Kolumbiya (ispancha:Colombia), KolumbiyaRespublikasi (ispancha:República de Colombia) –Janubiy Amerikaning shimoli-gʻarbida joylashgandavlat. Maydoni - 1138,9 ming km².Aholisi - 46,370 mln. kishi (2012).Poytaxti –Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) shahri. Maʼmuriy jihatdan 32departament vapoytaxt okrugiga boʻlinadi.
Kolumbiya –unitar respublika. Amaldagi Siyosiykonstitutsiyasi 1991-yil 4-iyulda qabul qilingan.Davlat va hukumat boshligʻi –prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas.Qonun chiqaruvchi hokimiyatnikongress amalga oshiradi. Kongress ikki palata: senat va vakillar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Kolumbiyaning sharqiy va shimoliy qismipasttekislik, gʻarbida vatogʻ tizmalari bor. Va togʻlarining Kolumbiyadagi qismi 3 asosiy tizma (Gʻarbiy, Markaziy vaSharqiy Kordilyera) dan iborat. UlarniMagdalena daryosi (Kauka vaPatiya irmoqlari bilan) bir-biridan ajratib turadi. Kolumbiyaning eng baland joyi – Kristobal-Kolon togʻi (5800 m).And togʻlarining gʻarb va shimoliy daTinch okean vaKarib boʻyi botqoqlashganpasttekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolarAmazonka pasttekisligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va soʻnmaganvulkanlar (Uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va boshqalar) bor. Kolumbiyadaneft,tabiiy gaz,toshkoʻmir,mis vatemir rudalar, rangli va asilmetallar, uran,zumradkonlari koʻp.
Kolumbiyaekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda oʻrtacha oyliktemperatura 29°, 1000–2000 m balandlikdagi togʻlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yogʻin 1000–4000 mm. Shimoli-sharqida 200 mm gacha, Tinch okean pasttekisligida va unga tutash togʻ etaklarida 10000 mm gacha.Daryo koʻp, yiriklari:Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare,Meta va boshqa Yuklarning 95%Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va togʻ etaklaridagi qizilsariqlaterit tuproqli yerlarda namtropikoʻrmonlar bor, qizil tuproqli yerlarsavanna (lyanos) bilan qoplangan. Shimoli-sharqda buta vakaktuslar oʻsadi. Togʻ tepalaridaoʻtloqlar (paramos), choʻqqilarida doimiyqorlar bor. Oʻrmonlardamaymun,yaguar,chumolixoʻr,tapir,yalqov,kaltakesak;qushlardan tunan,kolibri vatoʻtilar, daryolardatimsoh uchraydi. Milliy bogʻlari: Chiribikete, Paramilo, Syerra-Nevada-de-Santa-Marta.
Aholisining aksari kolumbiylar. Ularindeys,ispan,negrlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. KeyinroqItaliya,Germaniya vaGʻarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qoʻshilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili –ispan tili.Xristianlikning katolik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari:Bogota,Medelin,Kali,Kartaxena.
Hozirgi Kolumbiya hududida qadimdan indeysqabilalari yashab kelgan. Kolumbiya hududiga 1499-yilda ispanlar kelgan. 1530-yillarda ular Kolumbiyani bosib olib,mustamlaka tartibini oʻrnatdilar va mamlakatni YangiGranada deb atadilar. 1718-yildan Yangi Granada vitse-qirolligiga aylantirildi. 1739-yil Yangi Granada vitse-qirolligi Kolumbiyadan tashqari hozirgiEkvador,Panama vaVenesuela hududlarini qoʻshib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi. Shulardan eng yirigi 1781-yilgi qoʻzgʻolon boʻldi.Mustaqillik uchun kurash 1810-yildan yanada kuchaydi. 1816-yil may oyida ispanarmiyasi qoʻzgʻolonni shafqatsiz bostirdi. Biroq, qoʻzgʻolonchilar 1819-yil fevralda mustaqillikka erishgan Venesuela vatanparvarlari yerdamida ispan qoʻshinlarini tor-mor etdilar. 1819-yildekabrda Yangi Granada, Venesuela va Ekvador birlashib,Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi tuzilganligi S. Bolivar prezident) eʼlon qilindi. 1830-yil Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va Yangi Granada (Panama bilan birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40-yillarda mamlakatdaKonservativ (yirik zamindorlar) vaLiberal (burjua) siyosiy partiyalar vujudga keldi.
1851-yil Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863-yildan mamlakat Kolumbiya Qoʻshma Shtatlari, 1886-yildan Kolumbiya Respublikasi deb ataldi. Partiyalar oʻrtasidagi raqobat mamlakatdafuqarolar urushiga („Ming kunlik urush“, 1899— 1902) sabab boʻldi. 1903-yil Panama Kolumbiyadan ajralib, mustaqil davlatga aylandi. 1929—33 yilgi jahon iqtisodiy turgʻunligi Kolumbiya iktisodiyotiga ancha putur yet-kazdi. 1934-yil Kolumbiyada baʼzi ilgʻorislohotlar (bepul taʼlim va boshqalar) oʻtkazildi. 1946-yildan Kolumbiyadaterrorchidiktatura oʻrnatildi. Barchademokratik kuchlar qattiq taʼqib qilindi. Xalqning demokratik gʻalabalarini tugatishsiyosati oʻtkazila boshladi. 1948-yilda xalq qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolon bostirilgach,konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi nobud boʻldi. Maʼmurlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi.Konservatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953-yil davlat toʻntarishi uyushtirdi va harbiy diktatura oʻrnatdi. 1957-yilda umumxalq kurashi natijasida diktatura barham topdi.
Konservatorlar bilan liberallar „sherikchilik“ asosida „Milliy jabha“ blokini tuzdilar (1957—74). Ammoijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal boʻlmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974—78 yillarda bir qator ilgʻor islohotlar oʻtkazdi. 1978-yilsaylovda liberallar rahbari X. S. Turbay Ayyala gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998-yil prezident saylovida konservatorlar vakili A. P. Arango prezident, liberallar vakili G. B. Lesmus esavitse-prezident etib saylandi. Kolumbiya – 1945-yildanBMT aʼzosi. Milliy bayrami – 20-iyul – Mustaqillik kuni (1810).
Liberal partiya, 1815-yilda asos solingan; Sotsial-konservativ partiya, 1848-yilda tuzilgan; Kolumbiyakommunistik partiyasi, 1930-yilda asos solingan; Milliy najot harakati partiyasi, 1990-yilda Sotsial-konservativ partiyadan chiqqan siyosiy arboblar tomonidan tuzilgan; Milliy xalqittifoqi, 1964-yilda asos solingan; Demokratik alyans partiyasi, 1990-yilda tuzilgan.Kasaba uyushma birlashmalari: Demokrat mehnatkashlar umumiykonfederatsiyasi, 1971-yilda tuzilgan; Kolumbiya demokrat mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1988-yilda tuzilgan; Kolumbiya mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1934-yilda tuzilgan; Mehnatkashlar unitar kasaba uyushma markazi, 1986-yilda tuzilgan.
Kolumbiya – agrar-industrial mamlakat.Janubiy Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturidaimportga erk berish, samarasiz davlatkorxonalarini xususiylashtirish, xorijiy sarmoyani jalb etish koʻzda tutilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% qishloq xoʻjaligida, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashgʻul. Yalpi ichki mahsulotdasanoatning ulushi 27%, qishloq xoʻjaligining ulushi 22%.
Kolumbiyaning boy tabiiy resurslari asosidakonchilik sanoati rivojlangan.Neft vatemir rudasi qazib olish yetakchi sanoat tarmoqlaridir.Tabiiy gaz,toshkoʻmir,oltingugurt,nikel,oltin,platina,kumush,zumrad ham qazib olinadi (jahondagi zumradning 90%).Oziq-ovqat sanoati, asosan,qishloq xoʻjaligixom ashyosini dastlabki qayta ishlash,poyabzal,ichimlik ishlab chiqarish sohalari,tikuvchilik,toʻqimachilik,metallni qayta ishlash alohida oʻrin oladi.Metallurgiya, neftni qayta ishlash,kimyo vaneft kimyosi sanoati rivojlangan.Avtomobil, televizor va radiopriyomniklar yigʻadigan,stanok,sement,qogʻoz ishlab chiqaradiganzavodlar bor.Hunarmandchilikning ham salmogʻi katta.Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd.kVt-soatelektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75%gidroelektr stansiyalariga, 25%koʻmir bilan ishlovchi elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi.
Dehqonchilik – qishloq xoʻjaligining asosi.Kofe – mamlakat qishloq xoʻjaligining muhimmahsuloti. Kofeeksport qilish sohasida dunyodaBraziliyadan keyin 2-oʻrinda turadi. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining salkam 40% kofe yetishtirish bilan bevosita yoki bavosita bogʻliq tarmoqlarda band.Eksport uchunkakao doni,paxta,banan,tamaki, mahalliy ehtiyoj uchunmakkajoʻxori,kartoshka,sholi,bugʻdoy,arpa, maniok,soya,noʻxot,shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligidaqoramol,qoʻy,choʻchqa boqiladi.Baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatningoziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirmaydi.
Kolumbiyada asosiytransport turi –avtomobil. Transport yoʻli uzunligi – 3,4 ming km, avtomobil yoʻli oʻz. – 129 ming km. Asosiy dengiz portlari:Barrankilya Buenaventura, Tumako,Kartaxena,Santa-Marta. Bogotada Eldorado xalqaro aeroporti bor.
Kolumbiya chetga kofedan tashqarineft va neft mahsulotlari, kimyoviy mollar,qora metallurgiya mahsulotlari,zumrad chiqaradi. Chetdan sanoat asbob-uskunalari,transport vositalari,xomashyo, isteʼmol vaoziq-ovqat mahsulotlari keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari:AQSH,Yevropa Ittifoqi mamlakatlari,Yaponiya,Lotin Amerikasi mamlakatlari.Pul birligi —Kolumbiya pesosi.
Bemorlarga, asosan, xususiy tarzda xizmat koʻrsatiladi. Vrachlar 9 ta oliy oʻquv yurtining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi.
7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlganbolalarning oʻqishi bepul va majburiy.Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 6 yil Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Mutaxassislar hunar-texnika bilim yurtlari va pedagogika Oʻquv yurtlarida,oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 200 dan koʻproq oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 25 davlat va 35 xususiyuniversitet bor. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari:Bogotada Kolumbiya Milliy universiteti (1867-yilda asos solingan), Valye universiteti (1945), Xaverian xususiy katolik universiteti va boshqa Ilmiy muassasalari: Kolumbiyatarix akademiyasi(1902), Kolumbiya yuridik fanlar akademiyasi (1894), Tibbiyot fanlariakademiyasi (1890) – hammasiBogotada;Kartaxena,Medelin, Tunxa va boshqa shaharlarda tarix akademiyalari, bir qancha ilmiy jamiyatlar ishlaydi. BogotadaMilliy kutubxona, Medelinda universitet kutubxonasi, Bogotada Milliy universitet kutubxonasi va boshqa bor. Muzeylari: Milliy, Mustamlaka davri sanʼati, Milliyantropologiya, Milliyarxeologiya muzeylari, Oltin buyumlar muzeyi, S. Bolivar muzeyi – (hammasi Bogotada), Medelindagi tabiiy fanlar muzeyi va universitet muzeyi.
Matbuoti,radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Kolumbiyada 30 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi. Eng yiriklari: „Ekspektador“ („Kuzatuvchi“, 1887-yildan),„Tyempo“ („Vaqt“, 1911-yildan),„Pays“ („Mamlakat“, 1950-yildan), „Nuevo siglo“ („Yangi asr“, 1932-yildan), „Kolombiano“ („Kolumbiyalik“, 1912-yildan). Ankol hukumat axborot agentligi ishlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980-yilda asos so-lingan. Radioeshittirish 1929-yil dan, telekursatuv (toʻla davlat tasarrufida) 1954-yildan ishlaydi. Mamlakatda hammasi boʻlib 200 ga yaqin radiostansiya, 50 telestudiya bor.
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabkiyilnoma va hikoyalar 1519-yilda paydo boʻlgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-asr boshlarida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik vamustaqillik uchun kurash yillari (1810—26)davatanparvarlik ruhidagi klassitsizm adabiyoti ravnaq topdi (Kolumbiya Torres, L. Vargas Texad, X. M. Salasar va boshqa ijodi). X. X. Ortiye, X. E. Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X. M. Samper va boshqa yozuvchilar indeys qabilalarining oʻtmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida „Yelkan ramzi“, „Arboledlar jamiyati“ va boshqa toʻgaraqlarda uyushgan X. A. Silva, M. A. Osodio va boshqa shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. Birinchi jahon urushidan soʻng Kolumbiya adabiyotida „avangardizm“ paydo boʻldi. „Konrod epopeyasi“ dostonining muallifi – A. M. Mutis, L. K. Lopes va boshqa ijtimoiysheʼriyat anʼanalarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimoiy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va boshqa ijodida kishilarning tabiat bilan toʻqnashuvini tasvirlash asosiy mavzu boʻldi. X. A. Osorio Lisarasoning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi „Yer ostidagi odam“ va taraqqiyparvar arbob Gaytan oʻlimi toʻgʻrisidagi „Nafrat kuni“ romanlari Kolumbiya nasrining yutugʻihisoblanadi. 50-yillarda koʻproq partizanlar qarakatiga bagʻishlanganasarlar turkumi („zoʻravonlik haqida romanlar“) paydo boʻldi. G. G. Markesning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romani Kolumbiya nasri rivojida muqim rol oʻynaydi. X.Pardo Gersia, Kolumbiya Kastro Saavedra va boshqa oʻz asarlari bilan Kolumbiya sheʼriyatiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
Hozirgi Kolumbiya hududida toshdan qurilganibodatxona vaistehkomlarning vayronalari topilgan. Kolumbiya ispanlar tomonidan bosib olingach, 15-asr oxiri va 16-asrdaindeys manzilgohlari oʻrnidaKartaxena,Bogota, Tunxa kabi shaharlar barpo etildi, ularning markazida toʻgʻri burchaqli kucha va maydonlar qurildi, shaqlan koʻrimli va sipobinolar tiklandi. 16-asr oʻrtasidan 17-asr oʻrtalarigacha italyan uygʻonish davri meʼmorligi „mudehar“ uslubi unsurlari bilan birga qoʻshildi. 16—18-asrlarda gʻishtin uyli, toʻgʻri koʻchali shaharlar,monastir cherkovlaribarokko va yangi mudehar uslubida qurildi. 20-asr boshlarida sanoat rivoji natijasida shaharlar koʻpaydi. 1930-yillardanAQSH vaBraziliya meʼmorlik maktablari taʼsirida zamonaviy binolar koʻplab qurila boshladi. 1940— 70 yillarda yangi kvartallar,sanoat majmualari,bank,firma binolari, stadion, bozorlar koʻpgina shaharlarning koʻrkiga koʻrk qoʻshdi (Kartaxenadagi stadion, Bogotadagi Moderno gimnaziyasining kapellasi va boshqalar).Pekin mamlakatdagi turar joylarning koʻpchiliginiloy vaqamishdan ishlangan kulbalar tashkil etadi. Zamonaviy inshootlar orasida Bogotadagi „Tekendama“ mehmonxonasi, „Filips Kolobiana“ firmasining binosi ajralib turadi.
Kolumbiya hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulollik buyumlari,oltin,kumushhaykallar, tilla taqinchoqlar tayyorlash) rivojlangan.Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillik boshlarida San-Agustin madaniyati (Janubiy Kolumbiya oʻrmonlaridagi tosh qaykalchalar, boʻrtma tasvirlar), bu madaniyatga yaqin Tyerradentro, Narino, Kalima madaniyatlari ham mavjud boʻlgan. 16-asrgacha markaziy va shimoliy viloyatlarda chibcha indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumush zeb-ziynat buyumlari, haykalchalar, idishlar,toʻqimachilik,oʻymakorlik namunalari). 16—17-asrlarda mahalliy rassomlik maktabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mavzularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19—20-asr boshlarida P. X. Figeroa, X. M. Espinosa kabi rassomlar xalqning mustaqillik uchun kurashi mavzularida asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqish kuchaydi. P. N. Gomes Agudelo, I.Gomes Haramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L. A. Akunya kabi rassomlar, X. O. Betankur, R.Roso va boshqa haykaltaroshlar mashhur. 1930-yilda asos solingan Kolumbiya Badiiy akademiyasi keyinchalik Bogota nafis sanʼat maktabiga aylantirildi.
Ispan istilochilarining xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, hozirgi Kolumbiya hududida yashagan indeyslarda harbiy musiqa yaxshi rivojlangan, ular gʻalabanimusiqa va qoʻshiqlar bilan nishonlagan.Motam marosimlarida marhumning botirligini taʼriflovchi qoʻshiqlar aytilgan.Hosil yigʻimi, qabila boshligʻi uchun saroy qurilishi ommaviyraqs va qoʻshiq bilan yakunlangan. Bosqinchilar kelgach, indeys musiqasiga yevropacha unsurlar taʼsir eta boshladi.
Kolumbiya musiqasidakreol, indeys, negr ohanglari qorishib ketgan. 17-asr boshlarida professional musiqa vujudga keldi va 18-asr oxiridan dunyoviy musiqa rivojlana boshladi. 1784-yil Bogotada birinchipuflama sozlar orkestri tuzildi. 19-asrning 40-yillarida Kolumbiya musiqa sanʼatining rivojlanishida Italiyaopera truppalari va Kolumbiyada yashovchi Yevropa kompozitorlarining roli katta boʻldi. 19-asr boshlarida Kolumbiyada yashagan ingliz E. Prays Kolumbiya Filarmonik konsert jamiyatini, uning oʻgʻli J.Prays Milliy musiqa akademiyasini tashkil etdi (1882; 1910-yildan Milliy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindichi (milliy madhiya muallifi), „Ester“ va „Florinda“ operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-asrning mashhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliysimfonik orkestrning asoschisi – dirijyor G. Espinosa,kompozitorlar G. Uribe Olgin, A. Mariya Valensiya, qoʻshiqchi L. Masia,musiqashunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va boshqa 20-asrda Kolumbiya musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogotada opera teatri, milliy konservatoriya, folklorni oʻrganuvchi ilmiy tadqiqot markazi,„Folklor baleti“ bor. Kolumbiya milliyradiosi mumtoz va milliy musiqani targʻib qilish sohasida katta ish olib borayotir.
18-asr oxirlarida Bogotada ilk borteatr tomoshalari koʻrsatilgan. X. M. Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A. L. Gomes, A.Alvares Lyeras, L. E. Osorno va boshqa 19-asrda hamda 20-asr 1-yarmida koʻzga koʻringan Kolumbiyadramaturglari hisoblanadi. 50-yillar oʻrtalarida Kolumbiya teatrining faoliyati yaxshilandi,truppalar paydo boʻldi,festivallar oʻtkazildi. Milliydrama sanʼati maktablari tashkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanishida Kalidagi Tajriba teatri, madaniyat uyi va „La mama“ truppalari, shuningdek, Bogotadagi Xalq teatri muhim rol oʻynaydi. Universitet teatrlari ham keng yoʻlga qoʻyilgan (ular 1966-yildan festival oʻtkazib turadi). Zamonaviy mashhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K. X. Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hozirgi Kolumbiya teatri sanʼatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan.
Kolumbiyada dastlabkihujjatli filmlar („San-Kristobal manzarasi“, „Bogotada harbiy parad“) 1907-yilda suratga olindi. 1910-yillarda voqeiy filmlar yaratishga kirishildi. 1914-yildarejissyor F.Markoning „Ishonch tantanasi“ toʻla metrajli yarim hujjatli filmi chiqarildi. „Aura yoki gunafshalar“ (1923),„Antyokiya osmoni ostida“ (1924), „Kondorlar uyasi“ (1925) koʻngilochar va xajviy kinolentalari bilanbadiiy filmlar yaratishga asos solindi. 1937-yilda aka-uka Aseveolar birinchi ovozli hujjatdi filmni yaratdilar. 1939-yildagi „Vodiy gullari“ filmi dastlabki ovozli badiiy film boʻldi. 50-yillar oxiri va 60-yillarda milliy kino sanʼati yuksala boshladi. Ilgor ijtimoiy yoʻnalishdagi filmlar („Tosh ildizlar“, „Kolumbiyaning uch tarixi“, „Achchiq yer“, „Donaso“ va boshqalar) yaratildi. Hujjatli kino rejissyorlaridan KolumbiyaAlvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning shakllanib, kamol topishiga katta taʼsir oʻtkazdi („Kunlardan bir kun“, „Demokratiya nima“ va boshqa filmlar). Keyingi yillarda „Qachongacha“ (rejissyor B.Ventura), „Firibgarlik“ (rejissyor L.Sanches), „Toza qon“ (rejissyor L.Ospina), „Diyorimiz ovo-zi: oʻtmish va kelajak“ (rejissyor M. Rodriges, X.Silva) va boshqa filmlar muvaffaqiyat qozondi. 1960-yildan Kartaxenada Xalqaro kinofestivallar oʻtkazib turiladi. 1971-yil Bogotada kinematografiya instituti tashkil qilingan. Unda rejissyorlar, ssenariychilar, operatorlar tayyorlanadi. Kolumbiyada 650 kinoteatr bor.[1]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil