Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Katalan tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Katalan tili
Milliy nomicatalà[kətə'la], valencià[vəlen'sja]
MamlakatlarIspaniya,Fransiya,Italiya,Andorra
Rasmiylik holatiAndorra,Kataloniya,Balear orollari,Valencialar mamlakati
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni9,9 mln. kishi;Kataloniya,Valencialar mamlakati,Balear orollari,Aragon,Mursia, Shimoliy Pireney, Algero shahri
Turkumlanishi
TurkumYevrosiyo tillari
Til oilasiHind-yevropa tillari
 Roman tillari
Alifbosilotin
Til kodlari
ISO 639-1ca
ISO 639-2cat
ISO 639-3cat

Katalan tili — roman tillarining iber-roman guruhiga mansub. Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear o.larida, Fransiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya orol (Italiya)ning Algero shahrida tarqalgan. Katalan tilida taxminan 8 mln.dan ziyod kishi gaplashadi (1992). Ispaniya (ispan tili bilan bir qatorda), Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari bilan bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy (barselon, balear, russimon, alger) va gʻarbiy (leridan, valensi) dialektlarga boʻlinadi. Fo-netikasida murakkab konsonantizm (undoshlar tizimi) hamda fonemalarning nutkda gʻoyat oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Mazkur tilning leksikasi va sintaksisiga ispan tilining taʼsiri katta boʻlgan. Katalan tiliga oid yozma yodgorliklar 11 —12-asrlarda paydo boʻlgan. 13-asr oʻrtalaridan adabiy Katalan tili shakllana boshlagan. hozirgi adabiy Katalan tili 19—20-asrlarda shakllangan. Uning asoschisi 19-asrda yashab oʻtgan atoqli yozuvchi J. Verdager. Yozuvi lotin alifbosi asosida.[1]

Katalancha (valensiyacha) tiliHindyevropa tillari oilasining roman guruhining okstian-roman ostguruhiga mansub hisoblanadi. Bu tildan tahmiman 11 mln. kishi gapiradi,Ispaniyaning kataloniya yerlarida (Kataloniya, Valensiya, Balear orollari),Fransiyada (Shimoliy Pirenei),Andorra vaItaliyada (Sardiniya orolidagi Algero shahri) bu til rivojlangan. Yuqorida sanab o'tilgan Ispaniya provinsiyalarida va Andorrada bu til rasmiy til hisoblanadi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. "Katalan tili"OʻzME.K-harfi (Wayback Machine saytida 2022-04-19 sanasidaarxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Katalan_tili&oldid=5497445" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp