Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Klishe

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.

Klishe (frans. cliche) — illyustratsiya (rasm, reproduksiya, baʼzan matn) lardan matbaa usulida nusxa koʻchirish uchun moʻljallangan bosma forma (krlip); fotogʻrafik, kimyoviy, galvanotexnika yoki oʻymakorlik usullarida sirtiga boʻrtma (relyefli) tasvir tushirilgan metall (rux, jez, mis) plastinka. Baʼzan, yogʻoch, linoleum va plastmassadan ham tayyorlanadi. K.lar shtrixli, rastrli va kombi-natsiyalashgan boʻladi. Shtrixli K. tasvir elementlari (pero va boshqalarda chizilgan chizma, rasm) bir tekis tushirilgan originallardan nusxa koʻchirishda, rastrli (yarim tonli) K. esa elementlari turli tondagi tasvirlar (fotosurat, akvarel, moy-boʻyokli surat va boshqalar) dan nusxa koʻchirishda ishlatiladi. K. fotomexaniq (qarangAvtotipiya) yoki elektromexaniq usulda, fotopolimerizatsiya usulida tayyorlanadi. K. mayda kristalli rux, magniy, kamdan-kam mis va alyuminiydan tayyorlanadi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Klishe&oldid=4740247" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp