Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Jean-Alain Boumsong

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jean-Alain Boumsong
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJean-Alain Boumsong Somkong
Tavallud sanasi14-dekabr1979-yil (1979-12-14) (45 yosh)
Tavallud joyiDouala, Kamerun
Boʻyi1.91 m
AmpluasiHimoyachi
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1997—2000Le Havre42(1)
2000—2004Auxerre131(3)
2004—2005Rangers18(2)
2005—2006Newcastle United47(0)
2006—2008Juventus33(2)
2008—2010Lyon59(2)
2010—2013Panathinaikos52(5)
Milliy terma jamoa
2003—2009Fransiya27(1)
Boshqargan klublari
2018—2019Kamerun (Yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jan-Alain Boumsong Somkong (talaffuzi: Jan Alen Bumsong) (1979-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — fransiyalik sobiq professional futbolchi,himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

BoumsongKamerunningDuala shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini AJ Auxerrega qoʻshilishdan oldin Fransiyaning Le Gavr jamoasida boshlagan. U 2003-yil Fransiya kubogi finalidaParij Sen-Jermenga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida Oserning 2:1 hisobidagi gʻalaba golini kiritgan.

Rangers

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Boumsong 2004-yilda „Rangers“ga oʻtgan va besh yillik shartnoma imzolagan[1][2].

Boumsong Shotlandiya oʻyiniga tezda moslashgan vamarkaziy himoyachi sifatida oʻz mahoratini namoyish etgan, 2004/05-yilgi mavsumning yarmida"Newcastle" yangi bosh murabbiyi Grem Souness futbolchi uchun 8 million funt sterling taklif qilgan, Rangers esa 2005-yil yanvarida transfer oynasi ochilgandan soʻng futbolchini sotib yuborgan.

Newcastle

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Boumsong jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[3].

8 million funt sterlinglik transfer bahosi koʻpchilikni hayratda qoldirgan[4], chunki futbolchi bir necha oy oldin „Rangers“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan edi.

Uning „Nyukasl“dagi mavsumi unchalik yaxshi qabul qilinmagan. Boumsongning himoya qobiliyatidagi pasayish tufayli koʻpincha gol oʻtkazib yuborishda aybdor hisoblangan.

Juventus

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2006-yil 22-avgustda Boumsong 3,3 million funt sterling evaziga„Juventus“ jamosiga qoʻshilgan. 2006-yil sentyabr oyida Boumsong oʻzining „Juventus“ tarkibidagi birinchi golini „Krotone“ga qarshi oʻyinda kiritgan va „Juventus“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Qolgan ikkita golga Valeriy Bojinov mualliflik qilgan.Boumsongning „Juventus“ bilan soʻnggi oʻyini 2008-yil 23-yanvarda „Internasionale“ga qarshi Italiya kubogi doirasida boʻlib oʻtgan.

Lyon

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2008-yil 24-yanvarda Boumsong uch yarim yillik shartnoma asosida Fransiyaning „Olimpique Lyonnais“ klubiga oʻtdi[5][6].

U klubdagi debyutini 2008-yil 8-fevralda „Stad de Gerland“da „Sochaux“ga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan.

Panathinaikos

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2010-yil 30-iyulda Boumsong „Olimpique Lyonnasi“dan Gretsiya Superliga chempioni „Panathinaikos“ klubiga oʻtgan. U Gretsiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 1,9 million yevro maosh olishini kelishib olgan[7].

2012-yilda Boumsong klub bilan yana ikki yillik shartnoma imzolagan va „Panathinaikos“dagi faoliyatini 2014-yilgacha uzaytirgan[8]. Yozda Boumsong 2012/13-yilgi mavsum uchun klub vitse-sardori deb eʼlon qilingan. U2012/13-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida Motherwellga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritgan[9].

Xalqaro faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

BoumsongFransiya terma jamoasidagi debyutini 2003-yilning 20-iyunidaYaponiyaga qarshi oʻtkazgan.

U2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻzini milliy terma jamoada muntazam boshlangʻich oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2006-yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan, ammoLilian Thuramning safga qaytishi sababli musobaqa davomida maydonga tushmagan.

Boumsong Yevro-2008da atigi bitta oʻyinda maydonga tushgan, oʻshanda Fransiya va Italiya terma jamoalari oʻrtasidagi guruh oʻyinida Samir Nasrini oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan. Nasrining oʻzi atigi 16 daqiqa oldin jarohatlanganFranck Riberyning oʻrniga maydonga tushgan edi, ammo markaziy himoyachi Erik Abidal maydondan chetlatilgach, fransiyalik murabbiy Raymon Domenek himoyachi Bumson uchun yarim himoyachi Nasrini maydondan olgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]
KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Le Havre1997—1998Liga 110--10
1998—1999Liga 11812020--221
1999—2000Liga 123010--240
Jami421203000-471
Auxerre2000—2001Liga 13202020-360
2001—2002Liga 134120--361
2002—2003Liga 1331111060-412
2003—2004Liga 13212010-351
Jami1313117090-1484
Rangers2004—2005Shotlandiya Premyer Ligasi18260-242
Newcastle United2004—2005Premyer League14010---150
2005—2006Premyer League33010---340
Jami47020---490
Juventus2006—2007Seriya B332----332
2007—2008Seriya A0031---31
Jami33231---363
Lyon2007—2008Liga 180400010-130
2008—2009Liga 1321310080-432
2009—2010Liga 1191212060-292
Jami5929220150-854
Panathinaikos2010—2011Grtesiya Super Ligasi21110-5040311
2011—2012Grtesiya Super Ligasi173--4260275
2012—2013Grtesiya Super Ligasi14110-4010201
Jami52520-132110787
Karyerada jami3821519412043211046721

Xalqaro maydondagi gollari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Jean-Alain Boumsong tomonidan kiritilgan gol
#SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
12003-yil 11-oktyabrStad de Frans,Sen-Deni Isroil3-03-0Yevro-2004 saralashi

Yutuqlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Auxerre

  • Fransiya kubogi : 2002—2003

Rangers

  • Shotlandiya Premer-ligasi : 2004—2005

Juventus

  • B seriya : 2006—2007

Lyon

  • Liga 1: 2007—2008
  • Fransiya kubogi: 2007—2008

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Rangers sign Boumsong on a free contract“.The Irish Times (14-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  2. „Rangers seal Boumsong deal“.BBC Sport (14-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  3. Walker, Michael. „Newcastle pay £8m for Boumsong“.The Guardian (1-yanvar 2005-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  4. Walker, Michael. „Football: Newcastle relaxed about police raids | Football“.The Guardian (17-iyul 2007-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  5. „Soccer-Roundup 3-Boumsong leaves Juventus for Lyon | Reuters“. Uk.reuters.com (26-yanvar 2008-yil). 2009-yil 11-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  6. „Juventus – Boumsong: I Love Juve & Am Sad To Leave“. Goal.com. Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  7. UEFA.com. „Boumsong follows Govou to Panathinaikos“. UEFA.com (30-iyul 2010-yil).
  8. „Jean-Alain Boumsong extends Panathinaikos contract“. Inside Futbol (11-iyul 2012-yil).
  9. „Motherwell-Panathinaikos 2013 History | UEFA Champions League“.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Jean-Alain_Boumsong&oldid=5250346" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp