Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Javohir Siddiqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Sidiqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJavohir Alisherovich Sidiqov
Tavallud sanasi8-dekabr1996-yil (1996-12-08) (28 yosh)
Tavallud joyiToshkent,Oʻzbekiston
Boʻyi164 cm (5 ft4 12 in)
AmpluasiYarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Paxtakor
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015—2016Paxtakor2(-)
2016—2020Qoʻqon 191269(11)
2019—2020 Paxtakor21(4)
2021Lokomotiv19(0)
2022—2023Qoʻqon 191221(4)
2023 Nasaf21(1)
2024—Nasaf19(3)
Milliy terma jamoa
2013Oʻzbekiston U-174(-)
2014—2015Oʻzbekiston U-206(0)
2017—2019Oʻzbekiston U-2320(4)
2018—Oʻzbekiston13(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 1-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 1-iyun uchun)

Javohir Alisherovich Siddiqov (ruscha:Сидиков, Джавохир Алишерович,1996-yil8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professionalfutbolchi,Qarshining „Nasaf“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi[1].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Toshkentning„Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi[2]. Javohir ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda„Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Qoʻqon 1912 klubi tarkibiga oʻtgan va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan[3]. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2023-yildan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014—2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yil Oʻzbekiston U-23 (Olimpiya) terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlaridan ishtirok etgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan.

Siddiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan va turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazgan.Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan[5].
SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa
1.2019-yil 13-yanvarAl Rashid stadioni,Dubay,Birlashgan Arab Amirliklari Turkmaniston1-04-0AFC Osiyo kubogi 2019

Yutuqlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni(4): 2015, 2019, 2020, 2024
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi:(2) 2023, 2024

Terma jamoa

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni: 2018-yil

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Javohir Siddiqov Soccerway saytida
  2. „Архив суратлари тилга кирганда, кўзгуда Жавоҳир Сиддиқов“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. „Жавоҳир Сидиқов "Қўқон-1912"да“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  4. „Жавоҳир Сидиқов - "Локомотив" футболчиси“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  5. „Javohir Siddiqov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Nasaf (futbol klubi) – hozirgi tarkib
Oʻzbekiston tarkibi
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Javohir_Siddiqov&oldid=5286400" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp