Kapuns
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Kapuns (nemischa: capuns) —Shveytsariyaning Grabyunden kantonining anʼanaviy taomi boʻlib, asosan, gʻarbiy qismida tayyorlanadi[1].
Bir versiyaga koʻra, nomi romansh tilidagi chapun — xoʻrozcha soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, kapunsni, koʻpincha, xoʻrozcha goʻshtidan pishirishgan. Yozma manbalarda birinchi marta 1742-yilda tilga olingan[2].
Ichki masalligʻi ziravorlar[3] va quritilgan goʻsht boʻlaklari, masalan, mol goʻshti[4] yoki Zals (dudlangan kolbasa) qoʻshilgan xamirdan tayyorlanadi va doʻlma kabi mangold bargiga oʻraladi. Ular shoʻrva, sut va suvda qaynatiladi va qirilgan pishloq bilan dasturxonga tortiladi[5].