Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kommunizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.
Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq.

Kommunizm (lotincha:communis — „umumiy“)[1][2] — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli qarashlarning umumiy nomi (ibtidoiy kommunizm, xayoliy kommunizm, „kazarma“ kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilanPlaton, keyinroqThomas More,Tommaso Campanella,Charles Fourier va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlardaKarl Marx,Friedrich Engels vaVladimir Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm —kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda „har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha“ tamoyili amal qiladi, „Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi“, „davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi“, deb hisoblashgan.

Kommunizm gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish kabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik vademokratiya tamoyillariga zid boʻlgan bu gʻoyalar sobiqSSSR hududida, „sotsialistik lager“ deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-asrning 20-yillaridan zoʻrlik yoʻli bilan proletariat (amalda partiya)ning maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi oʻrnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymaʼnaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, Kommunizmning „erkinlik“, „tenglik“ toʻgʻrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi maʼlum boʻldi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Ball, Terence; Dagger, Richard, eds (2019). "Communism". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/topic/communism. <!--->
  2. "Communism". World Book Encyclopedia. 4. Chicago: World Book. 2008. 890 b. ISBN 978-0-7166-0108-1. 

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Boshqaruvning asosiy shakllari
Demokratiya (turlari)
(xalq hokimiyati)
Oligarxiya
(ozchilik hokimyati)
Avtokratiya
(yakkahokimlik)
Aralash rejim
(avtokratiya va demokratiya qorishmasi)
Anarxizm
(hokimiyatsizlik)
Monarxizm vaRespublikaizm
(ijtimoiy-siyosiy mafkuralar)
Avtoritarizm vaLibertarizm
(ijtimoiy-iqtisodiy mafkuralar)
Global boshqaruv vaMahalliy maʼmuriyat
(geomadaniy mafkuralar)
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
Stub ikonaSiyosatga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kommunizm&oldid=5414739" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp