Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Koro Kamil

Vikipediya, erkin ensiklopediya

KORO (Corot) Kamil (1796.16.7 -Parij — 1875.22.2) — fransuz rassomi, fransuz realistikmanzara janrining asoschilaridan. Italiyada boʻlgan (1825—28, 1834,1843), 1862-yildaBelgiya, Gollandiya, Londonga oʻquv safarlari bilan borgan. K. ijodiga tabiatga qiziqish, uni lirik his etish xos. Ijodini klassik anʼanalarda manzaralar yaratish bilan boshlagan ("Venetsiyada tong", taxminan 1834; "Gomer va choʻponlar", 1845 va boshqalar), 1850-yillardan K. asarlarida koʻtarinki ruh, yetuklik, orzu ohanglari kuchaydi, tabiatni oʻzgaruvchan holatini ifodalashga, lahzani muhrlashga, ilk taassurotlar sofligini saqlashga intildi ("Sevr yoʻli", 1855—60; "Mortefonten xotiralari", 1864; "Shamol xuruji", 1865—70 va boshqalar). 1860-yildan atrof muhit bilan uygʻunlashgan portretlar yaratgan. K., shuningdek, rasm, litografiya, ofortlari bilan ham mashhur.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Koro_Kamil&oldid=4741007" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp