Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kyusyu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolavikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolaniVikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.(2024-09)
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.
Kyusyu
Geografiya
Maydoni36 782,11[1] km2
Dengiz sathidan balandligim.
Eng baland nuqtasiKuju Mountains
Ma'muriyat
DavlatYaponiya
MintaqaYaponiya
Demografiya
Aholisi13 061 879
Qo'shimcha ma'lumot

Kyusyu, K i u – S i u (yaponcha – toʻqqiz viloyat) – Yaponiyaning jan. qismidagiorol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni yondosh mayda orollar bilan birga 42,1 ming km². Qirgʻoq chi-zigʻi notekis, qoʻltiq koʻp. Relyefi, asosan togʻli, shim. va gʻarbi sertepa va allyuvial pasttekislik. K.ning eng baland joyi – Kudzyu vulkani (1788 m). Soʻnmagan vulkanlar bor, issiq bulok koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi togʻlarda 0°, tekisliklarda 10°, iyulniki 15—28°. Yillik yogʻin 1600–3000 mm. K.ning iqlimiga uning qirgʻoqlari yaqinidan oʻtadigan Kurosio va Susima iliq oqimlarining taʼsiri katta. Tez-tez tayfun boʻlib turadi. Yirik daryolari: Tikuga, Oyodo va Gokase; gidroenergiya resurslariga boy. Tuprogʻi qizil va sariq tuproq. 850 m balandlikkacha subtropik doim yashil oʻrmonlar, undan yuqorisi igva bargli oʻrmonlar, togʻ tepalari – butazor, oʻtloq va yalangliklar bilan band. K. – Yaponiyada oʻsimlik dunyosiga eng boy orol. K.ning shim. Yaponiyaning asosiy koʻmir-metallurgiya bazasi; markazi va jan. esa muhim qishloq xoʻjaligi rayonidir. Orolda aholi zich yashaydi. Yirik shaharlari: Kumamoto, Vagasaki, Kitakyusyu.[2]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. (unspecified title)Geospatial Information Authority of Japan. — С. 83.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kyusyu&oldid=4953532" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp