Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kalmarlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.
4 - qanotlari, 5 - qo'l, 6 - bosh

Kalmarlar(lot.Teuthida) — oʻn oyoqli boshoyoqlimollyuskalarning kenja turkumi. Tanasining uz. 0,25—0,5 m. Baʼzi turlarining uzunligi paypaslagichi bilan 18 m ga yetadi. Tanasi choʻziq, keyingi tomoni uchli, torpedasimon, bu esa suvda ham, havoda ham katta tezlikda harakatlanishga (suvdan 7 m balandga sakray oladi) imkon beradi. Tanasining keyingi qismida 2 ta katta suzgichi bor. Boshi tanasidan yaqqol ajralib turadi, koʻzlari katta. 10 ta "qoʻli" bor. Ulardan 2 tasi "ov qoʻllari" oʻlja tutayotganda uzayadi va suzayotganda qisqaradi. Chigʻanogʻi rudiment, yupqa plastinkadan iborat boʻlib, mantiya ostiga yashiringan. Siyohxaltasi bor. K. rangi har xil: suvning chuqur qismida yashovchi turlarining rangi tiniq, nur sochuvchi organi bor. 300 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, iliq, suvli dengizlarda yashaydi. Uzoq Sharqda 30 ga yaqin turi bor. K. suv qatlamida yashab, baliqlar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Goʻshti yeyiladi Ovlanadi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(avgust 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kalmarlar&oldid=4737842" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp