Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Itaguaí

Koordinatalari:22°51′7″S43°46′30″W / 22.85194°S 43.77500°W /-22.85194; -43.77500
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Itaguaí
Shahar
Skyline of Itaguaí
22°51′7″S43°46′30″W / 22.85194°S 43.77500°W /-22.85194; -43.77500
MamlakatBraziliya
ShtatRio-de-Janeyro
Maydon1,223.59 km2 (472.43 kv mi)
Aholisi
 (2020[1])
134,819
Itaguaí xaritada
Itaguaí
Itaguaí
1970-yil Itaguai

Itaguaí BraziliyaningRio-de-Janeyro shtatida joylashgan shahar boʻlib, dunyodagi eng koʻp temir rudasini yetkazib beruvchi portlaridan bir Ilha Guaiba shu yerda joylashgan[2]. 2020-yilda uning aholisi 134,819 kishini tashkil etgan va maydoni 273 km2 ni tashkil qiladi[3]. Shaharga 1688-yilda asos solingan boʻlib,Rio-de-Janeyro vaAngra dos Reis shaharlari oʻrtasida joylashgan[4].

ItaguaíRio-de-Janeyro shahridan gʻarbga tomon taxminan 75 kilometr masofada,Santos (SP) yoʻli boʻylab joylashgan. Itaguaí Sepetiba qoʻltigʻiqirgʻogʻi bilan Atlantika yomgʻir oʻrmoni oʻrtasida joylashgan[5].

Itaguai va uning atrofidagi hududdaBraziliyaning eng yirikmaʼdan eksport qiluvchi portlaridan bir nechtasi joylashgan[6][7]. Itaguai, shuningdek,Rio-de-Janeyroning gʻarbiy sanoat mintaqasi (Zona Oeste) ishchilari uchun yotoqxona vazifasini ham bajaradi. Bu yer Itaguai shahridagi Rim-katolik yeparxiyasining markazi hisoblanadi.

Itaguai porti (Sepetiba / Guaiba orollari)

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Itaguai porti 1982-yilda chuqur suvkoʻrfaziga ega port sifatida ochilgan. Itaguai asosan Minas-Jerais mintaqasida mavjud boʻlganalyuminiy oksidi va boshqa minerallarnieksport qilish uchun moʻljallangan edi. Bu port tizimi Itaguai, Sepetiba va Guaiba oroli portlarini oʻz ichiga oladi[8][9][10]. 2018-yil avgust oyiga kelib yirik yuk kemalarini qabul qila oladigan boʻldi[11]. Sepetiba porti yana ikkita maʼmuriy hududga boʻlinadi – Sepetiba qoʻltigʻi va Sepetiba terminali[12].

Yaqin atrofda joylashganGuaíba orol porti mineral rudalarnieksport qilish uchun alohida terminallarga ega, biroq port Vale togʻ-kon kompaniyasining xususiy mulki hisoblanadi va Itaguai portiRio-de-Janeyro tasarrufiga kiradi[13][14][15]. Guaiba dunyodagi eng katta yuk tashuvchi kemalarini ortish uchun chuqur suv boʻylariga ega, ammo u yerda aholi yashamaydi va u yerga olib boruvchi avtomobil yoʻllari mavjud emas[16].Temir rudasi orolniqitʼa bilan bogʻlaydigan va undan keyin Minas-Jeraisda joylashgan Vale konlarigacha choʻziladigantemir yoʻl koʻprigi orqali terminalgacha yetib boradi[17]. 2019-yil mart oyida mahalliy hokimiyat tomonidan yiliga 40 million tonnatemir rudasinieksport qiladigan Itaguai porti yopildi. Bunga sabab, haddan tashqari ifloslanish vaBraziliyadagiBrumadinho konidagi halokat tufayli[18]. Biroq, port uzoq muddatga yopilmadi, chunki bir kun oʻtib Vale kompaniyasiga sud qarorining berilishi natijasida port oʻz faoliyatini qayta boshladi[19].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. IBGE 2020
  2. Port Information book - Ilha Guaiba. Vale. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.  (Wayback Machine saytida 2017-06-23 sanasidaarxivlangan)
  3. „Brazilian Institute of Geography and Statistics“ (2018). — „2018 Estimates of Population“. Qaraldi: 2019-yil 6-mart.
  4. Sailing Directions - East coast of Brazil, 13th, Taunton: UKHO. 
  5. „Sepetiba tecon - a profile“. bnamericas.com. BN Americas. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  6. „Port of Itaguai and Port of Guaiba island“. vale.com. Vale. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  7. Guide to port entry. London: World ports guides. 
  8. „Is iron ore the next copper?“. cmegroup.com. Platts. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  9. „Official website - Port of Itaguai“ (pt). portosrio.gov.br. Ports rio. 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  10. „Itaguai port“. marinetraffic.com. Marine traffic. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  11. „Still room for Sepetiba in latest box pecking order“. Port Strategy (2009-yil 25-mart). Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  12. „Sepetiba bay“. port-directory.com. Port Directory. 2018-yil 5-sentyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  13. „The Ports of Guaiba and Itagui“. Vale official website. Vale. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
  14. Investigation report - the sinking of Stellar Daisy. Virginia USA: registry of The Marshall Islands, 18 April 2019. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel. 
  15. „CSN Receives 10 Offers for Brazil Box Terminal“. Marine Link (2016-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  16. „Our mines and How Iron ore is made - Interactive Infographic“. www.vale.com. Vale. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
  17. „Itaguai port pins hopes on extra trans Atlantic calls“. JOC. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  18. Brazilina town fines Vale, closes port terminal in Rio de janeiro state. Reuters (2019-yil 12-mart).
  19. Brazil's Vale to resume operations are port after court injunction. Reuters (2019-yil 19-mart).
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Itaguaí&oldid=5334295" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp