Jinssiz koʻpayish -organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli. Jinssiz koʻpayish ayniqsabir hujayrali organizmlar orasida koʻp uchraydi, ammo koʻpchilik koʻp hujayralilar:zamburugʻlar,oʻsimliklar vahayvonlar ham jinsiy koʻpayish xususiyatiga ega. Jinssiz koʻpayish faqat toʻgarakchuvalchanglar vamollyuskalarda uchramaydi,boʻgʻimoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. Jinssiz koʻpayish ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, koʻpayish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda —sporalar,gʻovaktanlilarda —gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir boʻlishi mumkin.Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar jinssiz koʻpayish agam sitogoniya, yaʼni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va koʻp marta (shizogoniya) boʻlinishi (bir hujayralilarda) va ayrimhujayralarsporalarning boʻlinishi (koʻp hujayrali oʻsimliklarda) tarzida sodir boʻlishini koʻrsatishadi. Ona organizmdan uning bir kiyem hujayralari ajralishi orqali koʻpayishvegetativ koʻpayish deyiladi. Odatda, bir turning oʻzida jinssiz koʻpayish bilan birga jinsiy koʻpayish ham boʻladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda jinssiz koʻpayish mumkin. Masalan, oʻsimliklar spora hosil qilish,novdasi,ildizmevasi,tuganagi orqali; gʻovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar,statoblastlar) orqali koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishjinsiy koʻpayish bilan gallanib turishi mumkin (qarangNasl gallanishi).[1]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil