| Javohir Sindarov | |
Javohir Sindarov 2024-yilgi shaxmat olimpiadasida (portret) | |
| Tugʻilgan sanasi: | 8-dekabr2005-yil (2005-12-08) (20 yosh) |
| Tugʻilgan joyi: | Toshkent,Oʻzbekiston[1] |
| Unvoni: | Grossmeyster (2019-yil) |
| Maksimal reytingi: | 2722 (iyul, 2025-yil) |
| Hozirgi reytingi : | 2721 (noyabr, 2025-yil) |
| Mukofotlari: | |
Javohir Sindarov (Sindorov Javohir;2005-yil8-dekabr,Toshkent,Oʻzbekistonda tugʻilgan)[2][3] –oʻzbekistonlikshaxmatchi.Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). Oʻzbekiston chempioni (2019-yil).HindistonningChennay shahrida oʻtkazilgan44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi.Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni[4],Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[5].
UShaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogida g‘olib chiqdi va2026-yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi[6].
Javohir 2017-yilning oktyabr oyidaxalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi[7]. U 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniriAlekhine Memorialida oʻzining dastlabkigrossmeyster (GM) darajasiga erishgan[2]. Sportchi oʻsha yilningsentabr oyida oʻtkazilganshaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.
2018-yil oktyabr oyida u 1992-yildan beri har oyVengriya poytaxiBudapesht shahrida oʻtkaziluvchiFirst Saturday turnirida uchinchi GM normasini qoʻlga kiritdi va oʻsha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi (12 yosh 10 oy-u 5 kunlik)[2][3]. Sportchiga ushbu unvonFIDE tomonidan2019-yilningmart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yildaShaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan[8].
Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotganAlireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanadaKacper Piorun tomonidan nokautga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi[9][10].
| Yil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Oʻrin |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 2016 | Pardubice | CZECH OPEN 2016 – A – GM open | 2 | 0 | 7 | 5½ / 9 | [11] |
| 2017 | Toshkent | 11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A) | 6 | 0 | 3 | 6 / 9 | [12] |
| Toshkent | Zone 3.4 Men Championship 2017 | 5 | 2 | 2 | 6 / 9 | [13] | |
| 2018 | Voronej | Alekhine Memorial | 5 | 1 | 3 | 6½ / 9 | [14] |
| Kocaeli | FIDE World Junior Chess Championships 2018 – Open | 6 | 3 | 2 | 7 / 11 | [15] | |
| Budapesht | First Saturday GM October 2018 | 6 | 1 | 2 | 7 / 9 | [16] | |
| 2025 | Goa | Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi | ? | ? | ? | ? / ? |