![]() Morrell 2019-yilda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Joseff John Morrell[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-yanvar1997-yil (1997-01-03) (28 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Ipswich,Angliya | ||
Boʻyi | 1.85 m[3] | ||
Ampluasi | markaziy yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Portsmouth | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
0000—2013 | Bristol City | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2020 | Bristol City | 1 | (0) |
2016 | →Sutton United (ijara) | 3 | (0) |
2017 | →Margate (ijara) | 2 | (0) |
2017—2018 | →Cheltenham Town (ijara) | 38 | (3) |
2019—2020 | →Lincoln City (ijara) | 29 | (0) |
2020—2021 | Luton Town | 10 | (0) |
2021 | Portsmouth | 43 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2013—2014 | Uelsning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (1) |
2014—2015 | Uelsning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (0) |
2017—2018 | Uelsning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (1) |
2019 | Uels milliy futbol terma jamoasi | 30 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 29-oktyabr uchun) |
Joseff John Morrell (talaffuzi: Jozef Jon Morrell) (1997-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — uelslik professionalfutbolchi. Joseff Morrell „Portsmouth“ futbol klubi vaUels milliy futbol terma jamoasidamarkaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Morrell oʻz faoliyatini Thornburydagi „The Castle“ maktabida oʻqiyotgan paytda „Bristol City“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan va 2012-yilning dekabr oyida„Liverpool“ futbol klubiga oʻtish taklifini rad etganidan soʻng „Bristol City“ futbo klubi bilan professional shartnoma imzolagan[4][5]. Joseff Morrell klub sagfidagi ilk oʻyinini 2013-yil 8-oktabrda „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi (2:1 hisobida magʻlubiyat) uchrashuvda oʻtkazgan[6].
2016-yil avgust oyida Joseff Morrell Milliy Liga vakili „Sutton United“ futbol klubi safiga dastlab bir oylik ijaraga oʻtishi eʼlon qilindi[7]. Joseff Morrell 2016-yil 13-avgust kuni Sincil Bankda „Lincoln City“ futbol klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 61 daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[8]. Jurnalistlardan biri Morrellni „umumiy raqobatbardosh debyut oʻyinchi“ deb taʼrifladi[9]. U 2016-yil sentyabr oyi boshida asosiy klub safiga qaytishdan oldin „ Torquay United“ va „Maclesfield Town“ futbol klublariga qarshi gʻalabali oʻyinlarda maydonga tushdi.
2017-yilning 24-fevralida Joseff Morrell„Margate“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Joseff Morrell klub safida „Whitehawk“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida magʻlubiyat) ilk oʻyinini oʻtkazdi[10].
2017-yilning 30-avgustida Morrell 2018-yilning yanvarigacha ijara asosida „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[11]. Uning klubdagi birinchi goli „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:0 hisobida gʻalaba) kiritildi[12].
2019-yilning 27-iyunida Morrell 2020-yilning mayigacha „ Lincoln City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[13]. U oʻzining birinchi golini 2020-yil 14-yanvarda „Bolton Wanderers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) urdi, ammo keyinchalik bu gol Josh Emmanuelning avtogoliga aylandi[14].
2020-yil 7-mart kuni Morrell klub uchun oxirgi oʻyinini „Burton Albion“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi, chunki mavsumCOVID-19 pandemiyasi tufayli erta bekor qilingan edi[15].
2020-yil iyun oyida Morrell „Lincoln City“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[16].
2019-yilning noyabrida Joseff Morrell „Bristol City“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi[17].
2020-yil 15-oktyabrda Joseff Morrell nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi[18].
2021-yil 9-avgustda Morrell „Portsmouth“ futbol klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga 3 yillik shartnoma bilan (12 oylik uzaytirish bandi ham mavjud) qoʻshildi[19].
Klub | Mavsum | Boʻlim | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
Bristol City | 2013—2014 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 |
2014—2015 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
2015—2016 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
2016—2017 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
2017—2018 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2018—2019 | Chempionat | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | ||
2019—2020 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 1 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | ||
Sutton United (ijara) | 2016—2017 | Milliy liga | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | |
Margate (ijara) | 2016—2017 | Milliy liga | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Cheltenham Town (ijara) | 2017—2018 | Ikkinchi liga | 38 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 39 | 3 |
Lincoln City (ijara) | 2019—2020 | Birinchi liga | 29 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 32 | 0 |
Luton Town | 2020—2021 | Chempionat | 10 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | |
Portsmouth | 2021—2022 | Birinchi liga | 36 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 39 | 0 |
2022—2023 | Birinchi liga | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 10 | 0 | |
Jami | 43 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 49 | 0 | ||
Jami | 126 | 3 | 6 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 142 | 3 |