
Karam va kartoshkali qovurma (inglizcha:Bubble and squeak) — sabzavotlar qovurib tayyorlanadigan anʼanaviy ingliz taomi. Odatda, yakshanba kuni tushlik dasturxoniga tortiladi.
Taomning asosiy masalligʻi karam va kartoshkadir. Unga sabzi, noʻxat,Bryussel gulkarami yoki boshqa har qanday sabzavotni qoʻshish mumkin.
Tugʻralgan sabzavotlar (sovutilgan qiyma goʻshtini ham qoʻshsa boʻladi) tovada kartoshka pyuresi yoki tugʻralgan kartoshka bilan birga aralashtirib, tilla rangga kirgunicha qovuriladi.
Ingliz tilidan soʻzma-soʻz tarjima qilinganda taom nomi „pufak va chiyillash“ degan maʼnoni anglatadi. Bu nom qovurish paytida karamning turli tovushlarni chiqarishidan paydo boʻlgan[1]. Taom koʻpincha sovuq goʻsht (Yakshanba kuni qovurilgan), marinad yoki sous bilan yoki toʻliq Irlandiya nonushtasining bir qismi sifatida dasturxonga tortilgan.
Ilgari qovurmaga anʼanaviy ravishda goʻsht qoʻshilgan boʻlsa, bugungi kunda koʻpincha goʻshtsiz tayyorlanadi. Ushbu taomning eng qadimgi maʼlum retsepti 1806-yilda Mariya Eliza Kettleby Rundell[2] tomonidan yozilgan"Uyda pishirishning yangi tizimi" oshxona kitobida qayd etilgan.
Qovurilgan karam va kartoshka asosan Angliyada (Shotlandiya va Irlandiyada[3] shunga oʻxshash taomlar mavjud), baʼzi boshqa Hamdoʻstlik mamlakatlarida vaAQShda tayyorlanadi.
Karam va kartoshka qovurmasi Ikkinchijahon urushi davrida mashhur boʻlgan, chunki uni tayyorlash oson edi. Taom uchun har qanday mavjud sabzavotlar olinadi. Bu ayniqsa oziq-ovqat tanqisligi yillarida, meʼyor belgilanganida qoʻl kelgan edi.
Turli mamlakatlarda ingliz qovurmasiga oʻxshash taomlar mavjud: