Konnektikut — AQShning shimoli-sharqiy qismidagishtat,Yangi Angliyada. Maydoni - 12,9 ming km². Aholisi - 3,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Hartford shahri. Konnektikut hududi dastlabAngliya mustamlakasi boʻlgan. 1788-yildanAQSH tarkibida. Shtat LongAylend boʻgʻoziningsohil pasttekisligi va Appalachi tovyurining janubiy etaqlarida (200–400 m) joylashgan. Konnektikut hududidan oʻtuvchi Konnektikut daryosida kema qatnaydi. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi. Hartfordda oʻrtacha temperatura yanvarda —2,4°, iyulda 22,6°. Yiliga oʻrtacha 1200 mm yogʻin yogʻadi.
Yetakchi sanoat tarmoqlari — mashinasozlik (elektrotexnika varadioelektronika,soat ishlab chiqarish, priborsozlik, aviasozlik,kemasozlik va boshqalar) va metallsozlik. Toʻqimachilik, kimyo, rezina, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Hartford, Brijport,Nyu Xeyven,Uoterberi.
Konnektikutning yetakchi tarmogʻi —sut chorvachiligi va parrandachilik. Konnektikut daryosi vodiysida tamaki yetishtiriladi. Transport yoʻllari zich. Muhim dengiz portlari: Nyu-Xeyven, Brijport, Nyu-London. Konnektikutda muzeylar, universitetlar bor[1].