Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kapitel

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kapitel (lotincha capitellum — kallak) — kolonna, ustunning tepa bezatilgan qismi (qarangBosha). K.lar qad. meʼmorlikdagi order tizimida (qarangMeʼmorlik orderlari) takomillashtirilgan. U arxitrav (bosh ustun, hari)ni yoki ustiga qoʻyilgan yukni ushlab turadi. K. dastlab Sharqsa, keyinchalik Yevropa meʼmorligida keng qoʻllangan. Oʻrta Osiyo, Sharq, Kavkazda ham milliy naqsh va bezakli K.lar mahalliy meʼmorlikning oʻziga xos uslubida shakllangan. Oʻrta Osiyoda Kushon podsholigi meʼmorligida gandhara anʼanalari taʼsirida korinf orderi uslubidan foydalanilgan (mas, Termiz, Ayritom va Tuproqqalʼadan topilgan K.lar). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yevropa meʼmorligiga taqlidan Oʻzbekistonda bosh tarzini hashamatli, qator kolonnali K. (paxta, meva va b. bezaklar) bilan pardozlangan binolar qurish avj oldi [Beshyogʻoch maydonidagi turar joy binosi (meʼmori M. Bulatov, 1955), Chirchikdagi kimyogarlar (meʼmori A. Petrosov, 1956) va Bekoboddagi metallurglar (meʼmori A. Boboxonov, 1950-60) madaniyat saroylari va b.].3amonaviy binolar qurilishida K. ning oʻziga xos uslublari yaratilmoqda (metroning "Mustaqillik maydoni" bekati, Temuriylar tarixi davlati muzeyidagi K. bezaklari va b.).[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kapitel&oldid=5190654" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp