Ishqorlar – suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleyev davriy siste-masi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniygidroksid ishqorga kiradi. Ishqor – oq, qattiq,gigroskopik (suvga oʻch) moddalar. Ishqoriy metallarninggidroksidlari, mas, LiOH, KON, NaOH kuchli asoslar boʻlib, oʻyuvchi ishqor deb ataladi. Ishqoriyer metallar gidroksidlari – Sa(ON)2, Va(ON)2, Sr(OH)2 va NH4OH ancha kuchsiz asos hisoblanadi.
Ishqor suvda toʻla dissotsiatsiyalanib, metall va gidroksid ionlari hosil qiladi (mas, oʻyuvchinatriy (kaustik soda) Na+ va ON~ ga parchalanadi). Bu jara-yonda koʻp issiklik ajralib chiqadi.
Tarkibida ON" ionlari borligidan ishqor eritmalari asoslarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi (vodorod koʻrsatkich – rN>7) va lakmusni koʻk, fenolftaleinni qizil rangga boʻyaydi. Ishqorda kuchli asoslar va kuchsiz kislotalar hosil qilgan koʻpgina kimyoviy birikmalar, mas, ishqoriy metallarning gidrosulfidlari – KSH, NaSH; karbonatkislotaning kaliyli vanatriyli tuzlari – K2SO3, Na2CO3 va b. ham, odatda, ishqor hisoblanadi. Ishqor gazlama, koʻn (teri), qogʻozga kuchli taʼsir etib, ularni oʻyib yuboradi. Badan terisi va shilliq pardalarni kuydiradi. Koʻzga ozgina tushea ham juda xavfli (koʻz koʻrmay qolishi mumkin). Ishqor bilan ish-laganda maxsus korjoma, rezina qoʻlqop kiyib va himoya koʻzoynagi ta-qib olish zarur.
Ishqorkimyo va oziq-ovqat, toʻqimachilik, sellyuloza sanoatida, tibbiyotda, kurilishda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi[1].
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil