Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kefeli masjidi

Koordinatalari:41°1′46″N28°56′30″E / 41.02944°N 28.94167°E /41.02944; 28.94167
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kefeli masjidi
turkcha:Kefeli Câmîi
Kefeli masjidining janub tomondan koʻrinishi
Mamlakat Turkiya
IstanbulFotih tumani, Salmatomruk mahallasi, kasap Sokak hududida joylashganKariye masjidi va Fethiye masjidlari oʻrtasi
Koordinatalar41°1′46″N28°56′30″E / 41.02944°N 28.94167°E /41.02944; 28.94167
Yoʻnalishisunniy
Masjid turicherkov
Meʼmoriy uslubVizantiya meʼmorchiligi
Binokorlik sanasiXIII—XV asrlar
Minoralar soni1
Minoralar soni1
Qurilish materialigʻisht, tosh
Kefeli masjidiVikiomborda

Kefeli masjidi (turkcha:Kefeli Câmîi) – sobiq sharqiy pravoslavcherkovi boʻlib, keyinchalikRim katoliklari tomonidan boshqarilgan.Usmonlilar imperiyasi davridamasjidga aylantirilgan. Ushbu katolik cherkovi Aziz Nikolayga bagʻishlab bunyod etilgan.

Kefeli masjidiga qiziqishVizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan binoningbazilika shakli oʻzgartirilganidan keyin paydo boʻlgan[1].

Manzili

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Kefeli masjidiIstanbul shahri, Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi, kasap Sokak hududida joylashganKariye masjidi vaFethiye masjidlari oʻrtasida barpo etilgan.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Masjid 1877-yilgi rasmda

Konstantinopolning oltinchi tepaligi yonbagʻrida joylashgan ushbu binoning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Anʼanaga koʻra, IX asrda imperator Theophilos (hukmronlik davri: 829—842-yillar) davrida sarasenlarga (salib yurishlari davridaarablar yokimusulmonlar shunday atalgan) qarshi urushlarda general boʻlganManuel the Armenianmonastir qurdirgan[2]. Manuel imperator Theophilosning rafiqasi Theodoraning amakisi boʻlgan. U faoliyatini monastirda davom ettirishdan oldin, erining oʻlimidan keyin Theodoraning chaqaloq oʻgʻli Michael III ga mamlakatni vaqtinchalik boshqarish uchun yordam bergan uchta maslahatchilardan biri boʻlgan.

Manuel monastiri patriarxPhotius tomonidan qayta qurilgan. Keyinchalik yovuzRomanos I Lekapenos (hukmronlik davri: 920—944-yillar) tomonidan qayta tiklangan.

Kefeli Masjidining Manuel tomonidan asos solingan monastirga tegishli ekanligi aniq emas, shuningdek, soʻnggi tadqiqotlar ham ushbu maʼlumotni rad etadi[1].

Cherkovni masjidga aylantirish ishlari 1475-yilda,Konstantinopolning fathidan koʻp vaqt oʻtmay,Usmonlilar imperiyasiQrimningGenuya shahridagiFeodosiya koloniyasini bosib olganidan soʻng boshlangan. Kaffada istiqomat qiluvchi barchalotin,yunon vayahudiylar Istanbulga surgun qilingan. Lotinlar, asosangenuyaliklar vaarmanlar bilan birgalikda bu binodan cherkov sifatida foydalanishga ruxsat olganlar[1]. Keyinchalik, Aziz Nikolayga bagʻishlangan cherkov Dominikanlar tomonidan boshqarilgan[3]. Bu kichik cherkov shu yaqin oʻrtada joylashgan „Avliyo Maryam“ katolik cherkoviga bogʻliq boʻlib, keyinchalik ushbu cherkov „Odalar masjidi“ga aylantirilgan[3]. 1630-yildaMurod IV (hukmronlik davri: 1623—1640) davrida cherkovvazir Rajab posho tomonidanmescitga (kichik masjid) aylantirilgan, lekin avvalgi nomi saqlab qolingan, keyinchalik esa avvalKefe Mahalle, keyin esaKefeli Mescidi nomi bilan tanilgan. Buning evaziga esa armanlar Balatda joylashgan yunon cherkoviga ega boʻlishgan[3].

Arxitekturasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Minorali masjid apsidasining shimoldan koʻrinishi. Bu yerdan gʻisht va toshning muqobil yoʻnalishlari aniq koʻrinadi.

Bino uzunligi 22,6 metr va eni 7,22 metrdan[4] iborat boʻlib, qurilish rejasiga koʻra shimoldan janubga yoʻnaltirilgan katta zaldan iborat, bunday uslubKonstantinopoldagi Vizantiya cherkovlari orasida juda kam uchraydi. Bino devorigʻisht va toshlardan bunyod etilgan. Masjidning shimol tomonida gʻishtdan qurilganark va yarim doira shaklidagiapsida mavjud boʻlib, uning tashqi tomoni koʻpburchak shaklga ega. Asosiy yoʻlak devorlariga ikki qatorli derazalar tartibsiz koʻrinishda oʻrnatilgan. Masjidning janub devori ham ikki qatorli derazalarga ega. Pastki derazalar yuqori deralardan ancha katta. Masjidga kirish qismi gʻarbiy devorning oʻrtasida joylashgan. Binoning gʻarbiy tomonida tom qismi uchtaustunga tayangansardoba joylashgan[4].

Kefeli masjidining qurilgan sanasi maʼlum emas. Koʻpburchak apsida va apsidadagi boʻshliqlarPaleologlar poydevori cherkovlariga xos tarzda bunyod etilgan[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,11,21,3Mathews (1976), p. 190.
  2. Van Millingen (1912), p. 254.
  3. 3,03,13,2Müller-Wiener (1977), 166
  4. 4,04,1Van Millingen (1912), p. 258.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kefeli_masjidi&oldid=5392832" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp