Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Iskandarnoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iskandarnoma – Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ asari tarkibidagi oxirgi doston. 593–600 hijriy-qamariy/1197–1204 milodiy yillar oraligʻida yozilgan. Hajman 10500 baytdan iborat. „Iskandarnoma“ ikki qismdan: „Sharafnoma“ va „Iqbolnoma“dan tarkib topgan. Dostonga Sharq adabiyotida keng tarqalganIskandar Zulqarnayn bosh qahramon sifatida olingan.

„Sharafnoma“da Iskandarning harbiy yurishlari, jahongirligi tasvirlansa, Iqbolnomada Iskandar donishmand va paygʻambar sifatida namoyon boʻladi.

Dos­tonda keltirilishicha, Iskandar otasining taxtiga juda erta oʻtiradi. Koʻp janglarda ishtirok etib, mohir sarkarda va adolatparvar shoh sifatida shuhrat qozonadi. Uzoq-yaqindagi hukmdorlar undan oʻz dushmanlarini yengish uchun yordam soʻray boshlaydi. Iskandar tadbirkorlik bilan Chin va Hind mamlakatlarini yengadi, insoniyat osoyishtaligiga xavf yetkazayotganyaʼjuj-maʼjujlar ustidan gʻalaba qozonadi.

Iskandar donishmand shoh sifatida oʻz davrining faylasuflari bilan doimiy muloqotda boʻladi, ular bilan olamning ibtidosi, intihosi, mamlakatni boshqarish qonun-qoidalari, muvaffaqiyat va inqirozga sabab boʻladigan omillar haqida suhbatlashadi, oʻzining xatti-harakatlarini sarhisob qiladi. U qayerga borsa, dastlab davlat boshqaruv usuli, idora nizomlarining adolat talablariga qay darajada muvofiqligiga eʼtibor qaratadi. Shoh-u gadoning soʻzlariga quloq tutadi, maslahat va tavsiyalar beradi.

Umuman olganda, Nizomiy tasviridagi Iskandarning jahongirligi faqat kuch-qudrat emas, ilm-u donish, hikmat va aql jahongirligidir. Doston mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf yoki maqsur vazni (ruknlari va taqtiʼi: fauvlun fauvlun fauvlun faal yoki fauvl V– – / V– – / V– –/ V– yoki V ~) da yozilgan. Navoiy „Saddi Iskandariy“ dostonining salaflarga bagʻishlangan 6-bobi hamda Iskandar tarixi haqidagi 15-bobida Nizomiyning „Iskandarnoma“ dostoni haqida maʼlumot beradi[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Alisher Navoiy. Qomusiy lugʻat. Sharq NMAK [2016]. 
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Iskandarnoma&oldid=4486875" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp