Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Is gazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Is gazi,uglerod §-oksid, CO — rangsiz, hidsiz, zaharli gaz. Koʻmir va organik moddalarning chala yonishidan hosil boʻladi. Molekulyar massasi 28,0, zichligi 814 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi — 191,5°, —205° da qotadi. Suvda kam eriydi. Bosim ostida dixloretan, ammoniy gidroksid eritmasi, xlorid kislotada yaxshi eriydi. Is gazini suyuklantirish mumkin. Is gazi yonganda koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Hyp taʼsirida yoki faollashtirilgan koʻmir ishtirokidaxlor bilan birikib, fosgen hosil qiladi. Is gazi odamga yomon taʼsir qiladi (qarangIs tegishi). Atmosfera havosi tarkibida juda oz miqdorda is gazi bor. Togʻ jinslari, toshkoʻmir va yonuvchi gazlarda uchraydi. Sanoatda qattiq yoqilgʻilarni gazga aylantirish yuli bilan ishlab chiqariladi. Lab.da konsentrlangansulfat kislotagachumoli kislota taʼsir ettirib olinadi. Metallurgiyada metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda ishlatiladi[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Is_gazi&oldid=5232229" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp