Any Amendment To Keep Him In Office". [Monrovia]Sunday Express 1976-03-21: 1/2.
  4. „The Constitution of the Republic of Liberia [ Table of Contents ]“.
  5. Daygbor, Nathaniel. „Mansion's Renovation Not Priority“ (2010-yil 20-sentyabr).
  6. „Liberia: President Weah to Move in the Executive Mansion on February 14“ (en-US). FrontPageAfrica (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 18-fevral.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Liberiya_prezidenti&oldid=4002801" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp