Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Karl Marx

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Karl Marks
Tavalludi5-may1818-yil
Vafoti14-mart1883-yil(1883-03-14)
(64 yoshda)
London,Buyuk Britaniya
FuqaroligiPrussiya qirolligi[1], fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Birlashgan Qirollik
OtasiHeinrich Marx[2][3]
OnasiHenriette Presburg[2]

Karl Marks (nemischa: Karl Marx; 1818-yil 5-may, Trir, Prussiya — 1883-yil 14-mart, London, Buyuk Britaniya) —nemisfaylasufi,tarixchisi,iqtisodchisi,sotsiologi,siyosiy jurnalisti va sotsialinqilobchisi. Uning gʻoyalari ommaviy fanlar yaratilishida va sotsialistik harakatning rivojlanishida muhim oʻringa ega boʻlgan. Marks falsafadadialektik vatarixiy materializm, iqtisotdaqoʻshimcha narx nazariyasi, siyosatdasinflar kurashi nazariyasining muallifidir. U hayoti davomida koʻplab asarlar yaratgan, ulardan eng taniqlilari —„Kommunistik partiya manifesti“ va„Kapital“.

Marks advokat oilasida tugʻildi. 1835—1841-yillarda Bonn va Berlin untlarining yuridik fakultetlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-yil „Reyn gazetasi“ (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-yil Parijga koʻchib keldi. Bu yerda Fridrix Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan „Muqaddas oila“ asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi.

Prussiya hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan „Nemis mafkurasi“ (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan.

Marksning „Falsafa qashshoqligi“ (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. „Kommunistlar uyushmasi“ xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan Marks va Engels bu tashkilotning dasturi — „Kommunistik partiya manifesti“ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848-yil inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati Marksni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. Marks Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Aprelda Marks va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda Marks „Yangi Reyn gazetasi“ga bosh muharrir boʻldi. 1849-yilning mayida Prussiya hukumati Marksni badargʻa qilib, gazetani yopdi. Marks 1849-yilning avgustida Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoliyatini davom ettirdi.

Marks 1-Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867-yil Marksning asosiy asari „Kapital“ (1-jildi) bosilib chiqdi; Marks uning keyingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2-jild, 1885; 3-jild, 1894). Bu asar Marksizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. Marksning boshqa asarlari: „Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri“ (1852), „Siyosiy iqtisod tanqidiga doir“ (1859), „Fransiyada fuqarolar urushi“ (1871), „Gota dasturini tanqid“ (1875)[4].

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Marx tugʻilgan uy

Yoshlik davri

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Karl Marks Trir shahridagi advokat Geynrix Marks (yahudi) oilasida 3-chi farzand boʻlib dunyoga keldi.Tugʻilgan uyi (hozirda muzey) Trir shahrining Bryukkergasse/Brückergasse, 669 manzilida joylashgan.1819-yilda Marksning oilasi Simyonshtrasse/Simeonstraße, 8 manziliga koʻchib oʻtadi.

1830-1835-yillar davomida Marks Trir shahridagi gimnaziyada tahsil oladi.

17 yoshida gimnaziyani tamomlab, avval Bonn Universitetida, soʻng Berlin Universitetida tahsil oladi. Universitetda yuridik fanlarini oʻrganadi, biroq keyinchalik tarix va falsafaga qiziqishi kuchayadi.

1836-yildaJenni fon Vestfalen (1814 —1881) bilan unashtiriladi.Keyinchalik unga uylanadi.

1841 — 1883

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1841yilda Universitetni tamomlagach, Marks Bonn shaxriga koʻchib oʻtadi.

1842—1843-yillarda Marks„Rheinisehe Zeitung“ gazetasida jurnalist va muhbir boʻlib ishlaydi.1843-yilda gazeta oʻz faoliyatini tamomlaydi, oqibatda Marks ham ishdan boʻshaydi.Shu yili u Jenni fon Vestfalen honimga uylanadi va yosh oila Parijga koʻchib oʻtadi.

Parijda uGeine vaEngels bilan tanishadi.Umrining ohirigacha shu insonlar bilan doʻst va hamkasaba boʻlib yashaydi.Marksning ishchilar sinfining sharoitiga eʼtibor qaratishiga ham Engels sababchi boʻlgan.

1849-yilda Marks Londonga koʻchib oʻtadi.1864-yilda Marks „Halqaro ishchilar assotsiatsiasini“ tashkil etdi.1867-yilda „Kapital“ ning 1chi tomi nashr qilinadi.Karl Marks 1883-yilda London shaxrida 64 yoshida vafot etgan.Londondagi Hengeyst mozoriga davn etilgan.

„Kapital“ning keyingi tomlari Engels tomonidan nashr qilinadi.

Ilmiy ishlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Bolalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Saitxodjayev H.B. Sotsiologiya: Maʼruzalar kursi. — Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008. — 169 b.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. — С. 532.
  2. 2,02,1 — С. 331.
  3. — С. 767.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiiqtibosdaKarl Marxga tegishli iqtiboslar mavjud.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Karl_Marx&oldid=5357768" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp