Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Letsinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Letsinlar (yun. lekithos — tuxum sarigʻi), fosfatidilxolinlar — fosfolipidlarning asosiy fraksiyalaridan biri, xolin va diglitserid fosfat (fosfatid) kislotalarning efirlari. L. molekulalariglitserin, yogʻ kislotalari (asosan, stearin, palmitin, olein va linol), fosfat kislota va xolin qoldiqlaridan tuzilgan. Gigroskopik, spirtda, etil va petroley efirlarida yaxshi eriydi, atsetonda erimaydi. Jonivorlar organizmida (jigar, sperma, qon, buyrak usti bezi, tuxum sarigʻida) va oʻsimliklarda (soya va kungaboqar urugʻida,bugʻdoy boshogʻida) mavjud. L.ning organizmdagi asosiy funksiyasi — biologik membranalar tuzilishida ishtirok etishi. Bir qator L. sintez qilingan. Tibbiyotda qoramol miyasidan ekstraksiya yoʻli bilan olinadigan serebroletsitin koʻp qoʻllanadi.Nerv sistemasi kasalliklarida, umumiy holsizlanishda, anemiyada ichiladi. L. oziq-ovqat, toʻqimachilik va atir-upa ishlab chiqarish sanoatida ham ishlatiladi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Letsinlar&oldid=5186708" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp