Islomiy bayramlarislom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat –Iyd al-Fitr vaIyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalari (SunniylarShialar)ga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlariqamariy taqvimga asoslangan boʻlib,shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12oy va 354-355kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.
Iyd (عيد) arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida"bayram","hayit" degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar roʻza tutadilar, yaʼni yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyiladilar. Roʻza hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan soʻng boshlanadi. Ushbu bayramOʻzbekistonda ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilingan[1].
Iyd al-Adha (عيد الأضحى), yokiQurbon hayiti, Iyd al-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayramIbrohimpaygʻambarni sharafiga nishonlanadi. Islomga koʻra Ibrohim paygʻambar Allohga sodiqligini koʻrsatish uchun oʻz oʻgʻlini qurbon qilishga ham tayyor boʻlgan. Ushbu bayram anʼanasiga koʻra qoʻy yoki mol soʻyilib, uning goʻshti oila, doʻstlar va muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek,Makkaga hajj marosimini tugashiga toʻgʻri keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti singari Oʻzbekistonda umumxalq bayrami deb tan olingan va ushbu kun dam olish kunidir[2].
Musulmonlarda ikki hayit bayramidan tashqari keng nishonlanmaydigan sanalar (kunlar va tunlar) bor, ammo baʼzi musulmon mamlakatlarida ular hali ham nishonlanadi.
- Muharram oyining 7-kuni – Xaybarga yurish.
- Safar oyining 27-kuni –Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan kechasi (hijrat).
- Ramazon oyining 1-kuni – Ramazon oyida roʻza tutishning boshlanishi.
- Ramazon oyining 17-kuni –Badr jangi.
- Ramazon oyining 21-kuni – Makkaning taslim boʻlishi.
- Shavvol oyining 9-kuni –Uhud jangi.
- Shavvol oyining 9-kuni –Hunayn jangi.
- Shavvol –Xandaq jangi.
- Zulqada oyining 6-kuni –Hudaybiya shartnomasi.
Hijriy hisobga koʻra yangi yilning boshlanishi. MuborakMuharram oyining birinchi kuni. Aksariyat musulmon mamlakatlaridaYangi yil bayram sifatida nishonlanmaydi. Shu kuni masjidlarda Muhammad paygʻambarning 622-yilda Makkadan Madinaga koʻchishi (hijrati)ga bagʻishlangan xutba oʻqiladi[3].
PaygʻambarimizMuhammad (Mavlid an-Nabiy) tavallud kuni rabi ul-avval oyining 12-kunida nishonlanadi. Muhammad (s.a.v.)ning tavalludi islom kelganidan 300 yil oʻtgach nishonlana boshlangan. Muhammadning aniq tugʻilgan sanasi nomaʼlum boʻlganligi sababli, bu unutilmas kun uning vafot etgan kuniga toʻgʻri keldi. Islomda tugʻilgan kunlar kamtarona, baʼzan esa umuman nishonlanmaydi. Aksincha, abadiy hayotga tugʻilish deb tushunilgano'lim kunlari esa yanada tantanali ravishda nishonlanadi[4].
Muborak Ramazon oyida barcha musulmonlar uchun Laylat ul-qadr (Qadr kechasi) eng muhim kechadir.Qur’oni Karimning ilk suralari Muhammad paygʻambarga aynan shu kechada nozil qilingan. Bu kechaning aniq sanasi nomaʼlum, Ramazon oyining oxirgi kunlari, ayniqsa, ular orasida toq kunlar muhim hisoblanadi. Koproq musulmonlar Ramazon oyining yigirma ettinchi kuni kechasiga eʼtibor berishadi[5]
Ashuro kunlari ham bor