Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kumush

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kumush / Argentum (Ag)
Atom raqami47
KoʻrinishiKumush rangli
yumshoqmetall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
107,8682m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi144pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
730,5 (7,57)kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi[Kr] 4d10 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi134pm
Ion radiusi(+2e) 89 (+1e) 126pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,93
Elektrod potensiali0
Oksidlanish darajasi2, 1
Termodinamik xossalari
Zichlik10,5g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi0,237J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik429Vt/(m·K)
Erish harorati1 235,1K
Erish issiqligi11,95kJ/mol
Qaynash harorati2 485K
Qaynash issiqligi254,1kJ/mol
Molyar hajm10,3sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishikubik markazlashgan
Panjara davri4,090Å
Panjara/atom nisbatin/a
Debye harorati215,00K
47
Kumush
Ag
107,8682
4d105s1

Kumush (lotincha Argentum — oq kukun), Ag —Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sunʼiy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. Kumush qadimdan maʼlum. Yer poʻsti ning 1 -10 5% ini tashkil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. Kumushning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza Kumush chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Zichligi 10,5 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 960,5°, qaynash temperaturasi 2212°. Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,7. Kumush yumshoq, choʻziluvchan boʻlganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo taʼsiriga chidamli. Lekin galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi (qarangKumush galogenidlar). Koʻpgiva metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kumush birikmalarida, asosan, 1 valentli, baʼzan 2 va 3 valentli. Nitrat va konsentrlangan issiq sulfat kis-lotada erib, tuzlar hosil qiladi. Kumushning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxshi eriydi. Kumushning 3 ta oksidi maʼlum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa oʻta beqaror boʻlib, sof holda ajratib olinmagan.

Kumush (1)-oksid, Ag2O — toʻq qoʻngʻir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm³. Yorugʻlik nuri taʼsirida kislorodini yoʻqotib qorayadi. 200°da toʻliq parchalanadi. Suvda eruvchanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuchli oksidlovchi kompleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon taʼsirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi.

Kumush (P)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm³. 100° temperaturagacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. Kumushga yoki Ag2O ga ozon taʼsir ettirib, Kumushni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qoʻllanadi.

Kumush, asosan, tarkibida kumush va qoʻrgʻoshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalaritanga pul, zargarlik va uy-roʻzgʻor buyumlari, lab. idishlari ishlab chiqarishda, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. Kumush buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, yaʼni tarkibida 87,5% Kumush va 12,5%mis boʻlgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda Kumush kattalizator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda Kumushning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.

Komil Tojiyev.[1]

Kumush -unsurlar davriy jadvalining 47 unsuri,metall.

 12              3456789101112131415161718
1H He
2LiBe BCNOFNe
3NaMg AlSiPSClAr
4KCa ScTiVCrMnFeCoNiCuZnGaGeAsSeBrKr
5RbSr YZrNbMoTcRuRhPdAgCdInSnSbTeIXe
6CsBaLaCePrNdPmSmEuGdTbDyHoErTmYbLuHfTaWReOsIrPtAuHgTlPbBiPoAtRn
7FrRaAcThPaUNpPuAmCmBkCfEsFmMdNoLrRfDbSgBhHsMtDsRgCnNhFlMcLvTsOg
8UueUbnUbuUbbUbtUbqUbpUbhUbs 
Ishqoriy metallarIshqoriy yer metallarLantanoidlarAktinoidlarSuperaktinoidlarOʻtish metallarYengil metallarYarim metallarQolganmetallmaslarGalogenlarInert gazlarXossalari nomaʼlum

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



KimyoKimyoga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kumush&oldid=5339377" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp