Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Kadmiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kádmiy / Cadmium (Cd)
Atom raqami48
KoʻrinishiHavo rangli, yumshoqmetall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
112,411m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi154pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
867,2 (8,99)kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi[Kr] 4d10 5s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi148pm
Ion radiusi(+2e) 97pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,69
Elektrod potensiali0
Oksidlanish darajasi2
Termodinamik xossalari
Zichlik8,65g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi0,232J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik96,9Vt/(m·K)
Erish harorati594,1K
Erish issiqligi6,11kJ/mol
Qaynash harorati1 038K
Qaynash issiqligi59,1kJ/mol
Molyar hajm13,1sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishigeksagonal
Panjara davri2,980Å
Panjara/atom nisbati1,886
Debye harorati120,00K
48
Kadmiy
Cd
112,414
4d105s2

Kadmiy (lotincha: Cadmium), Cd –Mendeleyev davriy sistemasining 2-guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd (1,22%), l (l8Cd(0,88%), n0Cd (12,39%), mCd (12,75%), ll2Cd (24,07%), mCd (12,26%), ll4Cd (28,85%) va n6Cd (7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.

Kadmiyni 1817-yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlabrux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasiningyunoncha nomi („Kadmeia“) bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy – siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasizhayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy – kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320,9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy HCl, H2SO4 da, ayniqsa, HNO3, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi[1].

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Fedorov Kadmiy Kadmiy, Ximiya i texnologiya malix metallov. Vismut i kadmiy, Kadmiy, 1986.

Kadmiy –unsurlar davriy jadvalining 48 unsuri,metall.

 12              3456789101112131415161718
1H He
2LiBe BCNOFNe
3NaMg AlSiPSClAr
4KCa ScTiVCrMnFeCoNiCuZnGaGeAsSeBrKr
5RbSr YZrNbMoTcRuRhPdAgCdInSnSbTeIXe
6CsBaLaCePrNdPmSmEuGdTbDyHoErTmYbLuHfTaWReOsIrPtAuHgTlPbBiPoAtRn
7FrRaAcThPaUNpPuAmCmBkCfEsFmMdNoLrRfDbSgBhHsMtDsRgCnNhFlMcLvTsOg
8UueUbnUbuUbbUbtUbqUbpUbhUbs 
Ishqoriy metallarIshqoriy yer metallarLantanoidlarAktinoidlarSuperaktinoidlarOʻtish metallarYengil metallarYarim metallarQolganmetallmaslarGalogenlarInert gazlarXossalari nomaʼlum

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


KimyoKimyoga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kadmiy&oldid=5229203" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp