Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Java

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:Java (maʼnolari).

Java qati’y va statik tipizatsiyaga ega boʻlgan vaobyektga yoʻnaltirilgan umumiy maqsaddagidasturlash tilidir. AvvaligaSun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalikOraclekompaniyasi tarafidan sotib olingan.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Javadasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼnioperatsion sistemaga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlariC++ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi va uniWWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.

Tilning asosiy xususiyatlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Javaobyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (inglizcha:OOP — Object Oriented Programming) tili va uC++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildiganxatolarga sabab boʻluvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.

Java kod yozilganfayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (inglizcha:bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kodJava Virtual Mashinasi JVM tomonidan oʻqib yurgizdiriladi.

Java afzalliklari:

  • WORA — (inglizcha:Write Once, Run Anywhere - portable). Platforma tanlamaydi;
  • xavfsizlik (ishonch yoʻq kodni xavfsiz ishga tushirish);
  • xotirani xavfsiz boshqarish (avtomat ravishda chiqindilarni yigʻadi);
  • tarmoq uchun dasturlar yozish ;
  • koʻp oqimli (inglizcha:Multi-thread) dasturlash;
  • dinamik & kengaytirish;
  • Class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak boʻlsa ishlatiladi. Dinamik ravishda imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak boʻlsa.

Java texnologiyalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Java SE (inglizcha:Java Standart Edition) —serverda,shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Butexnologiya yordamida yaratilgandasturlar deyarli barchaoperatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT,Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
JVM (Java Virtual mashinasi)JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan*.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi vaJVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa,kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi.JVM ni ko’pgina qurilmalar va dasturiy ta’minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM JRE vaJDK lar konfiguratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog’liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari

  • Loads code (kod yuklanishi)
  • Verifies code (kod tekshirilishi)
  • Executes code (kod bajarilishi)
  • Provides runtime environment (dasturni bajarilish muhitini ta’minlash)
  • JRE (Java bajarilish muhiti)
  • JRE – Java Runtime Environment
  • JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir.
  • JDK(Java Development Kid) - JDK tarkibida JRE va boshqa qo'shimcha dasturlash uskunalari bo'ladi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]


KompyuterKompyuterlarga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Java&oldid=5814379" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp