Kawanishi 川西町 | |
---|---|
Shaharcha | |
![]() | |
38°0′16.2″N140°2′44.9″E / 38.004500°N 140.045806°E /38.004500; 140.045806 | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1955-yil 1-yanvar |
Maydon | 16,646 km2 (6,427 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil fevral) | 14 967 |
Kavanishi (yaponcha:川西町 Kavanishi-machi?, IPA:[kawa̠ɲiɕiꜜmatɕi])YaponiyaningYamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra, shaharchada 5052 xonadonda 14967 nafar aholi istiqomat qilgan[1],aholi zichligi 1 km² ga 90 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 166,46 kvadrat kilometr (64 mi²).
Kavanishi Yonezava havzasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar chegaralari boʻylab ikkita yirik daryo, Mogami va Omonogava daryolari oqib oʻtadi. Kavanishining soʻzma-soʻz tarjimasi „daryoning gʻarbi“ degan maʼnoni beradi, bu uning Mogami daryosining gʻarbiy qismida joylashganligini anglatadi. Bundan tashqari, shahar boʻylab ikkita kichik daryo — Inukava va Kurokava daryolari ham oqib oʻtadi.
Kavanishi nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifiCfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatilsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Kavanishida oʻrtacha yillik harorat 11,2 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1555 mm boʻlib, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,0 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,5 °C holat qayd etilgan[2].
Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kavanishi aholisi soni 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyondoimiy ravishda kamayib kelmoqda. Hozirgi aholi soni yuz yil avvalgi holatdan ancha kam.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 23,608 | — |
1930 | 25,581 | +8.4% |
1940 | 26,498 | +3.6% |
1950 | 30,645 | +15.7% |
1960 | 28,506 | −7.0% |
1970 | 23,769 | −16.6% |
1980 | 22,423 | −5.7% |
1990 | 21,548 | −3.9% |
2000 | 19,688 | −8.6% |
2010 | 17,313 | −12.1% |
2020 | 14,558 | −15.9% |
Hozirgi Kavanishi hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi edi. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasiningHigashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Oʻn toʻqqizinchi asrda yashagan ingliz sayyohi Isabella Bird shaharga tashrif buyurib, Yonezava havzasi hududini „Adan bogʻi“ deb taʼkidlaydi, bu yerni unumdor maydon va Osiyodagi Arkadiyadir deya tariflaydi[4]. Kavanishi shahri 1955-yil 1-yanvarda Meidzi davridagi Otsuka, Inukava, Komatsu va Chugun qishloqlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan boʻlib, hudud Higashiokitama tumani va Minamiokitama tumanidagi Tamaniva qishlogʻining bir qismiga aylantirildi. Higashiokitama tumanidagi Yoshijima qishlogʻi 1955-yil 1-fevralda shaharga qoʻshib olindi.
Suvning resurslarining yetarliligi tufayli shaharda dehqonchilik, asosanguruch yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. ShahardaMeiji davridan buyonmashhur Yonezava mol goʻshti ham ishlab chiqariladi.
Kavanishida oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek,Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi —Yonesaka liniyasi
Yamagata temir yo'li —Nagai guli liniyasi