Karromiylar —ilohiyot oqimi.9—13-asrlardaBagʻdod xalifaligining markaziy va sharqiyviloyatlarida tarqalgan. Asoschisi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806—869).Seyistondatugʻilgan,Nishopur,Balx,Marv,Hirot kabishaharlardataʼlim olgan. 5 y.Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom oʻzyurtiga qaytayotib,Quddusdaxonaqoh barpo qilgan. Seyiston vaXurosonda oʻz taʼlimotini targʻib qilgani uchunzindonga tashlanadi. Quddusda vafot etadi.
K. fikricha,xudo — butun borliqning birlamchiasosi, u muayyan jismga ega. Xudo — barchanarsalarning yaratuvchisi, ammo inson oʻzfaoliyatining natijalariga taʼsir koʻrsata oladi.Moʻʼtaziliylar kabi K. ham inson onggi mustaqil ravishda, yaʼnivahiy yordamisizyaxshilik va yomonlikni farq qilishga qodir, deb uqtirdi. Shuningdek,murjiʼiylar singari K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til bilan eʼtirof etsa kifoya, amal bilan tasdiqlashi shart emas, deb hisoblaydi. Yaʼni "la iloha illallohu Muhammadu rasululloh" kalimasini aytgan har bir inson — musulmondir. Ibn Karromning "Kitob assirr" va "Azob al-qabr" nomli (bizgacha yetib kelmagan)asarlari va "xudo jismga ega" degantushunchasi islomulamolarining keskintanqidi va taʼqibiga uchradi.Moʻgʻullar istilosidan soʻng K. barham topdi.[1]
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |