Kimyoviy birikma - bir yoki bir necha turli element atomlarining biron xil kimyoviy bogʻ yordamida birlashuvidan hosil boʻlgan kimyoviy modda. Bir xil kimyoviy elementdan tuzilgan oddiy moddalar (masalan, vodorod N2, kislorod O2,azot N2), turli xil kimyoviy elementlardan tuzilgan murakkab moddalar (masalan, suv N2O, ammiak NH3,sulfat kislota H2SO4, novshadil spirt NH4OH) лimyoviy birikmadir. Kimyoviy birikmaning muhim belgisi uning bir jinsliligidir. U ana shu belgisi bilan mexaniq aralashmalardan farq qiladi. Kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tekshirish kimyo fanining eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi[3].