![]() Lee Kang-in 2022-yilda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Li Kan-in | ||
Tavallud sanasi | 19-fevral2001-yil (2001-02-19) (24 yosh) | ||
Tavallud joyi | Inchxon, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.73 m (5 ft 8 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
Raqami | 19 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009 | Incheon United | ||
2011 | Flyings FC | ||
2011—2017 | Valencia | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017—2019 | Valencia B | 26 | (4) |
2018—2021 | Valencia | 44 | (2) |
2021—2023 | Mallorca | 66 | (7) |
2023— | Paris Saint-Germain | 45 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
2017—2019 | Janubiy Koreya U20 | 16 | (7) |
2021—2024 | Janubiy Koreya U23 | 15 | (3) |
2019— | Janubiy Koreya | 35 | (10) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (1-oktyabr uchun) |
Li Kan In (2001-yil 19-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professionalfutbolchi,La Liganing „Mallorca“ klubi vaJanubiy Koreya terma jamoasidahujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Li 2019-yildaOsiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan, xuddi shu yili u FIFA U-20 Jahon chempionatining 2019-yilgi „Oltin to‘p“ sovrinini qo‘lga kiritgan.
LiValensiya akademiyasiga 2011-yilning iyul oyida qoʻshilgan. 2017-yilning 15-dekabrida u „Valensiya B“ (Mestalya) jamoasiga chaqirilgan. U 2017-yilning 21-dekabrida Deportivo Aragon bilan o‘yinda 82-daqiqada zahiradan maydonga tushib oʻz debyutini o‘tkazgan.
U 2018-yilning 17-fevralida „Llagostera“ga qarshi o‘yinda 76-daqiqada maydonga tushib golga assistentlik qilgan. U oʻzining birinchi golini 2018-yilning 6-mayida Sabadellga qarshi oʻyinda kiritigan.
U 2018-yil 30-oktabrda jamoadagi debyutini o‘tkazgan, u Qirol kubogida Ebro ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda 83 daqiqa maydonga tushgan va Yevropada professional debyut qilgan eng yosh koreyalik futbolchiga aylangan[1][2].
LiLa Ligadagi debyutini 2019-yilning 12-yanvarida o‘tkazgan va 2018/19- yilgi mavsumda „Real Valyadolid“ga qarshi o‘yinda (1:1) 86-daqiqadaDenis Cherishev o‘rniga maydonga tushgan. 17 yosh, 10 oy va 24 kunligida Li 16 yosh, 11 oy va 24 kunligida debyut qilgan „Real Sosedad“dan Ander Barrenetxeadan keyin 18-19 La Ligada ikkinchi eng yosh futbolchiga aylangan[3].
2019-yilning 30-yanvarida Li 16-raqamli libosni qabul qilib, „Valensiya“ning asosiy jamoasiga rasman qo‘shilgan[4].
2020-yil 13-sentabrda Li La Liga o‘yinida „Levante“ ustidan jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ikkita golga assistentlik qilgan shu tariqa u 19 yoshu 207 kunlik eng yosh futbolchi bo‘lgan va 2008-yildaXuan Mataning oldingi rekordini yangilagan[5].
Li 2021-yilning 29-avgustida „Valensiya“ bilan shartnomasini bekor qilgan[6].
2021-yil 30-avgust kuni La Liganing boshqa bir jamoasi „Mallorca“ Lining erkin agent sifatida jamoaga qoʻshilganligini tasdiqlagan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan[7]. 2021-yil 22-sentyabrda uLa Liga doirasidagi„Real Madrid“ga qarshi o‘yinda (6:1) klub uchun birinchi golini kiritgan[8].
Li 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 futbol jamoasida oʻynash uchun tanlab olingan va jamoasini turnirda tarixiy ikkinchi oʻringa olib chiqgan. Musobaqa davomida Li ikkita gol va yetti oʻyinda toʻrtta golli uzatmani amlaga oshirgan[9]. Natijada u turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida „Oltin toʻp“ sovrinini qoʻlga kiritgan[10].
Li 2019-yilning mart oyida Boliviya va Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning katta yoshli futbol terma jamoasiga birinchi chaqiruvini olgan vaJanubiy Koreya milliy futbol jamoasidagieng yosh oʻyinchi boʻlgan. 2019-yilning 5-sentyabr kuni Li milliy terma jamoadagi debyutini Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda o‘tkazgan[11].
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Valencia B | 2017-18 | Segunda B divizioni | 11 | 1 | — | — | — | 11 | 1 | |||
2018-19 | Segunda B divizioni | 15 | 3 | — | — | — | 15 | 3 | ||||
Jami | 26 | 4 | — | — | — | 26 | 4 | |||||
Valencia | 2018-19 | La Liga | 3 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | — | 11 | 0 | |
2019-20 | La Liga | 17 | 2 | 2 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 | |
2020-21 | La Liga | 24 | 0 | 3 | 1 | — | — | 27 | 1 | |||
Jami | 44 | 2 | 11 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 | 62 | 3 | ||
Mallorca | 2021-22 | La Liga | 30 | 1 | 4 | 0 | — | — | 34 | 1 | ||
2022-23 | La Liga | 7 | 1 | 0 | 0 | — | — | 7 | 1 | |||
Jami | 37 | 2 | 4 | 0 | — | — | 41 | 2 | ||||
Karyerada jami | 107 | 8 | 15 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 | 129 | 9 |
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Janubiy Koreya | 2019 | 3 | 0 |
2020 | 2 | 0 | |
2021 | 1 | 0 | |
Jami | 6 | 0 |
Valencia
Janubiy Koreya U20
Shahsiy yutuqlari
![]() | VikiombordaLee Kang-in haqida turkum mavjud |