Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Leonardo DiCaprio

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leonardo Di Caprio

Leonardo DiCaprio 2014-yilda
Tavalludi
Leonardo Wilhelm DiCaprio

11-noyabr1974-yil (1974-11-11) (51 yosh)
FuqaroligiAQSH bayrogʻiAQSh
KasbiAktyor,produser, xayriyachi
FilmlariLeonardo DiCaprio filmografiyasi
Faoliyat yillari1989–hozirgacha
Mukofotlari
Veb-saytRasmiy sayt

Leonardo Di Caprio Vilgelm –amerikalikaktyor,produser,ekolog vaxayriyachi.[1] Yetti karraAkademiya (Oscar), oʻn uch karraOltin globus, besh karraBAFTA va oʻn bir marotabaScreen Actors Guild Awards mukofotlari nomzodi.Oscar,Oltin globus,BAFTA vaScreen Actors Guild Awards mukoflari sohibi.2016-yildaTime jurnali tomonidandunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritilgan.

DiCaprio Koʻpincha noanʼanaviy filmlarda, xususan, biopika,melodrama,drama va davriy filmlarda oʻynaydi. 2019-yilga kelib, uning filmlari dunyo boʻylab 7,2 milliardAQSh dollar daromad keltirdi va u dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan aktyorlarning yillik reytingida sakkizinchi oʻrindan joy oldi. U xalqaro shuhratgaJames CameronningTitanic (1997) filmidagi Jack roli orqali erishdi.

DiCaprio keyinchalikAviator (2004) vaDiamond (2006),Murtadlar (2006),Inqilobiy yoʻl (2008),Muqadddima (2010),The Wolf of Wall Street" (2013),The Revenant (2015),Bir paytlar Hollywoodda (2019) kabi filmlarda rollar ijro etdi.

U 2017-yildaThe Revenant filmi uchunOscar,BAFTA vaOltin Globus mukofotini oldi.Aviator vaThe Wolf of Wall Street uchun 2005 va 2013-yillardaOltin globus mulfotini olgan. DiCaprio rejissorMartin Scorsese bilan eng koʻp hamkorlik qilgan aktyorlardan biridir.

U muntazam ravishda xayriya ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi va atrof-muhit toʻgʻrisida bir nechta hujjatli filmlarni suratga oldi. 2016- yilda u sanʼat va madaniyat sohasiga qoʻshgan hissasi uchunOrdre des Arts et des Lettres mukofoti berilgan.

Filmografiya

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Asosiy maqolaga qarang:Leonardo DiCaprio filmografiyasi

Box Office Mojo sayti maʼlumotlariga koʻra, DiCaprioning tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlari quyidagilar:Whatʼs Eating Gilbert Grape (1993),Romeo + Juliet (1996),Titanic (1997),Catch Me If You Can (2002),Gangs of New York (2002),The Aviator (2004),Murtadlar (2006),Blood Diamond (2006),Shutter Island (2010),Muqaddima (2010),Django Unchained (2012),Shovvoz Gatsby (2013),The Wolf of Wall Street (2013),The Revenant (2015) vaBir paytlar Hollywoodda (2019). Uning filmlari dunyo miqyosida jami 7,2 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan.

Mukofot va nominatsiyalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Asosiy maqolaga qarang:Leonardo DiCaprioning mukofot va nominatsiyalari

DiCaprioKinematografiya sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻp marotaba mukofotlar va nominatsiyalr bilan eʼtirof etilgan.

  • 66-chiOscar mukofoti (1994): „Whats Eating Gilbert Grape“ filmi uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasi
  • 77-chiOskar mukofoti (2005): „Aviator“ uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
  • 79-chiOskar mukofoti (2007): „ Blood Diamond“ uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
  • 86-chiOskar mukofoti (2014): „Uoll-stritlik boʻri“ uchun eng yaxshi film va eng yaxshi aktyor nominatsiyalari
  • 88-chiOskar mukofoti (2016): „The Revenant“ filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi va gʻolibi
  • 92-chiOskar mukofoti (2020): „Bir paytlar Hollywoodda“ filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi

Shunigdek uchtaOltin globus vaBAFTA mukofotlari sovrindori.

Dastlabki hayoti va aktyorlik tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

U yuridik kotib Irmelin Indenbirken va yer osti komiks rassomi va distribyutori Jorj Di Kaprioning yagona farzandi edi. Uning onasi nemis, otasi esa italyan va nemis millatiga mansubdir.[2] Uning ona tomondan bobosi Vilgelm Indenbirken nemis edi[3] va buvisi Xelene Indenbirken Germaniyada yashagan rus muhojiri edi.[3] Manbalar uning buvisi UkrainaningOdesa shahrida tugʻilgani haqida yolgʻon daʼvo qilishgan; Di Kaprioning Ukrainada tugʻilgani yoki merosga ega qarindoshlari borligiga hech qanday dalil yoʻq.[4]

Uni birga tarbiyalash uchun ota-onasi Los-Anjelesdagi Echo Parkdagi umumiy bogʻi boʻlgan 2 xonali kottejlarga koʻchib oʻtishdi.[5][3]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. IMDb profili[sayt ishlamaydi]
  2. Michalski, Jennifer. „14 Celebrities Who Speak Multiple Languages“.Business Insider (2013-yil 24-oktyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  3. 3,03,13,2Wight 2012. sfn error: no target: CITEREFWight2012 (help)
  4. Dale, Daniel. „Fact Check: How a False Story About Leonardo DiCaprio Donating 80 Million to Ukraine Spread Around the World“.CNN (2022-yil 12-mart). 2022-yil 30-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust. „DiCaprio [...] does not have a family member from Odessa or anywhere else in Ukraine, a source close to the actor told CNN on Wednesday.“.
  5. Green, Jesse. „Fresh Blood; Leonardo DiCaprio“.The New York Times (1995-yil 12-fevral). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyun.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Wikimedia CommonsdaLeonardo DiCaprio mavzusiga oid fayllar bor.

Leonardo DiCaprioIMDbda Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash

1928–1950
1951–1975
1976–2000
2001–yildan
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Leonardo_DiCaprio&oldid=4645110" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp