Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kerala

Koordinatalari:10°0′0″N76°18′0″E / 10.00000°N 76.30000°E /10.00000; 76.30000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.
Kerala
Shtati

Kerala chekkasidagi uy qayig‘i
Kerala chekkasidagi uy qayig‘i

Gerb
Gerb
Shtat
Tarkibida14 ta tuman
Maʼmuriy markaziThiruvananthapuram
Rajendra ArlekarGubernator
Pinarayi VijayanBosh vazir
YAIM (2025–26)167,9 mlrd AQSh dollari (nominal)  (11-oʻrin)
Rasmiy tiliMalayalam, Ingliz tili
Aholi (2025)36 111 000 (13-oʻrin)
Zichligi890 kishi/km² kishi./km²
Maydoni38 863 km²km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Oʻrtacha balandligi
 Eng past joyi


 2 695 m (Anamudi)m
 900 mm
 −2,7 m (Kuttanad)m
Kengligi70 km
Uzunligi560 km
KodISO 3166-2IN-KL
Avtomobil raqami kodiKL
Rasmiy saytikerala.gov.in
Xaritada
Kerala xaritada
10°0′0″N76°18′0″E / 10.00000°N 76.30000°E /10.00000; 76.30000

Kerala (malayali tilida — kokos palmalari oʻlkasi) — Hindistonning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat.Arabiston dengizi sohilida. Mayd. 38,9 ming km2. Aholisi 31,8 mln. kishi (2001), asosan, malayali xalqi. Aholisining 60% hindu diniga eʼtiqol qiladi, qolganlari xristian va musulmonlar. Kerala — mamlakatda aholi eng zich shtat. Maʼmuriy markazi — Tiruvanantapuram (Trivandram) sh.

Kerala — yer yuzasining katta qismi pasttekislik, sharqida Kardamon va Anaymudi togʻlari (bal. 2698 m gacha) joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Yiliga 3000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Togʻ yon bagʻirlarida eben, tik, palisandr, poʻkak daraxti oʻrmonlari bor. Tekisliklarda deqqonchilik qilinadi.

Kerala — agrar shtat. Aholining 50% qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Ekishga yaroqli yerlar 2 mln. ga. 387 ming ga yerda sholi ekiladi. Butun mamlakatda yetishtiriladigan kokos yongʻogʻining 41% Keralada yetishtiriladi. Kerala Hindistonda yetishtiriladigan qora murchning 53%, kofening 27%, choyning 9%ni yetkazib beradi. Mamlakatdagi kokos palmasining 70%, kauchukli oʻsimlik plantatsiyalarining deyarli hammasi Keralada. Shtat mamlakatda ovlanadigan jami dengiz baligʻining 20—25% ni beradi. Marvarid olinadi. Kerala foydali qazilma va gidroenergiya resurelariga boy. Malabor sohilida monatsit, ilmenit, rutil, sirkon va boshqalar minerallarga boy monatsit qumining katta qatlamlari mavjud. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kokos tolasidan arqon, poyandoz va boshqalar buyumlar tayyorlanadi. Yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Alyuminiy eritish (Alvaye), kimyo (Kochin), sellyuloza (Kojikode), elektrotexnika (Kanannur), faner, avtomobil shinalari, rezina, keramika, ip gazlama, mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yogʻ zavodlari, ustaxonalar bor. Sanoat markazlari: Tiruvanantapuram, Alvaye, Kvilon, Kochin. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Yirik portlari: Kochin va Kojikode. Keshyu yongʻogʻi, choy, kofe, dorivor oʻsimliklar, limon oʻti moyi, dengiz mahsulotlari eksport qilinadi.

Kadimda Kerala oʻrnida Mera davlati boʻlgani mil. av. 3-asrga oid manbalarda aytilgan. Kerala hududita 1498 yilda portugallar, 1663 yilda gollandlar, 18-asr oʻrtalarida fransuz va inglizlar kelib oʻrnashgan. 1792 yilda Keralaning shim. qismi Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasiga qoʻshib olindi. Hindiston mustaqillikka erishgach, Tavanpur-Kochin shtati tuzildi. 1956 yilda uning asosida hozirgi Kerala shtati tashkil etildi[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 Hindiston shtatlari va hududlari
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kerala&oldid=5783389" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp