Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kobul (shahar)

Koordinatalari:34°31′31″N69°10′42″E / 34.52528°N 69.17833°E /34.52528; 69.17833
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:Kobul (maʼnolari).
Kobul
کابل
Yuqoridan chapdan o'ngga:
Arg,Shah-Do Shamshira masjidi,Saxi ziyoratgohi, Zamonaviy Kobul, 2021-yildagi siluet
Official seal of Kobul
Gerb
Nickname: 
Kobul (shahar) is located in Afghanistan
Kobul (shahar)
Afghanistan xaritasida koʻrinishi
Kobul (shahar) is located in Asia
Kobul (shahar)
Asia xaritasida koʻrinishi
Koordinatalari:34°31′31″N69°10′42″E / 34.52528°N 69.17833°E /34.52528; 69.17833
Davlat Afgʻoniston
ViloyatKobul
Tashkil topgan1776-yil
Hukumat
 • TuriMunitsipalitet
 • HokimHamdullah Nomani
 • Hokim oʻrinbosariMaulvi Abdul Rashid[1]
Hudud
 • Umumiy1 028,24 km2 (400 sq mi)
 • Quruqlik1 028,24 km2 (400 sq mi)
Balandligi
1 791 m (5 900 ft)
Aholisi
 (2023-yil)
 • Umumiy4,954 million
Vaqt mintaqasiUTC+4:30 (Afgʻoniston standart vaqti)
Pochta kodi
10XX
Telefon kodi(+93) 20
Veb-saytkm.gov.af

Kobul (dariycha:کابل) –Afgʻonistonningpoytaxti.Kobul viloyatiningmaʼmuriy markazi.Kobuldaryosivodiysida, oʻrtacha 1820 mbalandlikda, Asmon va Sherdarvozatogʻlari orasidagivohada joylashgan.Iqlimisubtropikkontinental iqlim.Yanvarning oʻrtacha temperaturasi G,iyulniki 26°, yiliga 317 mmyogʻin tushadi.Aholisi 750 ming kishi (2000).Ptolemey asarlarida Kobur shaklida uchraydi.Yunon-Baqtriya podsholigi,Kushon podsholigi, keyinchalikEftaliylar davlati tarkibida boʻlgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach (VI asr), Kobulnibuddizmdinidagi mahalliyhokimlar (Kobulshoxlari) idora qilgan.VII asrdaarablar,IX asrdasafforiylar bosib olgan. KobulSomoniylar,Gʻaznaviylar,Temuriylar davlatlari tarkibiga kirgan.Shahar1221-yildaChingizxonqoʻshinlari tomonidan vayron qilindi.1504-yilBobur Kobulni oʻzi asos solgan davlatning poytaxtiga aylantirdi.1738-yilEron shohiNodirshoh Afshar egalladi. Kobul1747-yilDurroniylar davlati tarkibiga qoʻshib olindi. Temurshoh Durroniy davrida (177393) Kobul poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach (1818), KobulKobul amirligining markazi boʻlib qoldi.1825-yilda amirDoʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyinchalik Afgʻoniston davlatini vujudga kelishida muhim rol oʻynadi. Birinchi (1838-42) va ikkinchi (1878-80) Angliya-Afgʻonistonurushlari davrida shaharning koʻp qismi buzildi. Sobiq shoʻrolar qoʻshinining1979-yildekabrda Afgʻonistongatajovoʻz korona bostirib kirishi va1992-yilda boshlangan ichkifuqarolar urushi davrida Kobul jiddiy zarar koʻrdi. Shaharni19962002-yillarda mutaassib„Tolibon“ ichkimuxolifat kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli Kobulda yana vayronagarchiliklar boʻldi.

Kobul – mamlakatning siyosiy,iqtisodiy vamadaniy markazi.Avtomobil yoʻllari tuguni. Bagrom harbiyaerodromi, xalqaroaeroport bor. Avtomobil yoʻllari orqaliPokiston,Hindiston,Eron,Oʻzbekiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlangan. Afgʻonistonning eksport va import mollarining asosiy qismi Kobul orqali oʻtadi. Kobul va uning atrofidatoʻqimachilik (ipgazlama kombinati,jun vaipak gazlamalar,trikotajf-kalari),oziq-ovqat, harbiy,yogʻochsozlik, mashinalarnitaʼmirlash vametall buyumlar tayyorlashkorxonalari,gugurt,koʻn poyabzal,gilam toʻqish fabrikalari,lak-boʻyoq,chinni,qurilish materiallarizavodlari,issiqlik elektrstansiyasi, shahar yaqinidaGES bor. Maydahunarmandchilik korxonasi koʻp. Kobul – qorakoʻl teri bilan savdo qilinadigan markaz.

Kobulda Fanlar akademiyasi,Tarixjamiyati, bir nechaoliy oʻquv yurti, jumladan,universitet,bosmaxona,teatr, Kobul tarix-etnografiyamuzeyi,jamoatkutubxonasi ishlab turibdi. Kobul ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida koʻplab zamonaviybinolarqurilgan. Shaharning koʻhna qismi Kobul daryosiningjanubiysohilida.Meʼmoriyyodgorliklaridan Bolo-Hisor qalʼasi,Bogʻi Bobur, Temurshohmaqbarasi, Chihil Sutunbogʻi vasaroyi,Muhammad Nodirshoh maqbarasi (XX-asr) va boshqa saqlangan.[2]

Iqlimi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Kobulsubtropik iqlimga ega. Kobul iqlimining oʻziga xos xususiyati – yil davomida 10-15 ° C gacha boʻlgan juda kunlik harorat oʻzgarishidir. Kobulda qish nisbatan sovuq, kunduzi esa moʻtadil. Yoz issiq, lekin kechasi salqin. Eng yuqori harorat +40 °C (avgust), eng pasti esa −21 °C (yanvar va fevral) kuzatilgan.

Kobulga yiliga 323 mm yogʻingarchilik tushadi. Barcha yogʻinlar qish-bahorda boʻladi, yoz va kuzda yogʻingarchilik deyarli kuzatilmaydi. Qishda yogʻingarchilik odatda qor shaklida tez-tez tushadi.

Aholisi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Temurshoh poytaxtni Kobulga koʻchirishdan oldin bu shahar aholisitojiklardan iborat. Tojiklar ham Kobuliston aholisining asosiy qismini tashkil qilgan va bu hududning aborigenlari hisoblangan. Bundan tashqari, Kobulda Hindistondan koʻchib borgan koʻplab muhojirlar bor edi.XIX asr boshlarida ham Afgʻoniston poytaxti aholisining asosiy qismini tojiklar, qizilboshlar va qisman hazoralar tashkil etgan[3].

Shaharda turli xalqlar vakillari istiqomat qiladi va shaharning odamlarining milliy qiyofasi1980-yillarda shakllana boshlagan. Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, shaharda 3,5 million kishi istiqomat qiladi[4]. 2012-yil 3,289,000 kishini tashkil etgan. Shahar aholisining asosiy qisminidariy tilida soʻzlashuvchi tojiklar (45%),pushtunlar (25%),oʻzbeklar (4%) va shia hazoralarini (25%) tashkil etadi. Shuningdek, shaharda Hindistondan kelgan muhojirlar –sikxlar vahindularhind-aryan lahjalarida soʻzlashadilar[5][6].

Diniy jihatdan Kobul aholisini sunniymusulmonlar (75%), shialar 25% ga yaqinini tashkil qiladi. Kichik nasroniy va hindu jamoalari ham mavjud[7].

Iqtisodiyoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Kobuldagi savdo maydoni

Umar Zakhilval boshchiligidagi Moliya vazirligi iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish uchun mas’ul[8]. Kobul yangi va quruq mevalar, yongʻoqlar, afgʻon gilamlari, teri, kiyim-kechak, mebel va antiqa buyumlar bilan savdo qiladi. Iqtisodiy rivojlanishni qayta qurish doirasidaJahon banki Kobulga 25 000 000 dollar ajratgan. Loyiha 2011-yilda tugatiladi[9].Qo'shma Shtatlar ham shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun taxminan 9,1 milliard dollar ajratgan[10][11]. Shaharda bir qancha savdo markazlari ham qurilgan.

Kobulda yoʻl infratuzilmasi rivojlangan va koʻchalar xavfsizligi kuchaytirilgan.Transparency International xalqaro tashkilotiga koʻra, Kobul dunyodagi eng korruptsiyalashgan shaharlar roʻyxatidan uchinchi oʻrinni egallagan[12].

Shahar tumanlarining mutlaq koʻpchiligi loydan va toshdan qurilgan 1-2 qavatli uylardan iborat. Bunday uylarda koʻpincha elektr va suv tanqis. Ushbu binolarning asosiy muammosi shundaki, aholining tugʻilish darajasi va aholining viloyatlardan migratsiyasi tufayli tez oʻsishi fonida bu binolar aholining yuqori zichligini taʼminlay olmaydi. Yomon muhit tufayli shaharda yangi sarmoyaviy binolar juda kamdan-kam hollarda quriladi[13].

2005-yilda asli eronlik arxitektorHisham Ashkuri Kobulning tumanlaridan birini toʻliq rekonstruksiya qilish boʻyicha yirik loyihani taklif qilgan[14]. U mavjud binolarni butunlay buzib, ularning oʻrniga 5 qavatli binolarni qurishni taklif qilgan[15][16][17].Oʻrta sinf vakillari yashaydigan „Makrorayan“ deb nomlangan sovet uyi

Galereya

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „د اسلامي امارت په تشکیلاتو کې نوي کسان پر دندو وګومارل شول“. باختر خبری آژانس (2021-yil 4-oktyabr). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Yu. V. Gankovskiy, „Imperiya Durrani. Ocherki administrativnoy i voennoy sistemi“
  4. „The World Factbook“ (deadlink). Cia.gov. 2016-yil 9-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  5. Afghanistan Statistical Yearbook 2012/13 (Wayback Machine saytida 2013-12-28 sanasidaarxivlangan) (PDF), Central Statistics Office Afghanistan
  6. „Urban Development In Kabul: An Overview Of Challenges And Strategies“. 2012-yil 25-fevralda asl nusxadanarxivlangan. by Dr. Annette Ittig
  7. „2003 National Geographic Population Map“ (PDF). Thomas Gouttierre, Center For Afghanistan Studies,University of Nebraska at Omaha; Matthew S. Baker, Stratfor. National Geographic Society (2003-yil 1-noyabr). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyun.
  8. „Ministry of Finance“. Mof.gov.af. 2011-yil 26-aprelda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  9. „Projects : Kabul Urban Reconstruction Project | The World Bank“. Worldbank.org. 2014-yil 18-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  10. „DVIDS - News - US Forces - Afghanistan adjusts its $9.1 billion infrastructure program to meet Afghans' near-term needs“. Dvidshub.net. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  11. „Kabul's Tax Levies Raise Flags From U.S. Watchdog - WSJ“. online.wsj.com. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-oktyabr.
  12. Afghanistan Industrial Parks Development Authority…„Kabul (Bagrami)“. 2007-yil 5-iyunda asl nusxadanarxivlangan.
  13. 09.08.13. „Afghanistan's Million Dollar Minister“ (deadlink). The Daily Beast. 2014-yil 24-aprelda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  14. „Onyx Construction Company“ (deadlink). Onyx.af. 2012-yil 27-aprelda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  15. Muhammad Hassan Khetab: „20b contract signed to begin work on New Kabul City plan“. Pajhwok Afghan News - (2013-yil 4-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-sentyabr.
  16. „Welcome to our Official Website“ (deadlink). DCDA. 2013-yil 30-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  17. „Afghanistan: The Microrayons of Kabul“. 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kobul_(shahar)&oldid=5325708" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp