Kompozitor (lotincha:compositor – tuzuvchi, yaratuvchi, ijod etuvchi)[1] — koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori.
„Kompozitor“ atamasi XVI asrga kelibItaliyada keng tarqalgan. Kompozitorlik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga maxsus (kompozitsiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab etadi. Kompozitornota yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan anʼanaviylik mezoniga tayanibmonodiya tizimida ijod etuvchibastakordan farq qiladi. Professional kompozitorlar oliy musiqa maktabi –konservatoriyaning kompozitorlik fakultetida taʼlim oladilar[2].
Oʻzbekistonda kompozitorlik ijodiyoti XIX asrning oxiri (Vyacheslav Leysek va boshqalar), ayniqsa, 1920–1930-yillardan boshlab (V.Uspenskiy,A.Kozlovskiy,Georgiy Mushel va boshqalar) jadal rivojlandi. Mahalliy kompozitorlardanM. Ashrafiy, T. Sodiqov,Manas Leviyev,Mutal Burhonov,Sulaymon Yudakovlarning ilk ijodiy tajribalari 1930–1940-yillarga mansub.
1950–1960-yillardaIkrom Akbarov,Sobir Boboyev,Boris Giyenko, X. Rahimov,Feliks Yanov-Yanovskiy,Razzoq Hamroyev, T. Qurbonov,Rumil Vildanov,Sayfi Jalil, 1970–1990-yillarda esa D.Saidaminova, N.Zokirov,Rustam Abdullayev,Mustafo Bafoyev,Mirsodiq Tojiyev va boshqa koʻp ovozli musiqaning turli janrlarida katta yutuqlarga erishdilar. Mustaqillik davridaOʻzbekiston kompozitorlarining ijodi yangi bosqichga koʻtarildi. Yosh kompozitorlardan Avaz Mansurov,Dilorom Omonullayeva, K.Ergashev, D.Yanov-Yanovskiy, N.Gʻiyosov va boshqa musiqa hayotiga, shu jumladan,estrada vafilm musiqasi,simfonik hamda kamer musiqasijanrlari rivojiga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
- ↑O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet.ISBN 978-9943-8834-4-4.
- ↑Akbar Ilyosov. Musiqa lug‘ati. Toshkent: "O‘qituvchi" nashriyoti, 1997 — 384-bet.ISBN 5-645-04422-2.