Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Istanbul tarixi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Istanbul tasviri, oʻsha vaqtda ingliz tilidaKonstantinopol deb atalgan. Charlotte Mary Yongening „Young Folks' History of Rome“ kitobidan.

XXI asr boshlarida arxeologlar tomonidan topilganneolit davriga oid artefaktlarIstanbulning tarixiy yarim orolida miloddan avvalgi 6-ming yillikdayoq aholi yashab kelganini koʻrsatadi[1].Yaqin SharqdanYevropaganeolit inqilobi yoyilishida muhim oʻrin tutgan bu ilk manzilgoh suv sathining koʻtarilishi natijasida suv ostida qolishidan avval qariyb 1 ming yil davomida mavjud boʻlgan[2][3][4].Osiyo qismidagi insonlar yashagan ilk manzilgohFikirtepe tepaligimis-tosh davriga oid boʻlib, u yerdagi topilmalar miloddan avvalgi 5500–3500-yillarga tegishlidir[5].Yevropa qismida, yarimorol uchi (Sarayburnu) yaqinida miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida ham manzilgoh boʻlgan. Zamonaviy tadqiqotchilar uni ehtimoliyfrakiycha toponim „Lygos“ bilan bogʻlaganlar, ushbu toponim Katta Pliny tomonidan Vizantiya joylashgan hududning avvalgi nomi sifatida tilga olingan[6][7].

Hudud atrofida miloddan avvalgi 6700-yillarga oid manzilgohlar boʻlganini koʻrsatuvchi dalillar mavjud, shaharning aynan hozirgi markaziy joyida biror aholi punkti mavjud boʻlgan yoki yoʻqligini aniqlash qiyin. Biroq shaharning oʻzi haqidagi eng qadimgi yozma qaydlari taxminan miloddan avvalgi 660-yillarga taalluqlidir[izoh 1][13][14]. Oʻsha davrda yunon koʻchmanchilariAttika viloyatidagiMegara shahridan kelib, hududni mustamlaka qilib,Bosforning Yevropa sohilidaVizantiy shahriga asos solganlar. Miloddan avvalgi 196-yilda shaharRim Respublikasi qoʻliga oʻtgan[15] va 330-yilgachalotin tilidaVizantiy nomi bilan tanilgan. 330-yilda shahar nomi tez oradaKonstantinopol deb oʻzgartirilgan vaRim imperiyasining yangi poytaxtiga aylangan.Yustinian I hukmronligi davrida shahar gʻarb olamidagi eng yirik shaharga aylangan, aholisi esa qariyb yarim million kishiga yetgan[16]. Konstantinopol amalda 1453-yilda yuz berganKonstantinopol fathiga qadarVizantiya imperiyasining poytaxti boʻlib xizmat qilgan. Shundan soʻng Konstantinopol Usmoniy turklar poytaxtiga aylangan.

Oʻrta asrlar davomida aholi soni kamaygan boʻlsa-da,Usmoniylar imperiyasi tarixiy ravnaq choʻqqisiga yaqinlashar ekan, XVI asrda shahar aholisi qariyb 700 ming kishiga yetgan[17]. Shuningdek, dunyodagi eng yirik shaharlar qatoriga qaytgan.Turkiya Respublikasi 1923-yilda tashkil topgach, mamlakat poytaxti Konstantinopoldan (Istanbuldan) ilgari Angora deb yuritilganAnqaraga koʻchirilgan.

Qadimgi davr

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Yana qarang:Neolit davridagi Yevropa vaOnadoʻlining qadimgi tarixi

Bugungi kunda Istanbul nomi bilan maʼlum boʻlgan hududda odamlar kamidaneolit davridan beri yashab keladi. Maʼlum boʻlgan eng qadimgi manzilgoh miloddan avvalgi 6700-yilga tegishli boʻlib, 2008-yilda Yevropa qismidagitarixiy yarimorolda joylashganYenikapı metro bekati vaMarmaray tunneli qurilish ishlari chogʻida kashf etilgan[18][19][20].Onadoʻli qismida maʼlum boʻlgan eng qadimgi manzilgohmis davri deb ataladiganeneolit davriga mansub Fikirtepe qoʻrgʻoni boʻlib, u yerdagi topilmalar miloddan avvalgi 5500–3500-yillarga mansubdir[21]. Yaqin atrofdagiKadıkoʻyda (Chalkedon)finikiyaliklar davriga oid port manzilgohi topilgan.

Lygos

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharning dastlabki nomiLygos[22] boʻlgan. Tarixiy yozuvlardagi Katta Plinyning soʻzlariga koʻra, Lygosga qoʻshniSemistra aholi punkti bilan birgaFrakiya qabilalari tomonidan asos solingan boʻlishi mumkin[23]. Hozirgi kunga qadar Lygosga tegishli faqat bir nechta devor va ostki inshootlar saqlanib qolgan, ularning joylashgan joyiSarayburnu yaqinida boʻlib, hozirda bu yerdaTopkapı saroyi joylashgan[6]. Lygos va Semistra Istanbulning Yevropa qismidagi yagona aholi punktlari edi. Osiyo qismida esaFinikiya mustamlakasi mavjud boʻlgan.

Vizantiy

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Vizantiy

Shaharning keyingi nomiVizantion (Βυζάντιον) lotinchadaVizantiy edi. Ushbu nomfrakiy tiliga mansub boʻlib, būzas („erkak echki“) soʻzidan kelib chiqqan deb ishoniladi. Xususan, ushbu soʻz frakiyalik shaxsVizasning nomidan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin[24][25][6].Qadimgi yunon afsonasiga koʻra,Megara kolonistlarining rahbari va shaharga oʻz nomini bergan asoschi shaxs sifatida afsonaviy podsho Byzas zikr etiladi. Chalcedondagi Moda burni eramizdan avvalgi 685‑yilda Megaradan kelganyunon koʻchmanchilari mustamlaka qilish uchun tanlagan birinchi joy boʻlgan. Undan soʻng ular eramizdan avvalgi 667‑yilda podsho Byzas boshchiligida Bosforning Yevropa qismidagiVizantiyni mustamlaka qilganlar. Vizantiy qadimgiLygos nomli port manzilgohi oʻrnida barpo etilgan edi[23]. Hozirgi kundaTopkapı saroyi joylashgan joyda Vizantiy davridaAkropol qad koʻtarib turgan.

Pescennius Nigerga qoʻshilib, gʻolibSeptimius Severusga qarshi chiqqanidan soʻng, shahar milodiy 196-yilfaRim imperiyasi tomonidanqamal qilingan va katta talafot koʻrgan[15]. Keyinchalik Vizantiy Rim imperatoriSeptimius Severus tomonidan qayta qurilgan va tez orada avvalgi ravnaqini tiklagan. Shuningdek, imperatorning oʻgʻli sharafiga shahar vaqtinchaAvgusta Antonina nomini olgan.

Keyingi Rim davri va Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Konstantinopol tarixi
Konstantinopol shahrining rassom tomonidan tasavvur qilingan manzarasi

Rivoyatlarga koʻra, shaharning joylashuvi bashoratli tush orqali aniqlanganidan soʻng, 324-yildaVizantiy hududining strategik joylashuviKonstantinI ning eʼtiborini tortgan. Bu bashorat, ehtimol, Konstantinning 324-yil 18-sentyabrdaBosfor boʻgʻozi boʻyidagiÜsküdar shahrida boʻlib oʻtganXrizopolis jangidaLicinius ustidan qozongan yakuniy gʻalabasi bilan bogʻliq boʻlgan. Ana shu jang Rim hamhukmdorlari oʻrtasidagi fuqarolar urushiga barham berdi.Rim imperiyasining eng nufuzli poytaxt shahriNicomedia (hozirgiİzmit,Istanbuldan 100 km sharqda) boʻlib turgan paytdaTetrarxiya tizimining soʻnggi izlariga ham yakun yasadi. Vizantiy (Nova Roma deya qayta nomlangan, keyinchalik esaConstantinopolis yaʼniConstantine shahri) 330-yilda rasmiy ravishdaRim imperiyasining yangi poytaxti deb eʼlon qilindi. 337-yilda hukmronligining oxirida Konstantin oʻzining uch oʻgʻlini Rim imperiyasining hamhukmdorlik tizimi boʻyicha qoʻshma vorislar deb eʼlon qildi[26]. Biroq oʻgʻillari birgalikda imperiyani tinch yoʻl bilan boshqara olmadilar. Ularning harbiy raqobatiBolqon yarim orolini shimoldan janubga boʻlgan chiziq boʻylab ajratgan holda, imperiyani ikkiga boʻlib yubordi. Hudud 395-yilda rasman boʻlindi: 379–395-yillarda hukmronlik qilganFeodosiy I vafot etgach, uning oʻgʻliHonoriusGʻarbiy Rim imperiyasining, boshqa oʻgʻliArcadius esaSharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasining imperatori boʻldi[26].

Konstantinopol Vizantiya imperiyasining poytaxtiga aylandi. Imperiyaviy qudrat,Yevropa vaOsiyoqitʼalari, keyinchalik esaAfrika va boshqa mintaqalar kesishgan nuqtadagi asosiy joylashuvning uygʻunligisavdo,madaniyat,diplomatiya vastrategiya nuqtai nazaridan muhim rol oʻynadi. Konstantinopol yunon dunyosining markazi boʻlib, Vizantiya davrining katta qismida Yevropadagi eng yirik shahar edi. Konstantinning 312-yildaxristianlikni qabul qilishi Rim imperiyasini xristianlashuv sari yoʻnaltirdi. 381-yilda Feodosiy I hukmronligi davrida Rim imperiyasining rasmiy davlat dini Nikeya xristianligiga aylandi, bu esa Konstantinopolni gullab-yashnayotgan diniy markazga aylantirdi[27].

V asr davomida Gʻarbiy Rim imperiyasi oʻzining yuksak qudratini yoʻqotdi. Bunga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarning tanazzuli sabab boʻldi. Gʻarbiy qismning soʻnggi imperatori 476-yilda german yollanma askarlari tomonidan taxtdan agʻdarildi. Sharqiy qismi esa, aksincha, ravnaq topayotgan edi. Tarixchilarning taʼkidlashicha, ravnaq topgan ushbu Sharqiy Rim imperiyasi Rim imperiyasidan farqlash uchun Vizantiya imperiyasi deb tasniflangan[28]. Bu imperiya oʻzining madaniyatida aniq yunon xususiyatlariga ega edi. Rim bilan erta yuz berganajralishdan soʻng yunon pravoslav xristianligining markaziga aylandi hamda koʻplab ulugʻvorcherkovlar, jumladan, bir zamonlar dunyodagi eng yiriksobor boʻlganSofiya ibodatxonasi bilan bezatildi.Sharqiy pravoslav cherkovining maʼnaviy yetakchisi boʻlmishPatriarx Konstantinopol qarorgohi hanuzgacha shu yerda joylashgan.

Vizantiyaning eng mashhur imperatoriYustinian I (527–565) edi. Uning hukmronligi davrida Vizantiya imperiyasi hududlari juda kengaydi. Imperiya hududiFalastindanIspaniyaning eng chekka nuqtasigacha choʻzilgan edi. Hukmdorning boshqa yutuqlari qatorida mashhurSofiya ibodatxonasi va 534-yilda yakunlangan,Kodeks deb atalgan tartibga solingan qonun tizimi ham bor edi[29]. Yustinianning hukmronligi Vizantiya imperiyasi tarixida eng katta taʼsirga ega davr sifatida baholanadi.

600-yillardan boshlab sodir boʻlgan urushlar Konstantinopol shahri qudratining pasayishi va yuksalishi oʻrtasidagi tebranishga sabab boʻldi. VII–VIII asrlar oraligʻida Vizantiya va Rim cherkovlari turli masalalarda kelishmovchiliklarga duch kelgani sababli Yevropadagi ittifoqchilar asta-sekin Vizantiya imperiyasidan uzoqlasha boshladi. Biroq ikki cherkov oʻrtasidagi asosiy farq cherkovdaikonalardan foydalanish masalasida edi.Iso Masih,Bibi Maryam vaavliyolar kabi nasroniy muqaddas zotlarining tasvirlari boʻlgan ikonalar vizantiyalik nasroniylar nazarida shunchaki tasvirlargina emas, balki insonlarning kundalik hayotiga taʼsir etuvchi muqaddas qudratga ega deb hisoblangan[30]. Koʻplab vizantiyaliklar ikonolarga sigʻingan boʻlsalar-da, yana koʻpchilik ikonolarga qarshi edi, chunki ular imperatorning hokimiyatiga, uning siyosiy va diniy nazoratiga xalaqit berar edi. Nihoyat, 726-yilda imperatorLeo III Isavr (h. 717–741) barcha ikonalarni yoʻq qilishni buyurdi. Ikonalarni vayron qilish Vizantiya hukmdorlarining imperiyadagi hokimiyatini qayta tartibga soldi va qayta yoʻnaltirdi[31]. Ikonalarga qarshi keskin qarshilikPapalarning tasvirlarga nisbatan murosali munosabati bilan toʻqnash keldi.Papalik muqaddas tasvirlar va ikonalarni yoʻq qilishga rozi boʻlmadi va bu oxir-oqibat ajralishga olib keldi[32]. Ularning ajralishi ikki cherkov oʻrtasida nafratni keltirib chiqardi va ular oʻrtasidagi hamkorlik mushkul boʻlib qoldi.

Taxminan IX–XIII asrlar oraligʻida Konstantinopol Yevropada oʻsha davrning shakllanayotgan, keyinchalik esa eng yirik va eng rivojlangan davlati boʻlganKiyev rusi bilan murakkab munosabatlarni rivojlantirdi. KonstantinopolKiyev rusining rivojlanishi, madaniyati va siyosatida muhim rol oʻynadi. Koʻplab Kiyev knyazlari Vizantiya imperatorlarining qizlariga uylandi. Mazkur aloqalar tufayliKiyev knyaziVladimir I tomonidan Kiyev rusining nasroniylashtirilishidan keyinSharqiy Yevropa hududlaridapravoslavlik keng tarqaldi. Biroq bu munosabatlar har doim ham doʻstona boʻlmagan. Oʻsha 400-yil ichida Konstantinopol Kiyev knyazlari tomonidan bir necha marta talangan, buning oqibatida KonstantinopolKiyev uchun tobora foydaliroq boʻlgan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi, ularning matnlari„Oʻtgan yillar haqidagi ertak“ va boshqa tarixiy hujjatlarda saqlanib qolgan. Vizantiya doimiy ravishda oʻsha davrning Kiyev, Polsha, Bolgariya va boshqa Yevropa davlatlarini bir-biriga qarshi qoʻyar edi.

Taxminan 1204-yil atrofida Konstantinopolning qudrati pasaya boshladi.Uchinchi salib yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan soʻng, oʻziga ishonganlotin xristianlariToʻrtinchi salib yurishida yana bir bor muqaddasQuddus shahrini qoʻlga kiritishga urinib koʻrishga qaror qildilar. Ammo bu safar ularning rejasi Vizantiya imperiyasini ham bosib olish edi. 1204-yilda gʻarbiy lashkarlar Konstantinopolni egallab, shaharni taladi[33]. PapaKonstantinopolning talon-taroj qilinishini qoraladi, biroq salibchilarga 1 yil davomida shaharni qoʻllarida mustahkamlab turishni buyurdi. Salibchilar Konstantinopolning yangi lotin imperatori etib flandriyalik Baldwin I ni tanladilar. U boshqa knyazlar vaVenetsiya Respublikasi bilan birgalikda imperiyani oʻzaro boʻlib oldi. Ular hech qachonQuddusga yetib bora olmadilar[33]. Konstantinopoldagi bu yangiLotin imperiyasining hukmronligi 1261-yilgacha davom etdi, oʻshandaMichael VIII Palaiologos boshchiligidagi vizantiyaliklar shaharni va ayrim chekka hududlarni qayta zabt etdilar[33]. Shundan keyin Konstantinopol hech qachon oʻzining avvalgi shuhratini tiklay olmadi. Gullab-yashnagan metropol oʻrniga Konstantinopol qishloqlar toʻplamiga aylangan va qisman yarim boʻsh holatga kelib qolgan. TarixchiIbn Battuta shahar devorlari ichida ekinzorlar borligini qayd etgan. 1453-yilga kelib, shahar avvalgi aholining oʻndan biridan ham kamroq aholiga ega edi.

Usmoniylar imperiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shahar rasmiy ravishdaUsmoniy turk tilida rasmiy ravishdaKostantiniye (قسطنطينيه deb atalgan boʼlib, bu nomarabchaal-Qusṭanṭīniyyahالقسطنطينية – „Konstantin shahri“ nomidan olingan) deb atalgan. Biroq imperiyadagi xristianlar shaharniyunon tilidagi asl nomi kabiKōnstantinoupolis (Κωνσταντινούπολις) deb atashda davom etgan.Fransuz,ingliz hamda boshqa yevropa tillarida yozuvchi kishilar uning lotinlashtirilgan variantlaridan foydalangan. Shahar 1453-yilda zabt etilganidan boshlab 1922-yilda imperiya qulguniga qadarUsmoniylar imperiyasining poytaxti boʻlgan.

Zabt etilishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Qoʻshimcha maʼlumotlar:Konstantinopol fathi
Melchior Lorck – Konstantinopol manzarasi (XVI asr)

1453-yil 29-mayda 53 kunlikqamaldan soʻng, Usmoniylarning hujum toʻplari Konstantinopol devorlariga ulkan darz yetkazdi. Shundan soʼng sultonMehmed II FotihKonstantinopolga kirdi. ShaharUsmoniylar imperiyasining toʻrtinchi va soʻnggi poytaxtiga aylandi.

Sulton Mehmed II qamalni 1453-yil 6-aprelda boshlab bergan edi. U bu tadbir uchuntoʻplar va bombalar yasatish maqsadida muhandislarni yolladi. Shuningdek, sulton askarlarni ruhan qoʻllab-quvvatlash maqsadida olimlar vaimomlarni ham toʻpladi.Shariatga muvofiq, sulton Mehmed Vizantiya imperatori Konstantin XI Palaiologosga (1449–1453) shaharni taslim etishi uchun 3 marta imkoniyat berdi[34]. Sulton shahar aholisi, ularning boyliklari xavfsizligi, eʼtiqodi va obroʻsini saqlab qolishni kafolatlagan edi. Konstantin bu taklifni mardonavor ravishda rad etdi[35]. 1 oydan ortiq davom etgan janglardan soʻng, sulton Mehmedning maslahatchilari shaharni zabt etishga boʼlgan umidlarini yoʻqota boshladilar. Ularning maslahati va qarshiliklariga qaramay, sulton Mehmed jangni davom ettirdi. Soʻnggi hujum arafasidagi kechada sulton shaharni zabt etishga qaratilgan avvalgi urinishlarni oʻrganib, muvaffaqiyat keltirishi mumkin boʻlgan usullarni ajratib oldi. 1453-yil 29-may tongida sultonazon aytishni buyurdi[36]. Bu diniy sabablarga koʻra ado etiladigan odatdaginamoz emas, balki dushmanni qoʻrqitish usulining bir koʻrinishi edi. Butun Usmoniylar lashkarining tiz choʻkib namoz oʻqishi vizantiyaliklar ruhiyatini tanlaridan oldin yengib qoʻyish uchun moʻljallangan vahimali birlik namoyishi edi[36].

Jang boshlanganidan keyin yana 48 kun davom etdi. Devor qulay boshlagan paytda Konstantin yordam soʻrab Papaga xat yubordi. Javoban Papalik qoʻshimcha kuchlar, qurollar va taʼminotlar bilan liq toʻla 5 ta kema yubordi. Yana bir mudofaa taktikasi sifatida Konstantin Usmoniylar qoʻshini kemalarini kiritmaslik uchunOltin Shoxni toʻsib qoʻydi. Sulton Mehmed esa odamlari yordamida yogʻlangan daraxt shoxlari orqali yoʻl yotqizdirib,Galata orqali quruqlikdan 80 ta kemani olib oʻtdi. Ularni dushman kemalarining orqa tomonidan Oltin Shoxga tushirdi. Usmoniy kemalari dengiz jangida Vizantiya kemalarini yoqib yubordi[37].

Bu magʻlubiyatdan keyin ham Vizantiya qoʻshini qarshilik koʻrsatishda davom etganligi sababli, sulton oʻzining maxfiy quroli ulkan koʻchmaminorani ishga tushirdi. Ushbu minora koʻplab askarlarni sigʻdira olgan, ular shahar devorlari bilan bir xil balandlikda joylashib, Konstantinopolga bostirib kirishni ancha osonlashtirgan. Shahar ichiga kirgan Usmoniylar qoʼshinining birinchi guruhi deyarli darhol oʻldirildi, natijada, boshqa Usmoniy jangchilari orqaga chekina boshladilar. Buni koʻrib, sulton oʻz askarlarini ruhlantirdi. Sultonning ruhlantiruvchi chiqishidan koʻp oʻtmay, Usmoniylar jangchilari devorni ikki joyidan yorib, shaharga kirib bordilar. Shaharni saqlab qolishning soʻnggi urinishida Konstantin qilichini koʻtarib, dushmanga qarshi hujum qildi, biroq u magʻlub boʻldi va oʻldirildi[38].

Nihoyat, Konstantinopol Usmoniylar imperiyasi qoʼliga oʼtdi. Sulton Mehmed bugungi kundaTopkapı darvozasi nomi bilan mashhur boʼlgan joydan shaharga kirib keldi. U darhol otiga minib,Sofiya ibodatxonasi tomon yoʼl oldi va uni bosib olishni buyurdi. Sulton u yerga birimomni chaqirtirib,musulmon eʼtiqodining asosiy bayoni kalimai shahodatnitilovat qilishni buyurdi: „Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yoʻq va guvohlik beramanki, Muhammad (s.a.v) uning bandasi va elchisidir“[39]. Sulton Mehmedpravoslavsoboriniislommasjidiga aylantirdi va shu tariqa Konstantinopolda turk hukmronligini mustahkamladi. Mehmed shaharni 3 kun davomida talon-taroj qilishni buyurdi[40]. Talon-tarojdan soʻng Mehmedning Konstantinopol haqidagi asosiy tashvishi shahar mudofaa inshootlarini qayta tiklash va aholini qayta joylashtirish bilan bogʻliq edi. Hudud zabt etilganidan keyin darhol qurilish ishlari boshlandi. Bu ishlar devorlarni taʼmirlash, qalʼa qurish va yangi saroy barpo etishni oʻz ichiga olgan[41]. Sulton Mehmed oʻz imperiyasi boʻylabmusulmonlar,nasroniylar vayahudiylarning shaharga qayta koʻchib kelib, bu yerda yashashi haqida farmonlar berdi. Mehmed sentyabr oyiga qadar 5000 xonadonni Konstantinopolga koʻchirib keltirishni talab qildi[42].

Imperiya poytaxti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1459-yilga kelib, sulton Mehmed Konstantinopol shahriga farovonlik bagʼishlash uchun katta kuch sarflay boshladi. Shaharning bir necha mahallalarida diniy-maʼrifiyvaqflar tashkil etildi. Bu hududlar ilohiyot maktabi, maktab (yoki, odatda, masjid bilan bogʻlanganmadrasa[43]), jamoat oshxonalari va masjiddan iborat edi[34]. Oʻsha yili sulton Mehmed Konstantinopoldan qul yoki qochqin sifatida ketib qolgan barchayunonlarga shaharga qaytishga ruxsat berish haqida farmonlar yubordi. Bu chora-tadbirlar natijasida shahar yana bir bor gullab-yashnagan poytaxtga aylandi. Endilikda shahar Usmoniylar imperiyasining poytaxti sifatida ravnaq topgan edi[34].

Usmoniylar imperiyasining 10-sultoniSulaymon I 1520–1566-yillarda Usmoniylar imperiyasiga hukmronlik qildi va bu davr buyuk badiiy va meʼmoriy yutuqlar davri boʻldi. Mashhur meʼmorXoʻja Sinon shaharda koʻplab masjidlar va boshqa ulkan binolarni loyihalashtirdi. Shu bilan birga Usmoniylarkeramikasi vaxattotlik sanʼati ham gullab-yashnadi. Oʻsha davrda qurilgan koʻplabtekkelar hozirgacha saqlanib qolgan, ayrimlari masjid sifatida, boshqalari esamuzeyga aylantirilgan. Bularga misol tariqasida Jarrohiy tekkesi, shuningdek, Sumbul afandi va Ramazon afandi masjidlari hamda Fotihdagimaqbaralar, Beyogʻludagi Galata mavlaviyxonasi, Beshiktoshdagi Yahyo afanadi tekkesi va KadıköydagiBektoshiya tekkesini keltirish mumkin.

Marmar dengizidagiBosfor bo‘g‘ozining janubiy kirish qismidan g‘arb tomonga qarab olingan Istanbulning tarixiy yarimorolining panoramali manzarasi. Chapdan oʻngga qarabMoviy masjid,Ayasofya vaTopkapı saroyi koʻrinib turibdi, shuningdek, Konstantinopol dengiz devorlarining saqlanib qolgan qismlari ham koʻrinadi. Suratning eng o‘ng tomonida,Oltin Shoxning narigi tomonidaGalata minorasi koʻrinmoqdi. Moviy masjid bilan Ayasofya oralig‘ida, qirg‘oq yaqinida, Vizantiya davriga oid „Mangana“ (Qurol-askariya) majmuasiningravoqlari vagumbazlari hamda uning ichida joylashgan „Avliyo Georgiy monastiri“ koʻrinib turadi (Saroyburnuga yaqin joylashgani sababli, Mangana monastiri XIII asrdan boshlab Bosforni „Avliyo Georgiyning qo‘li“ deb atagan g‘arbiy dengizchilar uchun mashhur mo‘ljal bo‘lgan)[44]. Ayasofyaning oʻng tomonida esaAya Irina cherkovining gumbazi koʻzga tashlanadi.

Vizantiya imperiyasining soʻnggi yillarida Konstantinopol aholisi muntazam ravishda kamayib bordi. Natijada, ulugʻ saltanat shahri oʻzining sobiq shon-shuhrati soyasida qolib ketdi. Usmoniylar hukmdori sultonMehmed II ning ushbu shaharni zabt etishi uning tomonidan amalga oshiriladigan ulkan ishlarning debochasi edi. Sulton, shuningdek, qadimiy shaharga butunlay yangi kosmopolit ijtimoiy tuzilma berishni maqsad qilgan edi. Vizantiya aholisining qolgan asosiy qismi, yaʼni 30 000 ga yaqin kishi koʼchirib yuborildi. Turk yilnomachisi Oshiqposhozodaning soʻzlariga koʻra:

Shundan soʻng Mehmed oʻzining barcha yerlariga xodimlar yuborib, kim xohlasa, Konstantinopolga kelib, u yerdagi uylar, mevali va manzaralari bogʻlarga oʻz mulki sifatida egalik qilishi mumkinligini eʼlon qildi… Shunga qaramay, shahar aholi bilan gavjum boʻlmadi. Shunda sulton har bir diyordan boy-u kambagʻal, turli oilalar zoʻrlik bilan keltirilishini amr etdi… va endilikda bu shahar aholi bilan toʻla boshladi[45].

Sulton Mehmedning shaxsan oʻzi imperiyaning yangi poytaxtini barpo etishga katta qiziqish bilan yondashdi. Uning buyrugʻiga koʻra, Muqaddas Havoriylar cherkovi hududida, Vizantiya imperatorlarining eski qabristoni oʻrnida ulkan Fotih masjidi va madrasasi barpo etildi. Asta-sekin buyuk nasroniy shahri buyukmusulmon shahriga aylana bordi. Shunday boʻlsa-da, kamida XX asrga qadar shahar butunlay islomiy tus olmadi. Turli-tuman koʻnikma va malakalari zarur boʻlganslavyanlar,yunonlar,yahudiylar vaarmanlarga keyinchalik „olam panoh“ nomi bilan tanilgan ushbu shaharga joylashishiga ruxsat etildi. 1477-yilgi roʻyxatga koʻra, shaharda 9 486 ta uyda musulmonlar, 3 743 ta uyda yunonlar, 1 647 ta uyda yahudiylar, 267 ta uyda Qrimdan kelgan nasroniylar va 31 ta uydaloʻlilar istiqomat qilar edi. Sulton Mehmed oʻsha davrda hanuz Konstantinopol nomi bilan atalgan shaharni pravoslav patriarxati markazi sifatida ham qayta tikladi.

Luigi Mayer tomonidan chizilgan Konstantinopol manzarasi
Saroyburnu manzarasiningPeradan koʻrinishi. Chap tomondaBosfor, oʻng tomonda Oltin Shoxning kirish qismi, ufqda esaMarmar dengizi vaShahzodalar orollari koʻrinmoqda

Galata qalʼasi atrofida italyan hamjamiyati ham bor edi. Shahar qulashi arafasida taslim boʻlganliklari tufayli sulton Mehmed ularga maʼlum darajada oʻzini-oʻzi boshqarish huquqini saqlab qolishga ruxsat berdi. Keyingi avlodlar davomida ular Usmoniylar saroyi uchuntarjimon vadiplomatlarni yetkazib berib turdilar. 1517-yildaMisrning zabt etilishi va sultonningxalifa maqomini qabul qilishi ortidan Konstantinopol musulmonlar nazarida qoʻshimcha ahamiyat kasb etdi.Sulton Sulaymon I va uning vorislari qurdirgan masjidlar shahar yuziga hozirgacha saqlanib qolgan noyob koʻrinish berdi. Biroq turli jamoalar hanuz oʻziga xos, chegaralangan mahallalarda yashashda davom etardilar.

XVI asrXitoy geografik risolasida Konstantinopol/Istanbul quyidagicha taʼriflangan:

Shaharning ikki devori bor. Shaharda mustaqil hukmdor yashaydi. Bu yerda boshiga salla oʻragan musulmonlar va xitoy-hanlar bor. Tarjimonlar bor. Odamlar sugʻorilmaydigan yerlarni ekin ekib oʻzlashtirgan. Uning hech qanday oʻziga xos mahsulotlari yoʻq[46].

Bu yerda tarjimonlar borligi haqidagi maʼlumot shahar koʻp tilli, turli madaniyatlarga ega, kosmopolit markaz boʻlganidan dalolat beradi. Ammo „xitoy-hanlar“ning mavjud boʻlgani haqidagi daʼvo shubhali[46].

XVIII asrgacha bu yerda yashash darajasi hech boʻlmaganda Yevropaning aksar qismlariniki bilan teng edi. Masalan, XVI–XVIII asrlarda shahardagi hunarmand ishchilarning ish haqi darajasi janubiy va markaziy Yevropa darajasiga yaqin boʻlgan[47].

Poydevor

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Katta bozor (1455) vaTopkapı saroyi (1459) shaharturklar tomonidan zabt etilganidan keyingi yillarda qurilgan. Masjidlar, xususan,Fotih masjidi (1463) va ular bilan bogʻliqmaktablar, jamoat hammomlarini qurish uchun diniy vaqflar taʼsis etilgan. Shaharni kuch ishlatish va ragʻbatlantirish yoʼli bilan aralash usulda aholi bilan qayta toʻldirishga toʻgʻri kelgan.

Piri ReisningKitab-ı Bahriye“ kitobining XVII asr nusxasidagi shahar xaritasida shahar Kostantiniyye deb ataladi (Walters sanʼat muzeyi toʻplami). Xaritada janub yuqorida, shimol pastda joylashgan. Yuqori qismidaShahzodalar orollari koʻrsatilgan. Oʻng tomonda qadimgi Konstantinopol yoki Stambul shahri (hozirgiFotih) joylashgan. Pastki oʻng tomonda Oltin Shoxning narigi tomonida Pera (Beyoğlu) tasvirlangan. Chap tomonda esaBosfor boʻgʻozi ortida Osiyo qismidagi Istanbul (Üsküdar/Scutari, Kadıköy) joylashgan.

Sulton Sulaymon hukmronligi davri yuksakbadiiy vameʼmoriy yutuqlar davri boʻlgan. MeʼmorSinon shaharda koʻplab masjidlar va boshqa ulkaninshootlarni loyihalagan, shu bilan birga Usmoniylarningkeramika sanʼati vaxattotligi ham ravnaq topgan.

Islom olamida keng tarqalgan va shaharning zabt etilishida faol ishtirok etgan koʻplab tarafdorlarga ega boʻlgansoʻfiy tariqatlar poytaxtga kelib joylashgan.Usmoniylar davrida birgina shu shaharning oʻzida 100 dan ortiqtekke faoliyat yuritgan. Bu tekkalarning koʻpi hozirgacha saqlanib qolgan, ayrimlari masjid, boshqalari esa muzey sifatida xizmat qilmoqda.

Zamonaviylashuvi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yillar oʻtishi bilan aholi soni ortib bordi. Sulton Mehmed vafot etgan paytda taxminan 80 000 kishidan iborat boʻlgan aholi soni XVII asrga kelib 300 000 kishiga, 1800-yilga kelib esa 400 000 kishiga yetdi.Yevropa,Osiyo vaAfrikaga choʻzilgan imperiya poytaxti sifatida shahar bir necha chet el elchixonalari joylashgan muhim diplomatik markazga aylandi. 1922-yildan keyinGretsiya va Turkiya oʻrtasidagi urushdan soʻnggina vaziyat oʻzgara boshladi[manba kerak].

Shahar 1870-yillardan boshlab koʻpriklar qurilishi, toʻlaqonli suv taʼminoti tizimining yaratilishi, elektr yoritgichlaridan foydalanish, shuningdek,tramvaylar vatelefonlarning joriy etilishi bilan zamonaviylashib bordi.

1870-yillarda shaharning panoramali manzarasi,Galata minorasidan koʻrinishi
  • Stambul (eski devor bilan oʻralgan shahar), taxminan 1896-yil
    Stambul (eski devor bilan oʻralgan shahar), taxminan 1896-yil
  • 1890-yillarda Eyüpdagi koʻchalardan biri
    1890-yillardaEyüpdagi koʻchalardan biri
  • 1890-yillarda Tophane
    1890-yillarda Tophane

Turkiya Respublikasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Istanbul
Istanbuldagi etno-diniy guruhlar (1896–1965). 1896-yilda 50.5% musulmon aholisi bilan koʻp madaniyatli shahar 1925-yildan keyin, asosan, musulmonlar yashaydigan shaharga aylandi (Qarang:Istanbul demografiyasi).

1915-yilda Usmoniylar imperiyasiMarkaziy davlatlar tomonidaBirinchi jahon urushiga kirganidan soʻng, Birinchi dengiz lordiWinston Churchill boshchiligidagi Qirollik floti yetakchiligidaIttifoqchilar Konstantinopolni egallash uchun harbiy operatsiya boshladilar. Biroq bu urinishGelibolu yurishi chogʻidaBritaniya armiyasi va ANZAC desant kuchlarining Usmoniylar qoʻshini tomonidan qaytarib tashlanishi natijasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi[48].Birinchi jahon urushi tugagach,Mondros shartnomasi vaSèvres shartnomasiga koʻra, KonstantinopolAntanta qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi belgilandi. 1918-yil 13-noyabrda Antanta qoʻshinlarining Konstantinopolni bosib olish harakatlari boshlandi va bu holat 1923-yil 4-oktyabrdaLozanna shartnomasi bilan rasman yakunlandi[49].

1923-yil 29-oktyabrda (oʻsha vaqtda Mustafo Kemalposho nomi bilan tanilgan)Mustafa Kemal Atatürk boshchiligidaTurkiya mustaqillik urushi chogʻidaTurkiya Respublikasi tuzilgach, poytaxt Konstantinopoldan Angoraga (hozirgiAnqara) koʻchirildi. Natijada, aholi soni 1914-yildagi taxminan 1 125 000 kishidan 1924-yilda qariyb 500 000 kishiga tushib ketdi, biroq XX asrning keyingi davrida aholi muntazam ravishda oʻsib bordi va 2000-yilda metropoliten aholisi 10 milliondan oshdi.

Shaharning hozirgi nomi „Istanbul“ oʻrta asrlar yunon tilida „εἰς τὴν Πόλιν“ [is tin ˈpolin], yaʼni „shaharga“ degan iboraningturkcha talaffuz va shaklga moslashgan qisqartirilgan varianti hisoblanadi. Bu ibora uzoq vaqt davomida mahalliy aholi orasida ogʻzaki nutqda keng qoʻllanib kelgan. Konstantinopol nomi esa 1928-yilda Turkiyalotin alifbosini qabul qilguniga qadar xalqaro miqyosda qoʻllanib kelgan. Shundan soʻng Turkiya hukumati boshqa davlatlarni ham oʻz tillarida va pochta tizimlarida shaharning turkcha nomi „Istanbul“dan foydalanishga undagan[manba kerak]. 1929-yilda „Lloyd’s“ agentlariga telegrammalar endilikda „Istanbul“ yoki „Stamboul“ nomiga yoʻllanishi kerakligi xabar qilindi. BiroqThe Times gazetasining xabar berishicha, xatlar „Constantinople“ nomi bilan ham yetkazib berilgan[50]. Shu bilan birgaThe New York Times oʻsha yili „Constantinople“ manziliga yuborilgan xatlar endi ushbu manzilga yetkazilmasligi mumkinligini maʼlum qilgan[51]. 1929-yilda turk millatchilari ingliz tilidagi „Constantinople“ oʻrniga „Istanbul“ nomidan foydalanishni faol targʻib qildilar[52].AQSh davlat departamenti „Istanbul“ nomidan 1930-yil may oyidan boshlab foydalana boshlagan[53].

Yangi Turkiya Respublikasi millatchilik toʻlqini asosida barpo etilgach, poytaxtlik maqomidan mahrum boʻlgan Istanbuldan yunon va arman aholisining katta qismi ommaviy ravishda koʻchib ketdi. 1955-yildagipogromdan soʻng esa qolgan ozchilik ham shahardan chiqib ketdi.

Respublikaning dastlabki yillarida yangi poytaxt Anqaraga ustuvor ahamiyat berilishi tufayli Istanbul eʼtibordan chetda qoldi. Biroq 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshidan boshlab Istanbul katta tarkibiy oʻzgarishlarni boshdan kechirdi. Shahar boʻylab yangi ommaviy maydonlar (masalan,Taksim maydoni), keng koʻchalar va xiyobonlar qurildi, bu ishlar doirasida koʻpincha koʻplab tarixiy binolar buzib tashlandi.

1955-yil sentyabrda Istanbuldagi pogrom paytida koʻplabetnik yunonlarga tegishli savdo va biznes obyektlari vayron qilindi. Bu holat yunonlarning shahar va umuman Turkiyadan chiqib ketishini tezlashtirdi. Shuningdek,yahudiylar,armanlar vagruzinlar ham hujum nishoniga aylangan.

1970-yillardan boshlab Istanbul aholisi keskin ravishda tezlikda oʻsa boshladi. Bunga sababOnadoʻlidan koʻplab odamlar shahar chekkalarida barpo etilgan koʻplab yangi zavodlarda ish topish maqsadida Istanbulga koʻchib kela boshladilar. Shahar aholisining bu keskin va kutilmagan oʻsishi uy-joy qurilishiga boʻlgan talabni keskin oshirdi va ilgari chekka hudud hisoblangan koʻplab qishloqlar hamda oʻrmonlar Istanbulning yirik metropol hududiga qoʻshilib ketdi.

1995-yil mart oyidaGʻozi qirgʻini voqealarida 23 kishi halok boʻldi, yuzlab odamlar yaralandi. Voqealar mahalladagi bir nechta qahvaxonaga uyushtirilgan qurolli hujumdan boshlandi. Unda biralaviy diniy yetakchi shaxs oʻldirildi. Namoyishlar hamGʻozida, ham Istanbulning Osiyo qismidagiUmraniye tumanida boʻlib oʻtdi. Bunga javoban politsiya hujumchilarni oʻqqa tutdi[54].

Recep Tayyip Erdoğan 1994–1998-yillardaIstanbul meri lavozimida xizmat qildi[55]. Keyinchalik esaTurkiya bosh vaziri vaTurkiya prezidenti etib tayinlandi.

2013-yildaTaksim maydoniGezi bogʻi norozilik namoyishlari markaziga aylandi. Namoyishchilar matbuot erkinligi, soʻz va yigʻilish erkinligi, shuningdek, hukumatning Turkiyadagi dunyoviylik tamoyillariga aralashuvi bilan bogʻliq masalalar bosh boʻlgan keng koʻlamli muammolarga qarshi norozilik bildirdilar[56].

2016-yil yanvar oyida mashhurAhmadiya masjidi yaqinidagiSultonahmet maydonida uyushtirilgan oʻz joniga qasd qilish yoʻli bilan amalga oshirilgan hujum natijasida 10 nafar nemis turisti halok boʻldi[57].

2016-yil iyuldaTurkiyada davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi. Bir nechta nazoratdan chiqqan hukumat boʻlinmalari hududni egallab oldi, biroq bir necha soat ichida ularning harakati bartaraf etildi. Toʻntarishga urinishda ishtirok etgan qoʻshinlar IstanbuldagiBosfor koʻprigida taslim boʻldi[58].

2016-yil dekabrida oliy liga jamoasi„Beşiktaş“ futbol stadioni tashqarisida politsiya xodimlariga qarshi uyushtirilgan ikki tomonlamaportlash oqibatida 38 kishi halok boʻldi, yana koʻplab kishilar yaralandi[59].

2016-yil 20-dekabrda Yevropa va Osiyoni bogʻlovchi birinchi avtomobil tunneli ochildi. Tunnelnni qurish 5 yildan ortiq vaqt oldi.Yevrosiyo tunnelining 5,4 kilometr (3,3 mil) qismi IstanbuldagiBosfor boʻgʻozi ostidan oʻtadi[60].

2017-yil 1-yanvarda Istanbuldagi hashamatli tungi klubga Yangi yil kechasi uyushtirilgan hujumda 39 kishi halok boʻldi. Keyinchalik bu jinoyat boʻyicha„Islomiy davlat“ guruhi aʼzosi qoʻlga olindi[61].

2019-yil iyun oyida Turkiyaning asosiy muxolif partiyasi Istanbulmahalliy saylovlarining qayta oʻtkazilishida gʻalaba qozondi va natijada,Respublika Xalq partiyasi (CHP) nomzodiIkrom Imomoʻgʻli yangi Istanbul meri etib saylandi[62].

Istanbulning yangi aeroporti 2018-yil oktyabrida ochildi, biroq yoʻlovchi reyslari 2019-yil aprelidan, yuk tashish xizmatlari esa 2022-yil fevralidan amalga oshirila boshladi. YangiIstanbul aeroporti eskiAtatürk aeroporti oʻrnini egalladi[63]. Yangi Istanbul aeroporti yoʻlovchi oqimi boʻyicha dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri hisoblanadi[64][65].

2022-yil noyabr oyida Istanbulning gavjum Istiqlol xiyobonida sodir boʻlgankoʻcha portlashi 6 nafar kishining oʻlimiga va 80 dan ortiq odamning yaralanishiga sabab boʻldi. Turkiya rasmiylari bu hujumdaKurdiston ishchilar partiyasi (PKK) vaSuriya kurd militsiyasini (YPG) aybladi. PKK esa oʻzining bu voqeaga aloqadorligini rad etdi[66].

2023-yil avgust oyi holatiga koʻra, Istanbulda Suriya fuqarolar urushi oqibatida shaharga kelgan 530 000 dan ortiq qochqin istiqomat qilmoqda. Bu koʻrsatkich Turkiyadagi barcha shaharlar orasida eng yuqorisi hisoblanadi[67].

2025-yil mart oyida Istanbul koʻchalarida yuz minglab demokratiya tarafdori boʻlgan namoyishchilar toʻplanib, Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğanning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan shahar hokimi Ikrom Imomoʻgʻlini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Imomoʻgʻli korrupsiya ayblovlari bilan hibsga olingan boʻlib, uning tarafdorlari bu ayblovlarni siyosiy sabablar bilan bogʻliq deb baholaganlar[68].

Izohlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Vizantiya (Vizantiy) shahriga, asosan, ensiklopedik yoki boshqa uchlamchi manbalarda, qatʼiy ravishda miloddan avvalgi 667-yilda asos solingan deb koʻrsatiladi. Tarixchilar shahar asos solingan aniq yil borasida bahslashib kelishgan. Odatda, miloddan avvalgi V asr tarixchisiGerodotning asari manba sifatida keltiriladi, unda shahargaChalcedon tashkil etilishidan 17 yil keyin asos solingani aytiladi[8], Chalcedonga esa taxminan miloddan avvalgi 685-yilda asos solingan. TarixchiEusebius ham Chalcedon asos solingan yil sifatida miloddan avvalgi 685-yilni koʼrsatadi, biroq Vizantionga miloddan avvalgi 659-yilda asos solingan deb hisoblaydi[9]. Yangi davr tarixchilari orasida Carl Roebuck esa shaharning asos solinishi sifatida miloddan avvalgi 640-yillarni taklif qilgan[10]. Boshqa tarixchilar shaharga bundan ham keyinroq asos solingan degan fikrlarni ilgari surgan. Shuningdek, bu qarashlar Chalcedonga ham aynan qachon asos solingani borasida muhokamalarga sabab boʼlgan. Koʻplab manbalarda miloddan avvalgi 685-yil koʼrsatilsa[11], boshqalarda miloddan avvalgi 675-yil[12], hatto miloddan avvalgi 639-yil ham qayd etilgan (bu holda Vizantiyaga miloddan avvalgi 619-yilda asos solingan boʻladi)[9]. Ayrim manbalarda Vizantiyaning asos solinishi miloddan avvalgi VII asrga oid deb koʻrsatiladi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Istanbul's ancient past unearthed“ (en-GB).BBC (2009-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  2. Algan, O.; Yalçın, M.N.K.; Özdoğan, M.; Yılmaz, Y.C.; Sarı, E.; Kırcı-Elmas, E.; Yılmaz, İ.; Bulkan, Ö. et al. (2011). "Holocene coastal change in the ancient harbor of Yenikapı–İstanbul and its impact on cultural history". Quaternary Research 76 (1): 30. doi:10.1016/j.yqres.2011.04.002. 
  3. „Bu keşif tarihi değiştirir“. hurriyet.com.tr (2008-yil 3-oktyabr).
  4. „Marmaray kazılarında tarih gün ışığına çıktı“. fotogaleri.hurriyet.com.tr. 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
  5. „Cultural Details of Istanbul“. Republic of Turkey, Minister of Culture and Tourism. 2007-yil 12-sentyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 2-oktyabr.
  6. 6,06,16,2Janin, Raymond. Constantinople byzantine. Institut Français d'Études Byzantines, 1964 — 10ff-bet. 
  7. „Pliny the Elder, book IV, chapter XI“ (2016-yil 29-dekabr). — „On leaving the Dardanelles we come to the Bay of Casthenes, ... and the promontory of the Golden Horn, on which is the town of Byzantium, a free state, formerly called Lygos; it is 711 miles from Durazzo,...“. 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  8. HerodotusHistories 4.144, translated inDe Sélincourt 2003, s. 288
  9. 9,09,1Isaac 1986, s. 199
  10. Roebuck 1959, s. 119, also as mentioned inIsaac 1986, s. 199
  11. Lister 1979, s. 35
  12. Freely 1996, s. 10
  13. Bloom, Jonathan; Blair, Sheila S.; Blair, Sheila. Grove Encyclopedia of Islamic Art & Architecture: Three-Volume Set (en). OUP USA, 2009-05-14 — 1-bet.ISBN 978-0-19-530991-1. 
  14. „Istanbul | History, Population, Map, & Facts“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  15. 15,015,1Smith, William George. A New Classical Dictionary of Greek and Roman Biography, Mythology and Geography, 1860 — 1003-bet. 
  16. Harl, Kenneth „Early Medieval and Byzantine Civilization: Constantine to Crusades“ (2015-yil 26-avgust). 2015-yil 26-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  17. Bosworth, Clifford Edmund. Historic Cities of the Islamic World (en). BRILL, 2007-01-01 — 210-bet.ISBN 978-90-04-15388-2. 
  18. BBC: „Istanbul’s ancient past unearthed“ Published on 10 January 2007. Retrieved on 3 March 2010.
  19. Hürriyet: Bu keşif tarihi değiştirir (2 October 2008)
  20. „Hürriyet: Photos from the Neolithic site, circa 6500 BC“. 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
  21. „Cultural Details of Istanbul“. Republic of Turkey, Minister of Culture and Tourism. Qaraldi: 2007-yil 2-oktyabr.
  22. Pliny the Elder, book IV, chapter XI:
    . "On leaving the Dardanelles we come to the Bay of Casthenes, ... and the promontory of the Golden Horn, on which is the town of Byzantium, a free state, formerly called Lygos; it is 711 miles from Durazzo, ..."
    [Usurped!]
  23. 23,023,1Vailhé, S. (1908). "Constantinople". Catholic Encyclopedia. 4. New York: Robert Appleton Company. http://www.newadvent.org/cathen/04301a.htm. <!--->
  24. Georgacas, Demetrius John (1947). "The Names of Constantinople". Transactions and Proceedings of the American Philological Association (The Johns Hopkins University Press) 78: 347–67. doi:10.2307/283503. :352ff
  25. Pliny the Elder, book IV, chapter XI:
    . "On leaving the Dardanelles we come to the Bay of Casthenes, ... and the promontory of the Golden Horn, on which is the town of Byzantium, a free state, formerly called Lygos; it is 711 miles from Durazzo, ..."
    [Usurped!]
  26. 26,026,1Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 248
  27. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 253
  28. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 272
  29. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 253
  30. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 291
  31. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 292
  32. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. pp. 313–314
  33. 33,033,133,2Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 427
  34. 34,034,134,2Inalcik, Halil. „The Policy of Mehmed II toward the Greek Population of Istanbul and the Byzantine Buildings of the City.“ Dumbarton Oaks Papers 23, (1969): 229-249
  35. Hatzopoulos, Dionysios. „The Fall of Constantinople.“http://www.greece.org/Romiosini/fall.html (accessed 2012-05-31). p. 6
  36. 36,036,1Eversley, Lord. The Turkish Empire from 1288 to 1914. 3rd ed. Howard Fertig. New York: Howard Fertig Inc., 1924. p. 2
  37. Hatzopoulos, Dionysios. „The Fall of Constantinople.“http://www.greece.org/Romiosini/fall.html (accessed 2012-05-31). p. 6
  38. Inalcik, Halil. „The Policy of Mehmed II toward the Greek Population of Istanbul and the Byzantine Buildings of the City.“ Dumbarton Oaks Papers 23, (1969): 229-249
  39. Hatzopoulos, Dionysios. „The Fall of Constantinople.“http://www.greece.org/Romiosini/fall.html (accessed 2012-05-31). p. 6
  40. Inalcik, Halil. „The Policy of Mehmed II toward the Greek Population of Istanbul and the Byzantine Buildings of the City.“ Dumbarton Oaks Papers 23, (1969): 229-249
  41. Inalcik, Halil. „The Policy of Mehmed II toward the Greek Population of Istanbul and the Byzantine Buildings of the City.“ Dumbarton Oaks Papers 23, (1969): 229-249
  42. Inalcik, Halil. „The Policy of Mehmed II toward the Greek Population of Istanbul and the Byzantine Buildings of the City.“ Dumbarton Oaks Papers 23, (1969): 229-249. p. 236
  43. Hunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 330
  44. Byzantium 1200: Monastery of Saint George of the Mangana
  45. Mansel, Philip (July 2003). "Europe's Muslim Capital". History Today 53 (6). http://www.historytoday.com/philip-mansel/europes-muslim-capital. 
  46. 46,046,1Chen, Yuan Julian (2021-10-11). "Between the Islamic and Chinese Universal Empires: The Ottoman Empire, Ming Dynasty, and Global Age of Explorations". Journal of Early Modern History 25 (5): 422–456. doi:10.1163/15700658-bja10030. ISSN 1385-3783. https://www.academia.edu/59068575. 
  47. Baten, Jörg. A History of the Global Economy. From 1500 to the Present.. Cambridge University Press, 2016 — 212-bet.ISBN 9781107507180. 
  48. Robson, Stuart. The First World War, 1 (en), Harrow, England: Pearson Longman, 2007 — 37–39-bet.ISBN 978-1-4058-2471-2. 
  49. ; Elizabeth-Anne Wheal „Select Chronology“, Dictionary of the First World War. Macmillan, 1995.ISBN 978-0-85052-979-1. 
  50. Telegraphic Name For Constantinople..The Times (1929-yil 25-noyabr), s. 12.
  51. „Topics of the Times: The Passing of Constantinople“.New York Times (1929-yil 15-noyabr), s. 19.
  52. "ISTANBUL": The Correct Way of Writing Constantinople.The Manchester Guardian (1929-yil 15-noyabr), s. 11., also mentioned inMISCELLANY: The Name-Changers.The Manchester Guardian (1929-yil 16-noyabr), s. 11.
  53. „Washington Accepts "Istanbul" As Replacing "Constantinople"“. The New York Times (1930-yil 28-may). Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  54. „25th Anniversary of Gazi Massacre Marked“ (en). bianet.org.
  55. Ebrahim, Nadeen. „Erdogan intent on taking back Istanbul after presidential victory“ (en).CNN (2023-yil 31-may).
  56. Karakas, Burcu. „Ten years after Turkey's Gezi protests, some say vote a chance for justice“ (en).Reuters (2023-yil 26-may).
  57. Melvin, Ian Lee,Atika Shubert,Don. „Istanbul suicide bombing: Deadliest attack on Germans in over 13 years“ (en).CNN (2016-yil 13-yanvar).
  58. Jazeera, Al. „Turkey's failed coup attempt: All you need to know“ (en).www.aljazeera.com.
  59. „Istanbul Besiktas Turkey: Stadium blasts kill 38 people“.BBC News (2016-yil 10-dekabr).
  60. Reporter, Staff „Istanbul's 56.3B Eurasia Tunnel officially opens“ (en). Istanbul's 56.3B Eurasia Tunnel officially opens. 2022-yil 3-fevralda asl nusxadanarxivlangan.
  61. „Istanbul Reina nightclub attack suspect captured“.BBC News (2017-yil 16-yanvar).
  62. Kottasová, Isil Sariyuce, Ivana. „Istanbul election rerun won by opposition, in blow to Erdogan“ (en).CNN (2019-yil 23-iyun).
  63. Field, James „4 Years On: How Is Istanbul's New Airport Performing?“. AviationSource News (2023-yil 4-mart). 2023-yil 7-martda asl nusxadanarxivlangan.
  64. „Top 20 busiest airports in the world confirmed by ACI World | ACI World“ (en-US) (2024-yil 16-iyul). Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.
  65. „World's Busiest Airports by International Passenger“. Ranking Royals (2023-yil 17-may).
  66. „Turkey arrests 17 over Istanbul bombing – DW – 11/18/2022“ (en).dw.com.
  67. „Number of Syrians in Turkey July 2023 – Refugees Association“. multeciler.org.tr.
  68. „Turkey protests: Pro-democracy demonstrators return to Istanbul's streets for huge rally“.www.bbc.com (2025-yil 29-mart).

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Boyar, Ebru; Fleet, Kate.A Social History of Ottoman Istanbul (Cambridge University Press, 2010. 376 pp.)online review
  • Derviş, Pelin, Bülent Tanju, and Uğur Tanyeli, eds.Becoming Istanbul: An Encyclopedia (Istanbul: Ofset Yapımevi, 2008)
  • Freely, John.Istanbul: The Imperial City (Penguin, 1998). Popular history.
  • Göktürk, Deniz, Levent Soysal, and İpek Türeli, eds.Orienting Istanbul: Cultural Capital of Europe? (Routledge, 2010)
  • Hofmann, Anna; Öncü, Ayşe (eds.): „History takes Place – Istanbul, Dynamics of Urban Change“, JOVIS Verlag Berlin 2015,ISBN 978-3-86859-368-6
  • Inalcik, Halil;Quataert, Donald.An Economic and Social History of the Ottoman Empire, 1300–1914.
  • Kafadar, Cemal.Between Two Worlds: the Construction of the Ottoman State.
  • Kafescioğlu, Çiğdem.Constantinopolis/Istanbul: Cultural Encounter, Imperial Vision, and the Construction of the Ottoman Capital (Pennsylvania State University Press, 2009) 295 pp.online review
  • Keyder, Çağlar ed.Istanbul between the global and the local (Rowman & Littlefied Publishers, 1999).
  • Mansel, Philip.Istanbul: City of the World’s Desire, 1453–1924 (London: John Murray, 1995); Popular history
  • Mills, AmyStreets of Memory: Landscape, Tolerance, and National Identity in Istanbul (University of Georgia Press, 2010) 248 pp.online review
  • Vogel, Christine,Istanbul as a hub of early modern European diplomacy,EGO – European History Online, Mainz:Institute of European History (Wayback Machine saytida 2016-02-19 sanasidaarxivlangan), 2021, retrieved: 17 March 2021.
  • Zürchner, E. J.,Turkey a Modern History.
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Istanbul_tarixi&oldid=5897056" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp