Kampala –Uganda poytaxti.Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi.Viktoriya koʻlining shimoliy sohillari yaqinida 1300 m gacha boʻlgan balandlikda joylashgan. Aholisi 902,9 ming kishi (2000). iqlimi ekvatorial mussonli iqlim,yanvarning oʻr-tacha tempaturasi 22°,iyulniki 20°. Yiliga oʻrtacha 1500 mmyogʻin tushadi.
Kampala-mamlakatning muhimsiyosiy,madaniy,moliya, savdo-sanoat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni.Temir yoʻl orqaliHind okeani sohilidagi Mombasa (Keniya) porti bilan bogʻlangan. Shahardan 35 km janubida xalqaro aeroport joylashgan.Oziq-ovqat,kimyo,farmatsevtika, koʻn poyabzal sanoati rivojlangan. Metallsozlik,yogʻochsozlik,toʻqimachilik sanoati korxonalari,avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shaharga 1890-yildainglizlar tomonidan qalʼa sifatida asos solingan. KampalaBugandaning savdo markazi sifatida rivojlandi. 1962-yildan mustaqilUganda poytaxti. Shahar tepaliklarda joylashganligi sababli yagona reja asosida qurilmagan.
Kampalada Makerere universiteti (1922; 1970-yildanUganda milliy universiteti), nafis sanʼat maktabi,tibbiyot bilim yurti, pedagogika va texnika kollejlari,Uganda ilmiy jamiyati,Ugandamuzeyi, badiiy galereya bor.[1]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil