Janubiy-Sarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi[1](ASEAN/ˈɑːsi.ɑːn/AH-see-ahn,[2]/ˈɑːzi.ɑːn/AH-zee-ahn) – Ushbu jamlanmaOsiyo qitʻasinig janubiy-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi.[3][4] Avvaliga ushbu kelishuv1967-yilning8-avgustidaIndoneziya,Malayziya,Fillipin,Singapur vaTayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan.[5] Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga etgan va tashkilot ichida endiBruney,Myanma,Kambodja,Laos vaVyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda.[6]Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hududYer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida vaYer aholisining 8,8%-iga tengdir.2012-yilda mamlakalarning erkin nominalYIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan.[7] Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi.
1960-yillarda[9] roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan.19841-yanvaridaBruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng1984-yilning8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilibBruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan.[10]
1995-yilning28-iyulidaVyetnam yettinchi aʻzo sifatida[11] va keyinchalik ikki yildan soʻng1997-yilning23-iyulidaLaos hamdaMyanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan.[12]KambodjaLaos vaMyanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib1999-yilning30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan.[12][13]1990-yillarda kelajakdagi birlashish tufayli jamlanmada kengayish kuzatilgan.1990-yildaMalayziya vakillariSharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan[14] va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatidaXitoy,Yaponiya vaJanubiy Koreyakabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikdaAQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelariniOsiya hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan.[15][16] Lekin bu rejaAQSh vaYaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan.[15][17] Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan.1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan.1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻngMalayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi,Yaponiya vaJanubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan.[18]Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan.1995-yilning15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy –Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv1997-yilning28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv2001-yilning21-iyunidaFillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan.[19]
Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi2011-yilning martidaJakartada oʻtkazilgan sammitidaSharqiy Timor tashkilotga aʻzo boʻlish istagini bildirgan. Bunga javobanIndoneziya ushbu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan.[20][21][22]Папуа-Новая Гвинея1976-yilda kuzatuvchilik mavqeiga, keyinchalik1981-yilda maxsus kuzatuvchi sifatida tashkilot sammitlarida ishtirok etishni boshlagan.[23] JShOMA ushbu mamlakat bilan1976-yilBali shahrida oʻtkazilgan sammit ortidan iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu holat80-yillarning oʻrtalarida toʻlaqonli amalga oshirilib, keyinchalik1991-yildaTayland rezolyutsiyasi ortidan erkin savdo hududida oʻz mavqeini yanada oshirgan.
21-asrga kelib koʻpgina mamlakatlar va yirik tashkilotlar atrof-muhit holatini tiklash va yaxshilash kabi savollarni hal qilish tarzini oldiga maqsad qilib qoʻyishmoqda. Jumladan JShOMA tashkiloti endilikdatabiatni saqlash kabi yangi tartibdagi tizimlarni oʻzining regional hududida qabul qilmoqda. Tashkiliot vakillari avvaliga2002-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda tutunli ifloslanishni nazorat qilish maqsadida JShOMA transhududida tutunli ifloslanishga qarshi kelishuvni imzolashgan.[24] Afsuski bu imzolangan kelishuv2005-06-yillardaMalayziya tomonidan ifloslangan havo oqimi tufayli oʻz qadrini yoʻqotgan. Shuningdek tashkilot ekologik muamolarni oʻz ichiga oladigan bir necha kelishuvlarni qabul qilib, shulardan: Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik deklaratsiyasi,[25]2005-yilda АСЕАН Wildlife Enforcement tarmogʻi regionda joriy qilinishi[26] va Osiyo-Tinch okeanining iqlim va muhitni asrash kabi masalalarda hamkorlikning imzolanishi iqlimning oʻzgarishi sababli qabul qilingan.2003-yildaBali shahrida oʻtkazilgan JShOMA sammitida aʻzo mamlakatlar vakillari birdamlikda demokratik dunyo tartibiga asoslangan tizimni imzolashgan. Bunga sabab barcha mamlakatlar jahon va regional hudud hamjamiyatida oʻz demokratik dunyoqarashlarini tenglashtirishga va yaqin kelajakda rivojlanishga erishish harakatlari asosiy dalillar sifatida koʻriladi. Bundan tashqari demokratik boʻlmagan aʻzo mamlakatlar ham bu kabi vaziyatni qoʻllab quvvatlashgan.[27]
Har bir mamlakat vakillari keyinchalik tashkilot faoliyatini oʻrganib chiqishib kelajakda yangi integratsiyalarni regionda joriy qilish zarur degan hulosaga kelishgan va1997-yildan boshlab shu maqsadlar asosida va tashkilot faoliyatini regionda yanada kuchaytirish kabi masalalarni hal qilish uchun yangi iqtisodiy jamlanma yaratish harakatini boshlashgan. Aʻzo mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy aloqalarini yaxshilash uchun oʻtkazilganHindiston,Avstraliya,Yangi Zelandiya,Amerika Qoʻshma Shtatlari vaRossiya kabi mamlakatlarni oʻz doirasiga olganSharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida tashkilotga yirik eksportyorlarXitoy,Yaponiya,Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni tarkibga qoʻshish istagini bildirishgan va bu masala keyinchalik matbuotda JShOMA plyus uch degan nomini olgan. Bu harakat Yevropa hamjamiyatiniSharqiy Osiyo hududida yoʻq qilish va yangi zamonaviy, rivojlangan sanoatni bunyod etish hamda kuchliSharqiy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatini yaratish ekanligi baʻzi bir mamlakatlar tomonidan tanqid qilib kelinadi. Ohirgi yillarda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oʻrganish maqsadida hamda tashkilot jamgʻarmasini tashkil qilish masalalari sababli JShOMA huzurida Kuzatuvchi Faollar guruhi tashkil etilgan.2006-yildaBirlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan[28] va bunga javoban JShOMAtashkilotning "dialoglar borasida hamkor" degan maqomiga erishgan.[29]