Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Jack-o'-lantern

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qovoqdan tayyorlangan jack-oʻ-lantern
Halloween bayrami uchun oʻyib ishlangan jack-oʻ-lantern

Jack-o'-lantern (yoki jek fonari) – asosanqovoqdan, qadimda esalavlagi,sholgʻom yokiturp kabi ildizmevalardan yasaladigan oʻyma chiroqdir[1]. Jack-o'-lanternHalloween bayrami bilan bogʻliq. Ularning nomi torf botqoqligi ustida lipillab koʻrinadigan gʻalati chiroqlar hodisasidan kelib chiqqan boʻlib,jack-o'-lantern (shuningdek, „daydi chiroqlar“ deb ham ataladi) deb nom olgan. Taxminlarga koʻra, bu nom Irlandiyaning Xasis Jackinglizcha:Stingy Jack afsonasi bilan ham bogʻliq. Bu afsonaga koʻra,shayton bilan kelishuv tuzgan bir mayxoʻr abadiy Yer yuzini kezishga mahkum etilgan va uning yoʻlini faqat ichi oʻymalangan sholgʻom yoritib turadi.

Qovoqdan oʻyib yasalgan jack-o'-lanternAmerika Qoʻshma Shtatlarida shakllangan har yilgiHalloween anʼanasiga aylangan. Bu anʼana irlandiyalik, keltlar, shotlandiyalik va boshqa kelt taʼsiridagi muhojirlar orasida shakllangan[2]. Ular turli ildizmevalarni oʻyib turfa xil bezaklar ishlashgan va bu anʼanani yana ham rivojlantirishgan.

Jack-o'-lantern yasash uchun qovoqning ustki qismi kesib olinib, undan qopqoq yasaladi. Ichidagi et qismi kovlab olinadi va qobigʻida odatda „qoʻrqinchli“ yoki „kulgili“ yuz tasviri oʻyib chiqiladi, natijada ichki qismini koʻrish imkoniyati paydo boʻladi. Qopqoq yopilishidan oldin ichiga yorugʻlik manbai, anʼanaviy tarzda oddiy sham yoki choy shamlari joylashtiriladi. Hozirda elektr chiroqli sunʼiy jack-o'-lanternlar ham bozorda sotilmoqda.

Etimologiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Bezaklangan qovoqlar toʻplami.

„Jack-o'-lantern“ atamasi dastlab ingliz folkloridadaydi chiroqlar (inglizcha:will-o'-the-wisp) nomi bilan tanilgan vizualfenomen „ignis fatuus“ (soʻzma-soʻz, „ahmoqona olov“) ni tasvirlash uchun ishlatilgan[3]. U asosanSharqiy Angliyada qoʻllanilgan, uning ilk qoʻllanilishi haqidagi maʼlumotlarga koʻra, bu 1660-yillarga toʻgʻri keladi[4]. „Oxford ingliz lugʻati“ga (OED) koʻra, Britaniyada „ignis fatuus“ atamasi 1658-yildan boshlab, fonus koʻtargan kishi yoki tungi qorovulga nisbatan 1663-yildan 1704-yilgacha ishlatilgani qayd etilgan. OED maʼlumotlariga koʻra, bu atamaning sholgʻom yoki qovoqdan oʻyib yasalgan fonusni ifodalash uchun qoʻllanilishi 1837-yilga borib taqaladi[5].

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Irlandiyadagi „Irlandiya qishloq hayoti muzeyi“da saqlanuvchi anʼanaviy Irlandiya Jack-o'-lanternning gipsdan yasalgan quymasi.

Kelib chiqishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sabzavot o‘ymakorligi dunyoning koʻplab mamlakatlarida keng tarqalgan amaliyot hisoblanadi. Halloween bayramida bunday chiroq yasash odati Irlandiya va Britaniyada boshlangan[6][7][8]. XIX asrda Angliya, Irlandiya, Uels va Shotlandiya togʻli hududlarining ayrim qismlarida Halloween bayramida fonar sifatida ishlatish uchun ichini kovlab olingan va koʻpincha qoʻrqinchli yuzlar oʻyib tasvirlangan sholgʻomlar yoki xashaki lavlagi singari ildizmevalardan foydalanilgan[9].Gael tilida soʻzlashuvchi hududlarda HalloweenSamhain bayrami sifatida nishonlangan va gʻayritabiiy mavjudotlar (irl.:Aos Sí) yer yuzida kezib yuruvchi payt deb hisoblanardi. Uelsda bunday kechalar Ysbrydnosau (ruhlar kechasi) deb atalgan, ulardan biriCalan Gaeaf 31-oktyabr kechasi boʻlib oʻtardi. XIX asrda AngliyaningSomerset viloyatida ham Halloween paytida Jack-o'-lanterlar yasalgan[9].

Fonuslarni yasaganlar ularning yo ruhlarni yoki gʻayritabiiy mavjudotlarni ifodalashini[9], yoxud yovuz ruhlarni haydash uchun ishlatilganini aytishgan[10]. Masalan, baʼzida Halloween bayramida ishtirok etuvchilar odamlarni qoʻrqitish uchun ulardan foydalanishgan[10][11][12], baʼzida esa uyga yovuz ruhlarni kiritmashlik maqsadida deraza tokchalariga qoʻyishgan[11]. Shuningdek, shunday taxmin ham mavjud: Jack-o'-lanterlar aslidaxristian ruhlariniaʼrofda tasvirlagan, chunki HalloweenBarcha avliyolar kuni (1-noyabr) vaBarcha ruhlar kuni (2-noyabr) arafasida nishonlanadi[13].

1836-yil 16-yanvarda „Dublin Penny Journal“ „Jack-o'-lanter“ afsonasi haqida uzun bir hikoyani chop etdi. Biroq, ushbu hikoyada sabzavotdan oʻyib yasalgan fonus haqida hech narsa aytilmagan edi[14]. 1837-yilda „Limerick Chronicle“ gazetasi mahalliy mayxonadada oʻyilgan qovoq yasash musobaqasi oʻtkazilgani va „Jack McLanternning eng yaxshi toji“ uchun mukofot topshirilganini maʼlum qiladi. „McLantern“ atamasi shu gazetaning 1841-yilgi sonida ham tilga olingan[manba kerak].

Shuningdek, XVIII asr oxirida AngliyaningWorcestershire grafligida sholgʻomdan „Hoberdy's Lantern“ deb atalgan fanarni oʻyib yasash uchun foydalanilganligi haqida dalillar mavjud. FolklorshunosJabez Allies bu nomning boshqa shakllarini ham keltiradi. „Hobany's“ nomi ehtimol „Hob and his (Hob va uning)“ iborasidan kelib chiqqan boʻlib, uning boshqa variantlari „Hob-o'-Lantern“, „Hobbedy's Lantern“ va „Hobbady-lantern“ni oʻz ichiga oladi[15].

Amerika Shukronalik kuni uchun 1909-yilda yuborilgan otkritka, unda jack-o'-lantern va kurka tasvirlari bor.

Shimoliy Amerikada

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Amerikancha ingliz tilida bu atamaning oʻyilgan qovoqlarga nisbatan qoʻllanilishi birinchi marta 1837-yilda kuzatilgan[16].

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada oʻyilgan qovoq Halloween ramziga aylanishidan oldin asosan hosil mavsumi bilan aloqador atribut hisoblangan[17].

1895-yilda hosil bayrami haqidagi maqolada jack-o'-lanternni bolalar sovgʻasi sifatida berish tavsiya etilgan[17][18].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „The History of 'Jack-O'-Lantern'“ (en). Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
  2. „History of the Jack O' Lantern“ (en).HISTORY. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
  3. Dixon, J. M.. Dictionary of Idiomatic Phrases... (en). T. Nelson & Company, 1891 — 174-bet. 
  4. Harper, Douglas „Jack o'lantern (n.)“. Online Etymology Dictionary. Qaraldi: 2013-yil 9-may.
  5. „Jack-o'-lantern, n. meanings, etymology and more“. Oxford English Dictionary. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  6. The Oxford Companion to American Food and Drink. Oxford University Press, 2007 — 269-bet.ISBN 9780195307962. Qaraldi: 2011-yil 17-fevral. 
  7. „Pumpkins Passions“.BBC (2005-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2006-yil 19-oktyabr. They continue to be popular choices today as carved lanterns in Northern England, Scotland, and Northern Ireland; the British purchased a million pumpkins for Halloween in 2004."
  8. „Turnip battles with pumpkin for Hallowe'en“.BBC (2005-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2007-yil 23-sentyabr.
  9. 9,09,19,2Hutton, Ronald. The Stations of the Sun: A History of the Ritual Year in Britain. Oxford University Press, 1996 — 382–383-bet. 
  10. 10,010,1Palmer, Kingsley. Oral folk-tales of Wessex. David & Charles, 1973 — 87–88-bet. 
  11. 11,011,1Arnold, Bettina „Bettina Arnold – Halloween Lecture: Halloween Customs in the Celtic World“. HalloweenInaugural Celebration. University of Wisconsin–Milwaukee: Center for Celtic Studies (2001-yil 31-oktyabr). 2011-yil 24-iyunda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 16-oktyabr.
  12. Wilson, David Scofield. Rooted in America: Foodlore of Popular Fruits and Vegetables. University of Tennessee Press, 1999 — 154-bet. 
  13. Rogers, Nicholas. Halloween: From Pagan Ritual to Party Night. Oxford University Press, 2003 — 57-bet.ISBN 978-0-19-514691-2. 
  14. "History of Jack-o'-the-Lantern". Dublin Penny Journal 3–4: 229, 1835. 1835. https://books.google.com/books?id=9gLSAAAAMAAJ&q=history+of+jack+o+lanterns&pg=RA1-PA230. 
  15. Kittredge, G. L. (1900). "The Friar's Lantern and Friar Rush". PMLA 15 (4): 415–441. doi:10.2307/456566. ISSN 0030-8129. https://www.jstor.org/stable/456566. 
  16. Jack-o'-lantern.Oxford English Dictionary.
  17. 17,017,1„The Day We Celebrate: Thanksgiving Treated Gastronomically and Socially“.The New York Times (1895-yil 24-noyabr), s. 27.
  18. „Odd Ornaments for Table“.The New York Times (1900-yil 21-oktyabr), s. 12.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Jack-o%27-lantern&oldid=5403824" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp