Kanishka I —Kushon podsholigining hukmdori (78—123). Uning davridamamlakat hududi hozirgiOʻrta Osiyoningjan. qismi,Afgʻoniston,Pokiston,Shim.Hindiston va keyinroqSharqiy Turkistonning bir qismini oʻz ichiga olgan. K.IQangʻ davlati bilan ittifoqda boʻlib Sharqiy TurkistondaXitoyga qarshi turgan. Xususan, K.Imil.90 yildaQashqarni 70 mingotliqqoʻshin bilanqamal qilgani maʼlum, biroq ozuqa zahiralarining yetishmasligi sababli qamalni boʻshatishga majbur boʻlgan. K.I davridasaltanat yuksak darajadataraqqiy etgan.Viloyatlarnipodshonoiblari —satrap (kshatrap)lar boshqargan. Bu davrda Shimoliy Hindiston va Oʻrta Osiyomadaniyati ravnaq topgan; Sharq mamlakatlari vaRim imperiyasi bilansavdo va madaniyaloqalar oʻrnatilgan.Pul islohoti oʻtkazilib,oltin,kumush vamistangalar zarb qilingan. K.I davrida Kushon-Baqtriya tilidavlat tili sifatida qabul qilingan.Kashmirda 4-buddasobori (yigʻini) chaqirilgan. Bu yigʻindabuddizmning yangimazhabi —mahayana rasmiylashtirilgan.Buddaibodatxonalariqurilgan, shuningdek,otashparastlik,hinduizm,aqidaparastlik va b.diniy eʼtiqodlar tarqalgan. Uning davridayunon,eron vahind madaniyati va dini bir-biri bilan aralashib ketgan. Oʻzi ham buddizm eʼtiqodini qabul qilgan va uningaholi oʻrtasida keng tarqalishigahomiylik qilgan. Oʻz davlatipoytaxtini Purushapur (hoz.Peshovar) ga koʻchirgan. K.I Kashmirda Kanishkapur sh.ni bunyod etgani haqida maʼlumotlar bor.
- Bongard-Levin T.M., Ilin T.F., Drevnyaya Indiya, M., 1969; Gʻiyosov T.Gʻ., Qadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.[1]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil